Get Mystery Box with random crypto!

​​ #BEPANTEN KREM Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #BEPANTEN KREM

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem

Tarkibi:
ta'sir etuvchi modda: dekspantenol

Farmakoterapevtik guruhi:
(Regenerantlar va reparantlar)
Jarohat va yaralarni davolash uchun vositalar. Jarohatni bitiruvchi vositalar.

Qo‘llanilishi:

Teri shikastlanishlarida:
– giperemiya, yengil kuyishlar (quyoshdan va boshqa xil)
– qizargan teriga profilaktik ishlov berish
– yoriqlar, tirnalishlar
– radio-fototerapiya yoki UB-nurlanish natijasidagi terini ta‘sirlanishlarida terini bitishi va epitelizasiyasini tezlashtirish
– laktasiya davrida sut bezlari parvarishida

Qo‘llash usuli va dozalari:

– Kremni yupqa qilib, kuniga 1-2 marta terining shikastlangan sohalariga surtiladi
– Emizikli ayollarda ko'krakni parvarish qilish: krem ​​har bir oziqlantirishdan keyin ko'krak uchlariga surtiladi
– Emizikli bolalarda har safar taglik (pampers) almashtirilganda krem ​​surtiladi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas!

Nojo‘ya ta‘sirlari:

Juda kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi