Get Mystery Box with random crypto!

​​ #KOKARBOKSILAZA Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorla | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #KOKARBOKSILAZA

Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:
• faol modda: 50 mg kokarboksilaza gidroxloridi
• yordamchi modda: natriy karbonati.


Farmakoterapevtik guruhi:
metabolik jarayonlarni to‘g‘rilovchi vosita

Qòllanilishi:

Kelib chiqishi diabetik bo‘lgan asidoz; jigar va diabetik koma, prekomatoz holatlar; jigar va buyrak yetishmovchiligi; o‘pka-yurak yetishmovchiligidagi nafas asidozi, qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi, ekstrosistoliya, paroksizmal taxikardiya, xilpillovchi aritmiya va ritmning boshqa buzilishlari bilan kechuvchi yurak kasalliklari, tarqoq sklerozning yengil shakllari, preeklampsik holatlar va eklampsiya, periferik nevritlar, uglevodlar almashinuvini yaxshilashni talab qiluvchi turli patologik jarayonlar

Qòllash usuli va dozalari:

Mushak ichiga, kam hollarda – teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin ampulaning ichidagisi 2 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun hajmni 10-20 ml yetkazish, tomchilab yuborganda esa, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasini qo‘shib, 200-400 ml ga yetkazish kerak. Yuborish uchun doza kasallikning xarakteri va pasient holatining og‘irligini hisobga olib, shaxsiy ravishda belgilanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– Kokarboksilazaga yuqori sezuvchanlik
 
Nojo‘ya ta‘sirlari:

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Simptomlari qichishishdan, teri toshmasidan, eshakemidan to anafilaktik shokkacha bo‘lishi mumkin; vena ichiga yuborilganda – in‘eksiya joyida giperemiya, qichishish, shish bo‘lishi mumkin

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi