Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 45.82K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 153

2022-04-25 09:40:42
#Adliya_online

Joriy etilayotgan Mobil-ID tizimi qachondan to‘liq ishga tushadi? Qulaylik va afzalliklari
Bekor bo‘layotgan byurokratik talablar?!
Davlat organlarida shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlashda qanday yangi tizimlar yaratilmoqda?

Adliya vazirligida tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu savollarga javoblar va boshqa eksklyuziv yangiliklarni olishingiz mumkin! Tadbir boshlandi.

Onlayn translyatsiya
Facebook
Youtube

@adliyangiliklari
5.3K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-04-25 07:57:54
#Adliya_xabari

Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy etilayotgan Mobil-ID tizimi qachondan to‘liq ishga tushadi? Qulaylik va afzalliklari
Bekor bo‘layotgan byurokratik talablar?!
Davlat organlarida shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlashda qanday yangi tizimlar yaratilmoqda?

Bugun, 25-aprel kuni soat 11:00 da Adliya vazirligida tashkil etilayotgan matbuot anjumanida ushbu savollarga javoblar va boshqa eksklyuziv yangiliklarni olishingiz mumkin!

Adliya vazirligi va mas'ul vazirlik, idoralar xodimlari ishtirok etib batafsil ma'lumot berishadi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni https://t.me/adliyangiliklari_chat ga yuboring.

@adliyangiliklari
5.1K views04:57
Ochish/sharhlash
2022-04-23 09:38:45
#Infografika

Фуқароларга ва юридик шахсларга давлат хизматларини кўрсатиш соҳасида бир қатор енгиликлар ва қўшимча имкониятлар яратилмоқда
5.2K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-04-22 12:27:19 #Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Topilmalar, yoqolgan buyumlar va hujjatlar boyicha elektron soʻrovnoma toʻldirish tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
4.8K views09:27
Ochish/sharhlash
2022-04-22 09:06:35 #Adliya_loyiha
Адлия вазирлиги никоҳни қайд қилишда 1 ойлик муддатни бекор қилиш таклифини берди

Оила кодексида никоҳланувчи шахслар ФҲДЁга ариза берганидан вақтдан бошлаб 1 ой ўтгач никоҳи қайд қилиниши белгиланган. Бу вақтда никоҳланувчи шахслар мажбурий тиббий кўрикдан ўтиши лозим.

Алоҳида ҳолларда, яъни ҳомиладорлик, бола туғилиши, бир тарафнинг касаллиги, хизмат сафари каби узрли сабаблар бўлганда 1 ойлик муддат қисқартирилган ҳолда никоҳни қайд қилишга рухсат берилган.

Амалиётда никоҳни қайд қилишнинг 1 ойлик муддатини қисқартириш учун айрим фуқаролар ФҲДЁ органларига сохта тиббий маълумотномалар тақдим этиш, ФҲДЁ ва соғлиқни сақлаш органларида ортиқча қоғозбозлик, бюрократия ва коррупциявий ҳолатларга йўл қўйиш каби салбий ҳолатлар мавжуд эди.

Ушбу муаммоларни бартараф этиш ҳамда аҳолига қулайлик яратиш мақсадида Адлия вазирлиги томонидан “Ўзбекистон Республикасининг Оила кодексига ўзгартишлар киритиш тўғрисида”ги Қонун лойиҳаси ишлаб чиқилди.

Мазкур лойиҳада Оила кодексининг 13, 17 ва 212-моддаларига ўзгартишлар киритиш ҳамда никоҳни қайд этишнинг бир ойлик муддати ва уни қисқартириш учун асос бўлувчи ҳолатларни бекор қилиш назарда тутилмоқда.

Қонун лойиҳаси қабул қилинса, никоҳланувчи шахслар мажбурий тиббий кўрикдан ўтгандан сўнг 1 ойлик муддатни кутмасдан никоҳини расмийлаштириши мумкин бўлади.

Таҳлилларга кўра никоҳни қайд қилиш учун 2021 йилда 300 мингдан ортиқ, 2022 йилнинг 1-чорагида 45 мингдан ортиқ аризалар келиб тушган бўлиб, ариза топширилган вақтдан бошлаб бир ойлик муддатда аризаларни қайтариб олиш юзасидан мурожаатлар келиб тушмаган.

Қонун лойиҳасининг қабул қилиниши фуқароларнинг оворагарчилигига чек қўяди, ФҲДЁ ва соғлиқни сақлаш органларида қоғозбозлик, бюрократия ва коррупциявий ҳолатларни бартараф этади, оталик белгилаш каби ортиқча қийинчиликларни олдини олади.

Қонун лойиҳаси билан https://regulation.gov.uz/oz/d/60291 ҳаволаси орқали танишишингиз мумкин.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
6.2K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-04-21 12:19:40
#Markazlarimiz

Furqat tumanida ham zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi

Fargʻona viloyatida davlat xizmatlarini sifat jihatidan yanada oshirish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida qisqa muddatlarda 17 tuman va shaharlarda zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari xalq ixtiyoriga topshirildi.

Jumladan, Fargʻona viloyati markazidan olis hududlardan Furqat tumanida ham zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ham bugun foydalanishga topshirildi.

Batafsil

Алоқада қолинг:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
4.9K views09:19
Ochish/sharhlash
2022-04-21 09:17:04
#Markazlarimiz

Endi Beshariq tumanida ham yangidan barpo etilgan zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi

Bugun Fargʻona viloyati markazidan olis hudud - qoʻshni Tojikiston sarhadlariga tutashib ketgan Beshariq tumanida butunlay yangidan barpo etilgan zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi. Bugungi kun Muborak kunlarda beshariqlar uchun unutilmas kunga aylandi.

Aholi sifatli xizmat olishlariga koʻmaklashish maqsadida yangi barpo etilgan markaz tez fursatlarda oʻziga xos dizayn asosida qulay va shinam koʻrinish kasb etdi. Toʻliq ravishda qoʻshimcha qulayliklar va zamonaviy xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.

Batafsil

Алоқада қолинг:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
6.1K views06:17
Ochish/sharhlash
2022-04-21 08:05:33
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
—————————————————————————————

Утвержден порядок определения и выдачи ПИНФЛ

Подробнее — в #инфографике выше
6.0K views05:05
Ochish/sharhlash
2022-04-20 22:53:07
Давлат хизматлари кўрсатишни соддалаштириш, бюрократик тўсиқларни қисқартириш ҳамда давлат хизматлари кўрсатиш миллий тизимини ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

http://uza.uz/posts/365952

ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг
———————————————————————
О дополнительных мерах по упрощению предоставления государственных услуг, сокращению бюрократических барьеров и развитию национальной системы оказания государственных услуг

Указ Президента Республики Узбекистан

http://uza.uz/posts/365954

Подписывайтесь на наш канал

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
2.7K viewsedited  19:53
Ochish/sharhlash
2022-04-20 16:06:02
#Xizmatlar

Yana bir yangi xizmat ishga tushdi

Endilikda, yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Avval xabar berganimzdek, “Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (28-son, 18.01.2022-y.) qabul qilingandi.

Qarorga koʻra, yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berish uchun Markazlarga murojaat etilganda BHMning 5 foizi, Yagona portal orqali murojaat etilganda 4 foizi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun BHMning 2 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Xizmatdan foydalanish tartibi bilan batafsil infografika orqali tanishishingiz mumkin.
5.3K views13:06
Ochish/sharhlash