Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 45.82K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-19 06:57:43
#TashkentLawSpring2023
 
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yagona platformada 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi

Batafsil

@adliyangiliklari
5.7K views03:57
Ochish/sharhlash
2023-05-18 16:59:10
#bilasizmi

JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.5K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-05-18 15:21:07
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 19-maydan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.6K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-05-18 13:49:11 #So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.1K views10:49
Ochish/sharhlash
2023-05-18 11:27:09
#Bilasizmi

Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiya qilish davlat xizmati haqida bilasizmi?

“Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlarni joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sog‘liqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qaror bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga ko'ra:

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash quyidagi bosqichlardan iborat:

o‘zini o‘zi baholash va baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish;
joyning o‘zida tashqi kompleks baholash;
inspeksiya nazorati.

Akkreditatsiyadan o‘tish uchun tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyalovchi organga quyidagilar orqali ariza taqdim etadi:

Davlat xizmatlari markazlari;
YAIDXP (my.gov.uz).

Arizaga BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida to‘lov to‘langanligi haqidagi kvitansiya ilova qilinadi.

Akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi toifalar berilishi mumkin:

ikkinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 75 foiz bo‘lganda;
birinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 85 foiz bo‘lganda;
oliy akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 95 foiz bo‘lganda.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.7K views08:27
Ochish/sharhlash
2023-05-18 09:26:09 #So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.1K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-05-18 08:57:15
#Adliya_xabari

Ayni damda Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Davlat xizmatlari sohasida Astana HUB doirasida tashkil etilgan “Raqamli transformatsiya jarayonida o‘zgarishlarni boshqarish” seminarida Adliya vazirligining Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i K.Almuradov ishtirok etmoqda.

Ushbu seminarda Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi, Koreya Respublikasining Axborot jamiyati, Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda aʼzo mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqdalar.

Seminar davomida davlat xizmatlarini raqamlashtirishda rivojlangan mamlakatlarning samarali tajribasi o‘rganilib, aʼzo mamlakatlar o‘zaro bilim va tajriba almashmoqdalar.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.3K views05:57
Ochish/sharhlash
2023-05-18 07:26:10
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik;

loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;

bino va inshootning avariya holatida ekanligi;

bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;

loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;

binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;

bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;

vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;

bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmasa;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.4K views04:26
Ochish/sharhlash
2023-05-17 17:24:08
#Davlat_xizmatchisi

Ziyoda Shakirova: Tashkilotimiz tashkil topganida "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi", degan tamoyil belgilangandi, bugun bu — amaliyotda to‘liq o‘z aksini topdi

"Davlat xizmatchisi" ruknimizning bu galgi qahramoni Ziyoda Shakirova, Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.

— Bir kunda markazimizga ming nafargacha fuqaro murojaat qiladi. Ko‘rsatilgan xizmatimizdan ularning mamnun bo‘lib chiqib ketishlari, nafaqat bizni tashkilotga balki butun davlat xizmatiga ishonch ortishiga xizmat qilayotgani guvohi bo‘lyapmiz, — deydi davlat xizmatchisi.

Batafsil

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.3K views14:24
Ochish/sharhlash
2023-05-17 16:24:11
#TashkentLawSpring2023

Aleksandr Antonovs, Xalqaro ekspert:

“O'zbekiston davlat xizmatlarini modernizatsiya qilishda katta yutuqlarga erishdi.”

Shu bilan birga, davlat xizmatlarini koʻrsatish koʻrsatishni yagona tizimga kiritish bo'yicha hali ko'p ishlar olib borilmoqda. Bu vazirliklar va xizmat ko'rsatuvchi tashkilot o'rtasida hamkorlikni talab qiladi.

Adliya vazirligi va BMTTD "O'zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlarini ko'rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish" loyihasi faoliyat yuritayotgan ikkala yo'nalish ham dolzarb va bir-birini to'ldiradi.

Ikkala yo'nalish ham davlat xizmatlari jarayonini qayta ko'rib chiqishni talab qiladi: barcha asosiy ma'lumotlari kerakmi, boshqa tashkilotdan ma'lumot so'rash kerakmi, xizmatni avtomatlashtirish mumkinmi?

Xizmatni joriy etishdan oldin shu savollarga javob bera olsak, biz uni samarali ravishda modernizatsiya qilishimiz va tegishli kanalga: Davlat xizmatlari markazi va onlayn ishga tushirishimiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.8K views13:24
Ochish/sharhlash