Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-05-13 15:55:26
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali;

So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

Xizmatdan foydalanuvchilar:


Yuridik va jismoniy shaxslarga

Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.3K views12:55
Ochish/sharhlash
2023-05-13 13:36:25
#Bilasizmi

Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxo'sh vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi

Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin

Xizmat narxi - BHMning 5 foizi miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.0K views10:36
Ochish/sharhlash
2023-05-13 12:46:25
#Bilasizmi

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 330 000 so'm (BHMning 1 baravari)

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.6K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-05-13 12:01:23
DIQQAT, EʼLON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati server qurilmalarida texnik profilaktika ishlari olib borilayotganligi sababli joriy yilning 12-14 may kunlari Agentlikning axborot tizimlari, mos ravishda integratsiya va xizmatlar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-05-13 11:02:25
#Bilasizmi

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish xizmati haqida bilasizmi?

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali koʻrsatiladi.

Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

Eslatma!

Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.6K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-05-13 09:31:25
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Birja faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Litsenziyalanadigan faoliyat turlari: Tovar xom-ashyo birjasi faoliyati

Xizmatdan foydalanuvchilar: Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar;

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kun

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.8K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-05-13 07:22:22
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan bojxona ombori qanday bo’lishi kerak?

bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.6K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-05-12 15:39:24
#Bu_muhim

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI ORQALI XIZMATLARDAN FOYDALANMOQCHIMISIZ?

VAQTINGIZNI VA NAQDINGIZNI TEJANG!

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIGA TASHRIFINGIZNI OLDINDAN REJALASHTIRING!

Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.3K views12:39
Ochish/sharhlash
2023-05-12 14:53:24
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 15-maydan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.9K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-05-12 13:27:24
#Bu_muhim

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

Xizmatni koʻrsatish tartibi:

Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.

Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:

● I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
● koʻp bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
● kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
● koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat narxi: Bepul

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.7K views10:27
Ochish/sharhlash