Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-05-15 14:41:28
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 16-maydan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
2.9K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-05-15 13:49:22
#Bilasizmi

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan o‘tkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar kimlarning hisobidan qoplanadi?

Hukumatning 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglamentlar tasdiqlangan.

Ushbu reglamentlarga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, suv ta’minoti yoki hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Shunga ko‘ra bu sohada ta’minotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, shu jumladan hisoblagich uchun ortiqcha mablag‘ undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligining quyidagi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki info@adliya.uz elektron pochtaga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.6K views10:49
Ochish/sharhlash
2023-05-15 11:49:22
#Bilasizmi

Аpostil qanday hujjatlarga qoʼyilmaydi?

Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatishning” maʼmuriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostilь:

Chet elda Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

Tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʼgʼridan toʼgʼri aloqador boʼlgan rasmiy hujjatlarga;

Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qoʼyilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.8K views08:49
Ochish/sharhlash
2023-05-15 10:48:22
#Bilasizmi

Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.9K views07:48
Ochish/sharhlash
2023-05-15 09:21:22
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa" olish mumkin.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi;

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kuni;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan;

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.8K views06:21
Ochish/sharhlash
2023-05-15 07:22:22
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yopiq turdagi bojxona ombori?

Litsenziat tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.4K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-05-14 14:57:25
#Bu_qiziq

Qaysi vaqtda fuqarolar ko'proq tashrif buyuradi?

Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 12-00gacha

O'rtacha tashrif 12-00dan – 16-00gacha

Hamda eng kam tashrif 16-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.2K views11:57
Ochish/sharhlash
2023-05-14 10:16:25
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXP – my.gov.uz;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari)

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.1K views07:16
Ochish/sharhlash
2023-05-14 07:21:23
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Har qanday shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan bojxona omboriga litsenziya talab qilinadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga asosan talablari mavjud, bu turdagi bojxona ombori — ochiq turdagi bojxona ombori deb nomlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.8K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-05-13 16:56:26
#Bu_muhim

Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
9.8K views13:56
Ochish/sharhlash