Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-05-18 07:26:10
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik;

loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;

bino va inshootning avariya holatida ekanligi;

bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;

loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;

binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;

bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;

vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;

bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmasa;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.4K views04:26
Ochish/sharhlash
2023-05-17 17:24:08
#Davlat_xizmatchisi

Ziyoda Shakirova: Tashkilotimiz tashkil topganida "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi", degan tamoyil belgilangandi, bugun bu — amaliyotda to‘liq o‘z aksini topdi

"Davlat xizmatchisi" ruknimizning bu galgi qahramoni Ziyoda Shakirova, Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.

— Bir kunda markazimizga ming nafargacha fuqaro murojaat qiladi. Ko‘rsatilgan xizmatimizdan ularning mamnun bo‘lib chiqib ketishlari, nafaqat bizni tashkilotga balki butun davlat xizmatiga ishonch ortishiga xizmat qilayotgani guvohi bo‘lyapmiz, — deydi davlat xizmatchisi.

Batafsil

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.3K views14:24
Ochish/sharhlash
2023-05-17 16:24:11
#TashkentLawSpring2023

Aleksandr Antonovs, Xalqaro ekspert:

“O'zbekiston davlat xizmatlarini modernizatsiya qilishda katta yutuqlarga erishdi.”

Shu bilan birga, davlat xizmatlarini koʻrsatish koʻrsatishni yagona tizimga kiritish bo'yicha hali ko'p ishlar olib borilmoqda. Bu vazirliklar va xizmat ko'rsatuvchi tashkilot o'rtasida hamkorlikni talab qiladi.

Adliya vazirligi va BMTTD "O'zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlarini ko'rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish" loyihasi faoliyat yuritayotgan ikkala yo'nalish ham dolzarb va bir-birini to'ldiradi.

Ikkala yo'nalish ham davlat xizmatlari jarayonini qayta ko'rib chiqishni talab qiladi: barcha asosiy ma'lumotlari kerakmi, boshqa tashkilotdan ma'lumot so'rash kerakmi, xizmatni avtomatlashtirish mumkinmi?

Xizmatni joriy etishdan oldin shu savollarga javob bera olsak, biz uni samarali ravishda modernizatsiya qilishimiz va tegishli kanalga: Davlat xizmatlari markazi va onlayn ishga tushirishimiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.8K views13:24
Ochish/sharhlash
2023-05-17 13:45:06
#Adliya_live
#TashkentLawSpring2023

Ayini damda "Tashkent Law Spring" — "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi doirasida “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar” mavzusida sessiya davom etmoqda.

Sessiya translyatsiyasini Adliya vazirligining YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.1K views10:45
Ochish/sharhlash
2023-05-17 13:28:30
#TashkentLawSpring2023

Arman Abdrassilov, TSARKA GROUP asoschisi hamda direktori, Qozogʻistondagi NATIONAL HOLDING ZERDE sobiq raisi:

“Biz dasturlashtirolmaydigan Qonunlarni qabul qilmasligimiz kerak.”
5.5K viewsedited  10:28
Ochish/sharhlash
2023-05-17 13:17:48
#TashkentLawSpring2023

Nika Saidi, BMT TDning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari:

“Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston davlat xizmatlari tizimini oʻzgartirishda sezilarli va jadal yutuqlarga erishdi.

“BMTTD Davlat xizmatlari sohasidagi davlat siyosatini rejalashtirish, ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish boʻyicha institutsional salohiyatini yanada rivojlantirishda Adliya vazirligi va boshqa davlat idoralari va tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi
.
5.0K viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2023-05-17 13:06:04
#TashkentLawSpring2023

Xudayor Meliyev, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari:

“Har kuni oʻrtacha 40-45 ming fuqarolarimiz Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, xizmatlardan foydalanadi.”

2018-yil 1-yanvarda faoliyat boshlagan paytda DXMlar tomonidan dastlab 37 turdagi xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, hozirda 280 ga yaqin xizmatlar koʻrsatilmoqda. 2022-yilning oʻzida 100 ga yaqin xizmatlar qoʻshildi.
5.0K views10:06
Ochish/sharhlash
2023-05-17 12:34:35
#Adliya_live
#TashkentLawSpring2023

Ayini damda "Tashkent Law Spring" — "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi doirasida “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar” mavzusida sessiya boʻlib oʻtmoqda.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.0K viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:54:09
#Adliya_live
#TashkentLawSpring2023

Ayini damda "Tashkent Law Spring" — "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.

III Xalqaro yuridik forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etishmoqda.

Forum translyatsiyasini Adliya vazirligining YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

Onlayn translyatsiya

@davxizmat.uz
5.7K views07:54
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:47:06
#Bilasizmi

Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin

Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
– my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar

Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 600 so'm (BHMning 2,0 foizi)

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.2K views07:47
Ochish/sharhlash