Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni men...

Telegram kanalining logotibi birkunimen — Bir kuni men... B
Telegram kanalining logotibi birkunimen — Bir kuni men...
Kanal manzili: @birkunimen
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 424
Kanalning ta’rifi

Hayot, qarashlar, tamoyillar, qoidalar, odamlar, safsatalar, stereotiplar, xullas siz psixologiya deydigan olam haqida bir kuni men o‘ylagan fikrlar...

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-04-05 12:22:47
Go‘zal Turkiston senga ne bo‘ldi?

Ishonchim komilki, ushbu satrlarni yozayotganida Cho‘lpon ham ho‘ng-ho‘ng yig‘lagan, aks holda ushbu soddagina so‘zlardan tashkil topgan misralar ko‘ngilni bu qadar larzaga solmagan bo‘lar edi. Chindan da "Go‘zal Turkiston, senga nima bo‘ldi?"

@birkunimen
2.3K views09:22
Ochish/sharhlash
2022-03-12 21:31:59 G'alaba va mag'lubiyat... ular orasidagi masofa bir qadam...

O'zgarish shaxsning ichida, ongida, shuurida paydo bo'ladi va u keyin tashqariga chiqadi. Odamning ichkarisida bo'ladigan o'zgarishlar uning tashqarisidagi, atrofidagi va butun hayotidagi muhitni o'zgartirib yuborishi mumkin, lekin aksincha bo'lmaydi. Tashqari o'zgarsayu, odamning ichi, ongi, fikri, tafakkuri, shuuri o'zgarmasa hech narsa o'zgarmaydi.

Xuddi shunday inson faoliyatidagi g'alabalar ham, mag'lubiyatlar ham avvalo uning ongida, fikrida, shuurida, qalbida kechadi, keyin tashqariga chiqadi. Agar inson ich-ichidan mag'lubiyatga yon bermasa, irodasini sindirmasa, qat'iyatni qo'lidan bermasa, uni hech qanday kuch g'alabadan to'xtata olmaydi.

Mag'lublarni birlashtirib turadigan umumiy bir jihat bor - bu ham bo'lsa ular g'alaba qozona olmasliklariga ich-ichlaridan ishonadilar.

@birkunimen
3.2K views18:31
Ochish/sharhlash
2022-02-20 10:35:45 O'zimni aldamayman

Ba'zan nimagadir vaqt ajrata olmayman. O'sha ish bir necha kunlar qolib ketadi. Keyin o'ylanib qolaman, nega men shu ishni paysalga solyapman. Ashaddiy prokrastinarligimni bilaman, lekin chindan ham ayrim ishlarga umuman vaqt ajrata olmayman. Shunaqa vaqtda o'zim bilan o'zim gaplashaman va nima uchun shu ish ortga surilayotganining sababini so'rayman. Yakunda javob doim bir xil bo'lib chiqadi: men uchun bu narsa muhim emas va men uni qilishni istamayman.
Ashnaqa gaplar)))

@birkunimen
2.7K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-02-02 18:02:33 O‘zbekiston - kasallar mamlakati(mi?)

Aslida deyarli TV ko‘rmayman, lekin ba'zida ko‘zim tushib qoladi. Biroz avval ovqatlanish vaqtida yoniq qolgan televizorga ko‘z tashladim. Kinoteatr degan kanalda qandaydir koreyscha film bo‘layotgan edi. Birdan reklama boshlandi.

Ishonasizlarmi 10 daqiqalik reklamada 100% u yoki bu dori va qanaqadir xitoycha uslubdagi kasalxonalar reklama qilindi. Hamma yoq dori, dori, dori bo‘lib ketibdi. Bu ko‘rgan odam "O‘zbekistonda hamma kasalmi nima balo?" deb yuboradi

Bir professor aytgan edi: "qayerdaki tibbiyot rivojlanmagan bo‘lsa, o‘sha yerda farmatsevtika gullab-yashnaydi". Menimcha bu gap O‘zbekistondagi hozirgi holatimiz haqida aytilgan bo‘lsa ne ajab .

@birkunimen
2.9K viewsedited  15:02
Ochish/sharhlash
2022-01-03 16:35:17 Hayotimdagi eng baxtli kun!

Bu dunyoda hech kim, mutlaqo hech kim menga nimadir qilib berishga majbur emasligini ongli tarzda tushungan kunim - hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biriga aylangan!

Avval boshda kimdir menga yordam bermagani, men so‘ragan narsani aytmagani, javob yozmagani, yaxshi gap gapirmagani, tabriklamagani, e'tibor bermagani va hokazo bir dunyo narsalar uchun xafa bo‘lar edim. Hozir esa unday emasman, chunki bu dunyoda hech kim menga hech narsaga majbur emasligini, u o‘zi istasa, imkoni bo‘lsa, xohishi bo‘lsa, muruvvat qilgisi kelsagina qilishini ongli, ha-ha, ongli tarzda tushunib yetganman. Bu narsa eng birinchi bo‘lib qalbimga xotirjamlik hissini berdi. Odamlardan umid qilmaslikni, faqatgina o‘z kuchimgagina ishonishim kerakligini o‘rgandim.

Kimdandir nimadir (yordam, muruvvat, mehr, e'tibor, e'tirof va h.k.) kutsangizu, kutganingizni olmasangiz avvaliga xafa bo‘lasiz, qalbingiz ranjiydi, o‘sha odamga nisbatan salbiy hislarni tuyasiz, odamlarga ishonchingiz pasayadi. Bularning barchasi kishi ruhiyatini yemirib tugallaydi. Men hozir mana shu narsadan o‘zimni ozod qilganimdan xursandman. Natijada odamlardan xafa bo‘lmayman, hech kimni yomon ko‘rmayman, ruhiyatim ham xotirjam, mazza qilib gitara chalish rejimida ishlamoqda))

Ha eng muhim joyi shuki, men ham hech kimga (oilam mustasno) hech narsaga majbur emas ekanman . Bu narsa kimgadir yoqmasa, shunchaki sorry

@birkunimen
3.4K views13:35
Ochish/sharhlash
2021-11-16 03:06:20
"Kemada suzib borayotganlar na tiriklar, na o‘liklar qatoriga kiradilar."

pireyalik Biant

Bugundan men ham mana shu maqomga kiryapman. Hoynahoy bugun onam yoshliklarida Ermitajga qilgan sayohatlarini, xususan Rembrantning ushbu ajoyib moybo‘yoq asarini eslab turgan bo‘lsalar ajab emas .

@hujayrauz
2.5K views00:06
Ochish/sharhlash
2021-10-09 11:50:57 Hozir universitet oldidagi kompyuter xizmatlariga bir qog‘ozni skaner qildirish uchun kirdim. Odam ko‘p ekan. Biroz qarab turdim. Bir xitoylik talaba yigitning e'tiborini tortdim shekilli, oldimga kelib ingliz tilida
- Sizga yordam kerakmi?
- Ha, mana shu qog‘ozni skaner qildirmoqchi edim.
-Hozir sizga yordam beraman, - u qo‘li-qo‘liga tegmay ishlayotgan kompyuterchiga men so‘ragan narsani xitoy tilida tushuntirdi. Menga qarab:
- Qayerdansiz?
- O‘zbekistondan.
- Haa, Pokistondanmi! - uning chehrasidan Pokistonni tanishi shundoq sezildi.
- Yo‘q, Pokiston emas, O‘zbekiston. O‘z-be-kis-ton!
- Uzpakiston??
- Ha, O‘zbekiston!
Bechoraning miyasidagi programmasi bir zumga bunaqa davlat bormikan deb qayta "zagruzka" bo‘ldi, lekin topa olmadi. Ha, ha, deb qo‘ya qoldi.

Bir vaqtlar bizga "Bizni butun dunyo taniydi. Bizga jahon tan bermoqda!" deb o‘rgatishardi. Undan ham zo‘ri biz shu gaplarga chin dildan ishonardik...

@birkunimen
6.5K viewsedited  08:50
Ochish/sharhlash
2021-10-07 10:42:23 Agar qobiliyat bo'lmasa, 100% lik mehnat bilan qobiliyatli odam erishadigan natijaga erishish mumkinmi? Menimcha mumkin, lekin u odam qilgan ishlarni tarix juda tezda o'chirib yuboradi. Hozircha negaligini bilmayman.

Agar qobiliyat bo'lsayu, mehnat bo'lmasa biror natijaga erishish mumkinmi? Menimcha yo'q. Boisi rudadan qazib olingan olmos bo'lagiga ishlov berilmaguncha u oddiy shisha yoki tosh bo'lagidan hech farq qilmaydi. Qachonki to'la ishlov berilar ekan, ana undan keyin o'zining qimmatbaho tomonini ko'rsatadi. Qobiliyat ham xuddi shunday.

Gohida ko'raman, qobiliyatdan asar ham yo'q, lekin harakati zo'r, intilishi bor. Gohida esa hammasi aksincha, qobiliyat bor, lekin harakat yo'q, "men hali ko'p ishlar qilaman, men hali falon-falonlar qilaman" deb yoshlikni ko'kka sovuradi.

Muvaffaqiyat intizomni sevadi. Har bir muvaffaqiyatli odamda intizom bor, u bo'lmasa hech qanday muvaffaqiyat ham bo'lmas ekan.

@birkunimen
6.2K views07:42
Ochish/sharhlash
2021-10-04 13:43:14 Bugun anchadan beri o‘ylab yurgan bir ishga qo‘l urdim. Facebookdagi profilimni tag-tugi bilan o‘chirdim .

Profil, undagi kontent, auditoriya uchun ozmuncha mehnat qilinmagan edi. Lekin FB eng asosiy maqsadlardan meni to‘sishni boshladi. Yozaman deb qo‘ygan bir necha kitoblarning yozilishi anchadan beri ortga surilib ketdi. Endi bor e'tiborni asosiy maqsadlarga yo‘naltirmasam bo‘lmaydi. Umr ham o‘tib bormoqda...

P.S. Quyoshbek, sizga shuncha vaqt kanalga qarab turganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi sizni ortiq band qilishni istamayman. Shu bois kanal ma'murligidan sizni ozod qildim. Umid qilamanki, buni to‘g‘ri tushinasiz. Katta rahmat sizga!

@birkunimen
2.2K views10:43
Ochish/sharhlash