Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni men...

Telegram kanalining logotibi birkunimen — Bir kuni men... B
Telegram kanalining logotibi birkunimen — Bir kuni men...
Kanal manzili: @birkunimen
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 424
Kanalning ta’rifi

Hayot, qarashlar, tamoyillar, qoidalar, odamlar, safsatalar, stereotiplar, xullas siz psixologiya deydigan olam haqida bir kuni men o‘ylagan fikrlar...

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-12 09:54:24 "Men fransuz tilini o'rganganman"

2013-yil. Farg'ona davlat universitetida biologiya yo'nalishi uchun qabul komissiyasida ishlayman. Abituriyent va abituristlardan hujjat qabul qilyapmiz. Qabul jarayonida maxsus daftarga ularning ma'lumotlari yozib boriladi. O'sha daftarda qaysi chet tilini o'qigan degan qismi bor edi. Odatda bu ingliz yoki nemis tili bo'lardi. Bir kuni bir abiturist yigit keldi. Hujjatlarini qabul qilib turibman. Diplom (kollej yoki litseyniki) ilovasining chet tili degan joyida qaysi tilni o'qigani yozilmagan ekan. O'zidan so'ray qoldim.

- Diplom ilovangizda qaysi chet tilini o'qiganingiz yozilmagan ekan. Qaysi tilni o'qigansiz?
- (Abiturist o'ylanib turdi-da) Men fransuz tilini o'rganganman, - dedi.
- Haa, shundaymi? - qitmirligim tutib qoldi meni ham, - yaxshi o'qiganmisiz?
- Ha, zo'r o'qiganman.

Sezib turibmanki u meni fransuzchani umuman bilmaydi deb o'ylayapti. O'zi chindan ham bilmayman, 5-6 ta so'zini bilaman, xolos. Lekin shunday bo'lsa-da, yoshligimizda bobom fransuz tilini o'rganayotgan tog'amni mazaxlab aytadigan gaplari yodimga kelib qoldi va men ham o'sha gapni bu yigitga aytishga qaror qildim.

- Bu juda yaxshi, bizga chet tilini biladigan talabalar kerak.
- (Tabassum qildi)
- Le po'g'i, le go'sfandiyon alaftiyon.
- Aaaa?!
- Fransuzchani bilaman demaganmidingiz?
- Eee men sizdaqa bunaqa gapira olmayman hali.
- (Ichimda kulaverib tamom bo'lay dedim) Ha mayli keyinroq yaxshiroq o'rganib olasiz.

Abituristning hujjatlarini qabul qilib tugatgach, yonimdagi sherigim:

- Baxtiyooor (ismimni ana shunaqa cho'zib aytar edi), siz fransuzchani ham bilasizmi?
- Yo'g'e, bu fransuzcha emas, tojikchada "bor, qo'ylarga o't berib kel" deganining fransuz talaffuzida aytilishi, xolos. Bobom fransuz tilini o'rganayotgan tog'amga qo'ylarga o't ber deyishni shunaqa qilib aytar edi.



@birkunimen
284 views06:54
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:43:48 Qoraqalpog'iston voqeasi va uning atrofida bo'lgan holatdan barchangizning xabaringiz bor. Bu narsa hozir har bir o'zbekistonlikni o'ylantirmoqda. oyina.uz sayti muxbirlari FB da yozgan fikrlarimni chop etishibdi:

https://www.oyina.uz/kiril/article/931

@birkunimen
670 views16:43
Ochish/sharhlash
2022-06-06 14:42:28 Sababini (balki) keyinroq izohlarman, lekin kimgadir qiziq bo'lsa, men FB ga qaytdim.

https://www.facebook.com/bsheraliev
1.5K views11:42
Ochish/sharhlash
2022-05-09 08:39:30 Ahmoq, omi, johil, o‘rganishni istamaydigan, manqurt do‘stdan dono, aqlli, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, mantiqiy va tanqidiy fikrlashi mavjud bo‘lgan dushman ming, million hatto trillion marta yaxshi ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

@birkunimen
2.8K viewsedited  05:39
Ochish/sharhlash
2022-04-29 06:28:22 Zamon tezlashdi deyishganida jon bor ko‘rinadi. Ilgari 40 yildan qaytsa hozir 40 kunga ham bormayapti shekilli.

Bir oilani taniyman. Katta qizi o‘smirlik vaqtida uydagilari bilan urushib, bir necha marta uydan ketib qolgan. 1-2 kundan keyin topib kelishgan, bilishim bo‘yicha o‘rtoqlarinikiga ketganmi, xullas shunaqaroq. Qisqasi shu qiz keyinchalik ishga kiradi. Tabiiyki, hamkasblarining aksariyati qishloqdoshlari. Vaqt o‘tib qizga sovchi keladi. Qizni uyidagilari kuyov tomonga qizi o‘smirligida uydan ketib qolgani, lekin hech qanday yomon narsa yo‘qligini oldindan ogohlantirishadi. Kuyov tomon buni ahamiyatsiz deb topishadi. Unashtiriladi, to‘y kuni belgilanadi.

Buni qarangki to‘yga bir necha kun qolganda qizning hamkasblaridan biri katta yoshli xola kuyovning onasini izlab borib "Bekor bu qizni kelin qilyapsiz, onasi uni yoshligida fohishaxonadan ushlab kelgan bir necha marta, u qiz bola emas" deb keladi. Mingta qizga ko‘nmay, faqat shu qizni tanlab, uylanaman deb turib olgan o‘g‘lini o‘ylab ona ming hasratda bu gapni o‘g‘liga aytmaydi. To‘y bo‘ladi, qisqasi hammasi yaxshi o‘tadi. Qiz hozir bir bolaning onasi bo‘lib eri bilan tinch-totuv yashab kelmoqda.

Lekin buni qarangki, ana u ichi "oppoq" xolaning yaqinda uylantirgan o‘g‘li mahalladoshi bo‘lgan 7 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan bolani zo‘rlab, sudlanib, uzoq yilga qamalib ketibdi.

Bularni yaqinda menga qizning onasi aytib berdi. Qizimni shunaqa deganini keyinroq qudam aytib berganida rosa ichim og‘rib yig‘lagandim. Nega odamlar bunaqa tuhmatchi deb rosa kuyingandim. Qarangki, meni qizimni to‘yini buzmoqchi bo‘lganning o‘zini o‘g‘li shunaqa bo‘lib qamalib turibdi.

Qiz onasining gaplarini tinglar ekanman, har ikki oilani taniganim uchun g‘alati hissiyotni tuydim. Chindan ham nega odamlar bunaqa? Qo‘polroq bo‘lsa xalqimiz bekor gapirmagan ekan: "Qizi bor qisib gapirsin, o‘g‘li bor o‘ylab".

@birkunimen
2.5K viewsedited  03:28
Ochish/sharhlash
2022-04-24 05:50:02 Avstraliyalik bir ixtiolog yigitning ishlarini kuzatar edim. Korall riflarida yashovchi baliqlar taksonomiyasi bo'yicha mutaxassis, 25 ga yaqin yangi baliq turini kashf qilgan. Sidneydagi universitetda professor bo'lib ishlaydi. Biologiya sohasidagi mashhur jurnallardan birida muharrirlik qiladi. Yaqinda korall riflari baliqlari haqidagi kattagina kitobi chop etildi. Shu yigit bugun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga "Bugun men 30 ga kirdim" deb yozdi. Bu xabarni o'qib, 33 ga kirib hali ham pichoqqa ilinadigan biror ishni qoyillatmaganimdan o'zimdan o'zim xafa bo'lib ketdim. Odam ham shunaqa dangasa bo'ladimi deb o'zimni koyidim

@birkunimen
2.0K viewsedited  02:50
Ochish/sharhlash
2022-04-21 09:50:09
Toshkentdan Farg‘onaga mashinada qaytyapman. So‘nggi marta Kamchiq dovoni orqali 2019-yil avgustida yurgan edim.

Yo‘lning ikkala tarafi bitibdi. Yo‘llar ravon, maza qilib mashina haydaydigan, tog‘ yam-yashil, ayrim daraxtlar endi gullabdi.

Yo‘lning uzoqligini hisobga olmasa ajoyib sayohat bo‘lmoqda.

@birkunimen
1.9K views06:50
Ochish/sharhlash
2022-04-19 06:30:58 Kecha suhbat orasida bugun Toshkentga yo‘l olishimni aytgandim. Suhbatdoshim:
- Taksi qancha bo‘libdi?
- Bilmayman, samolyotda uchyapman.
- Ooo, endi sizni puliz ko‘pda, Toshkentga ham samolyotda borasiz!
- Aksincha, pulim ko‘p emasligi uchun ham samolyotda ketyapman. Ham yo‘lga ketadigan vaqtim tejaladi.
- Qanaqasiga?
- Biletni 76 ming so‘mga oldim, yana uyda turib, osongina internet orqali oldim.
- Yo‘g‘e, taksidan arzonku, taksi 100 mingdan tepa, qanaqa oldiz biletni, o‘rgating menga ham, kelasi hafta Toshkentga bormoqchi edim.

Unga internetdan samolyot va poyezdlarga qanday qilib bilet olishni, qachon olsa arzon bo‘lishini o‘rgatdim.

Gohida imkoniyatlar qo‘llarimiz ostida ekanligimizni sezmay qolamiz. Buning uchun ko‘pincha ozginagina izlanish kerak bo‘ladi xolos.

@birkunimen
1.6K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2022-04-14 20:35:55 Shanba kunlarining birida Farg‘onadan Rishtonga qaytish uchun vokzalga bordim. Har doimgi 10 minglik yo‘lkirani 15 ming qilib olishibdi. Taksistlarning kuni "tug‘ibdi".

Taksist odatdagi narxga olib ketishga rozi bo‘lmadi. Unga qaradimda:
- Yaxshi, 15 ming beraman, faqat 10 mingini rozi bo‘lib, qolganini norozi, - dedim.
Taksist g‘alati bo‘lib ro‘paramda qotib qoldi. Aniqki, bunaqa gap eshitishni kutmagandi.
- Nega hayron bo‘lasiz, qolgan yo‘lovchilaringiz ham shunday ketishmoqda, faqat men buni oldindan sizga aytib qo‘yyapman...

Taksist eski narxda olib ketishga rozi bo‘ldi.

@birkunimen
1.5K viewsedited  17:35
Ochish/sharhlash