Get Mystery Box with random crypto!

O'zimni aldamayman Ba'zan nimagadir vaqt ajrata olmayman. O | Bir kuni men...

O'zimni aldamayman

Ba'zan nimagadir vaqt ajrata olmayman. O'sha ish bir necha kunlar qolib ketadi. Keyin o'ylanib qolaman, nega men shu ishni paysalga solyapman. Ashaddiy prokrastinarligimni bilaman, lekin chindan ham ayrim ishlarga umuman vaqt ajrata olmayman. Shunaqa vaqtda o'zim bilan o'zim gaplashaman va nima uchun shu ish ortga surilayotganining sababini so'rayman. Yakunda javob doim bir xil bo'lib chiqadi: men uchun bu narsa muhim emas va men uni qilishni istamayman.
Ashnaqa gaplar)))

@birkunimen