Get Mystery Box with random crypto!

G'alaba va mag'lubiyat... ular orasidagi masofa bir qadam... | Bir kuni men...

G'alaba va mag'lubiyat... ular orasidagi masofa bir qadam...

O'zgarish shaxsning ichida, ongida, shuurida paydo bo'ladi va u keyin tashqariga chiqadi. Odamning ichkarisida bo'ladigan o'zgarishlar uning tashqarisidagi, atrofidagi va butun hayotidagi muhitni o'zgartirib yuborishi mumkin, lekin aksincha bo'lmaydi. Tashqari o'zgarsayu, odamning ichi, ongi, fikri, tafakkuri, shuuri o'zgarmasa hech narsa o'zgarmaydi.

Xuddi shunday inson faoliyatidagi g'alabalar ham, mag'lubiyatlar ham avvalo uning ongida, fikrida, shuurida, qalbida kechadi, keyin tashqariga chiqadi. Agar inson ich-ichidan mag'lubiyatga yon bermasa, irodasini sindirmasa, qat'iyatni qo'lidan bermasa, uni hech qanday kuch g'alabadan to'xtata olmaydi.

Mag'lublarni birlashtirib turadigan umumiy bir jihat bor - bu ham bo'lsa ular g'alaba qozona olmasliklariga ich-ichlaridan ishonadilar.

@birkunimen