Get Mystery Box with random crypto!

Bugun anchadan beri o‘ylab yurgan bir ishga qo‘l urdim. Facebo | Bir kuni men...

Bugun anchadan beri o‘ylab yurgan bir ishga qo‘l urdim. Facebookdagi profilimni tag-tugi bilan o‘chirdim .

Profil, undagi kontent, auditoriya uchun ozmuncha mehnat qilinmagan edi. Lekin FB eng asosiy maqsadlardan meni to‘sishni boshladi. Yozaman deb qo‘ygan bir necha kitoblarning yozilishi anchadan beri ortga surilib ketdi. Endi bor e'tiborni asosiy maqsadlarga yo‘naltirmasam bo‘lmaydi. Umr ham o‘tib bormoqda...

P.S. Quyoshbek, sizga shuncha vaqt kanalga qarab turganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi sizni ortiq band qilishni istamayman. Shu bois kanal ma'murligidan sizni ozod qildim. Umid qilamanki, buni to‘g‘ri tushinasiz. Katta rahmat sizga!

@birkunimen