Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston - kasallar mamlakati(mi?) Aslida deyarli TV ko‘rm | Bir kuni men...

O‘zbekiston - kasallar mamlakati(mi?)

Aslida deyarli TV ko‘rmayman, lekin ba'zida ko‘zim tushib qoladi. Biroz avval ovqatlanish vaqtida yoniq qolgan televizorga ko‘z tashladim. Kinoteatr degan kanalda qandaydir koreyscha film bo‘layotgan edi. Birdan reklama boshlandi.

Ishonasizlarmi 10 daqiqalik reklamada 100% u yoki bu dori va qanaqadir xitoycha uslubdagi kasalxonalar reklama qilindi. Hamma yoq dori, dori, dori bo‘lib ketibdi. Bu ko‘rgan odam "O‘zbekistonda hamma kasalmi nima balo?" deb yuboradi

Bir professor aytgan edi: "qayerdaki tibbiyot rivojlanmagan bo‘lsa, o‘sha yerda farmatsevtika gullab-yashnaydi". Menimcha bu gap O‘zbekistondagi hozirgi holatimiz haqida aytilgan bo‘lsa ne ajab .

@birkunimen