Get Mystery Box with random crypto!

Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

Telegram kanalining logotibi begimoff_blog — Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ B
Telegram kanalining logotibi begimoff_blog — Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ
Kanal manzili: @begimoff_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5
Kanalning ta’rifi

Ushbu blogda siyosat, falsafa, musiqa, tarix, kitobxonlik, IT, ijtimoiy munosabatlar bo'yicha shaxsiy fikrlarimni ulashib boraman.
🗨Fikr va murojaatlar uchun:
👨🏻‍💻 Telegram: @Begimoffblog_bot
👨🏻‍💻 Instagram: bilolbekbegimoff

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2020-12-02 07:30:26 ​​Shvetsiyada 41 yoshli o‘g‘lini 28 yil uy qamog‘ida saqlagan ayol qo‘lga olindi

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 70 yoshli ayol 41 yoshli o‘g‘lini noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilganlikda va sog‘lig‘iga zarar yetkazganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Qo‘rqqan va og‘ir ahvoldagi erkakni uning qarindoshi tasodifan uyida ko‘rib qolgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Mazkur qarindoshning aytishicha, uy egasi bo‘lgan ayol o‘g‘lini 12 yoshidan buyon uyga qamab kelgan. Ayol bolani maktabdan chiqarib olgan va boshqa odamlar bilan muloqotdan mahrum qilgan. Qarindoshning fikricha, bolaning onasi o‘zini uni himoya qila oladigan va unga yordam bera oladigan yagona odam sifatida ko‘rsatgan va atrofdagi olam uning uchun xavfli ekanligini aytgan.

70 yoshli ayol kasalxonaga tushgan. Qarindoshi uning uyida nima bo‘layotganini ko‘rish uchun u yerga kirgan. Uning aytishicha, uyning hamma joyini chiqindi bosib ketgandi. Uyning qorong‘i burchagida esa yorug‘likdan ham, begonalardan ham qo‘rqqan keksa ayolning 41 yoshli o‘g‘li bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkakning tishlari bo‘lmagan, oyoqlari yara bilan qoplangan. U o‘rnidan arang turadi va gapni qiyinchilik bilan tushunadi. Erkak kasalxonaga yotqizilgan va ertasi kuni operatsiya qilingan.

Politsiya mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini boshlagan.

Boshqa ma'lumotlat - @normnewsuz
13 viewsedited  04:30
Ochish/sharhlash
2020-12-02 05:53:17 ​​Qirg‘iziston konstitutsiyasi qayta yozib chiqilmoqda

Qirg‘izistonda mamlakat konstitutsiyasini qayta yozib chiqish bo‘yicha konstitutsion majlis bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Majlis a’zosi Edil Baysalovning ma’lum qilishicha, majlis shunchaki rasmiyatchilik uchun emas, balki juda faol o‘tmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir shaxslar konstitutsion majlis avvaldan tasdiqlangan ssenariy bo‘yicha o‘tayotganini aytmoqda.

“Biz uchta seksiyada ishlayapmiz, bizda intensiv ish ketmoqda. Biz har bir harfni solishtiryapmiz, amaldagi konstitutsiya asosida ishlayapmiz, uni qo‘shni davlatlarning asosiy qonunlari bilan taqqoslayapmiz. Birinchi marta konstitutsiyamiz ona (qirg‘iz) tilida yozilayotgani menga yoqyapti. Asosiy qonunning matni ustida ishlash chog‘ida ma’lum atamalar qirg‘iz tilidagi tarjimada pala-partish va noaniq ifodalanganini ko‘ryapmiz”, — dedi Edil Baysalov.

Majlis a’zosining qayd etishicha, yakuniy qaror konstitutsion kengash tomonidan qabul qilinmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar ko‘chadan kelib o‘z takliflarini bermoqda, ular orasida muqaddam ozodlikdan mahrum qilinganlar ham mavjud.

“Har kim kelishi mumkin, biroq biz shunchaki majlis organimiz. Bu loyiha qanday ko‘rinishda qabul qilinishini biz hal qilmaymiz, biz o‘zimizga bunday vakolatni ololmaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Edil Baysalov.

Shuningdek, majlis a’zosining qayd etishicha, avvalroq 80 nafar deputatning imzosi bilan e’lon qilingan asosiy qonun loyihasining matni umuman boshqa. Edil Baysalovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat parlamenti saytida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan matn konstitutsion majlisda ko‘rib chiqilayotgan matndan farq qiladi.

Qirg‘iziston konstitutsiyasini qayta yozib chiqish Sadir Japarovning tashabbusi hisoblanadi. Bu haqda Japarov bir necha marta gapirgan. Biroq asosiy qonunni qayta yozish vakolati 2020-yilning 28-oktabrida tugagan oltinchi chaqiriq deputatlari zimmasiga yuklatilgan.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
14 views02:53
Ochish/sharhlash
2020-12-02 05:48:54 ​​Jizzaxda Prezident qarori bilan xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurorti tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyevning “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining:

Jizzax viloyatining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish;

erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

erkin turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;

hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish;

transport vositalarining arzonligini ta’minlash, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarini kengaytirish, uning to‘xtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;

turistlar xavfsizligining qo‘shimcha sharoitlarini, shu jumladan, turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, hududga keluvchi turistlar haqida yagona ma’lumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yo‘li bilan yaratish;

erkin turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta’minlash;

energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;

hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Qayd etilishicha, Turkiyaning “Idealist” kompaniyasi tomonidan Zomin tumanida erkin turistik zonaning bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu bosh reja loyihasida investitsiyalarni, shu jumladan, turizm (joylashtirish vositalari, dor yo‘llari, restoranlar, savdo shoxobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlari), yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larini jalb qilish nazarda tutilgan.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
28 views02:48
Ochish/sharhlash
2020-12-01 18:21:46 ​​Eron yadroviy faoliyatini qayta tiklamoqchi

Eron parlamenti mamlakatning yadroviy faoliyatini tiklash bo‘yicha loyihaning umumiy qoidalarini ma’qulladi. Bu haqda Fars agentligiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Parlament, shuningdek, loyihaning ayrim qoidalarini ham ko‘rib chiqishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, ratifikatsiya qilish uchun Eronda qonun loyihalarini tekshiradigan Konstitutsiya himoyachilari kengashining roziligi ham talab qilinadi. Shundan so‘ng qonun ijro etish uchun majburiy bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvarida mamlakat 2015-yilda erishilgan yadroviy kelishuvdan to‘liq chiqishini e’lon qildi. Hujjatni bir tomondan Eron, boshqa tomondan xalqaro vositachilar oltiligi — AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya imzolagan edi. Hujjatda, jumladan, Eron uranni qaysi darajagacha boyitishi va qancha miqdorda boyitilgan uran saqlashi mumkinligini belgilab berardi. Darajalar shunday o‘rnatilgan ediki, bunda Eron yadroviy energetikani rivojlantirishi mumkin edi, biroq yadroviy qurol yarata olmasdi. Kelishuv shartlariga rioya etish evaziga Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilingan edi.

Yangi qonun loyihasida Eronda yiliga 120 kilogramm uranni 20 foizga boyitish bilan uran ishlab chiqarish va to‘plash (20 foizdan yuqori uran qurol darajasida hisoblanadi), shuningdek, oyiga kamida 500 kilogramm kam boyitilgan uran ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda Eron uranni “yadro shartnomasi”da nazarda tutilgan 3,67 foiz o‘rniga 4 foizdan yuqori darajada boyitmoqda.

Bundan tashqari, Arakdagi 40 MVt og‘ir suv reaktorini “yadro kelishuvi”dan avvalgi holatiga qaytarish ham ko‘zda tutilgan. Kelishuv Arakdagi mavjud reaktorni radioizotoplar ishlab chiqarish uchun qayta loyihalashni nazarda tutadi, shunda u qurol darajasidagi plutoniyni ishlab chiqarmaydi.

Hujjat, shuningdek, hukumatga MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) bilan qo‘shimcha xavfsizlik protokoli doirasidan chiquvchi yadro inshootlariga kirish huquqini to‘xtatib qo‘yish majburiyatini yuklaydi.

Mamlakatda yadro faoliyatini tiklash bo‘yicha qonun loyihasini tezkor asosda ko‘rib chiqish Eron yadro dasturi rahbari deb atalgan yadroshunos olim Muhsin Faxrizoda o‘ldirilganidan so‘ng yuz bermoqda. U 27-noyabr kuni Tehrondagi kasalxonada vafot etdi. Voqeadan so‘ng Eron prezidenti xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqida topshiriq berdi.

G‘arb OAVlarining yozishicha, Muhsin Faxrizoda masofadan boshqarilgan qurol orqali o‘ldirilgan. Eron o‘ldirilgan yadro fizigi uchun qasos olishga va’da berdi. Turkiya mintaqada tinchlikni buzmaslikka chaqirdi.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
16 views15:21
Ochish/sharhlash
2020-12-01 14:31:33 ​​Xotiniga ishlatilgan pampersni yedirgan samarqandlik erkak 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Ma’lum bo‘lishicha, 1-dekabr, seshanba kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova turmush o‘rtog‘ini ayovsiz kaltaklab, unga pampers yedirgan Sh.K. ustidan chiqarilgan sud hukmini e’lon qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra 1985-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan Sh.K. Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 105-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shuningdek, kelgusida mazkur toifadagi jinoyatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanishi uchun sudlanuvchi yashaydigan mahalla fuqarolar yig‘iniga, jinoyatni kvalifikatsiya qilishdagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilib tegishli chora ko‘rish maqsadida tergov organiga ham xususiy ajrim chiqarilgan.

Sudlanuvchi Sh.K. so‘nggi so‘zida suddan uzr so‘rab, bunday ishlarni takrorlamasligini, uch oy ichida barcha qilmishlarini tushunib yetganligini bildirgan. Shuningdek, qo‘yilayotgan ayblovning o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (103-modda) qismini tan olmasligini, turmush o‘rtog‘ini kaltaklaganini esa tan olishini aytgan. Jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa sudga ishonishini va uning chiqargan qaroridan roziligini aytib, turmush o‘rtog‘i tomonidan sud boshidan buyon unga nisbatan ko‘plab bo‘lmagan gaplar aytilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani aks etgan ayol videosi tarqalib ketgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, er ayolni muntazam xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan. Erkak turmush o‘rtog‘ini urgani tasvirlangan video internetda tarqalgach uyidan qochib ketgan. 23-avgust kuni erkak Toshkentda qo‘lga olinib, Samarqandga olib ketilgan. Keyinroq Senat mazkur ayol bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olgandi.

Mazkur ish bo‘yicha boshlangan dastlabki sud majlisida xotiniga pampers yedirgan erkak sudda OAV ishtirok etmasligini so‘ragan bo‘lsa, jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilganligi va muhokama qilinganligi uchun sudda OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokiga qarshilik qilmasligini bildirgan. Sud muzokarasida so‘z olgan prokuror rafiqasiga majburlab pampers yedirgan erkakni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragandi.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
17 views11:31
Ochish/sharhlash
2020-12-01 07:33:35 ​​«Barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingan. Uzoq yillar davomida geologiya qidiruv ishlariga mablag‘ kiritilmagan» - Alisher Sultonov

30-35 yil ichida barchasi «O‘zbekneftgaz»ning bankrot bo‘lishi uchun qilingan. Bu haqda energetika vaziri, kompaniyaning sobiq boshqaruv raisi Alisher Sultonov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Chunki so‘nggi yillarda... men mustaqillik yillari demayapman, balki 30-35 yil davomida barchasi ushbu kompaniyani bankrot qilish uchun qilingan. Ko‘p yillar davomida geologiya qidiruv ishlariga hech qanday mablag‘ kiritilmagan. Men «O‘zbekneftgaz» rahbari edim. Birinchi o‘rinbosar sifatida 2013 yilda kelganman. O‘sha paytda «O‘zbekneftgaz»ning o‘rinbosarlaridan biri menga taqdimot ko‘rsatdi, unda 2017 yilda «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi aytilgandi. Nima uchun? Balans har yili tasdiqlanadi. Har yili neft-gaz sanoati uchun ishlab chiqarishning pasayishi bilan balans tuzilgan. Balansda allaqachon tushayotgan qazib olish ko‘rsatkichi nazarda tutilgan.

Geologiya qidiruv ishlari uchun mablag‘ kiritilmagan. Bu poydevorsiz bino qurish bilan barobar. Geologiya qidiruv ishlari 7 yoki 10 yilda natija beradigan soha. Bu barcha qazib olish va rivojlanish uchun fundament, baza. Bunga pul kiritilmadi. 

Davlatning geologiya qidiruv ishlari bilan shug‘ullanishi odatiy amaliyot. Prezidentimiz geologiya qidiruv ishlarini Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirdi, ya'ni bu davlatning vakolatidir.

Bir paytlar «O‘zbekneftgaz» gegemon - konlarni o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan yagona kompaniya edi. U ham vazirlik, ham xo‘jalik sub'yekti tashkilot hisoblangan. Bu funksiyalar bo‘lindi va vazirlik tashkil etildi. «O‘zbekneftgaz» kattalashtirildi. Katta va kambag‘al kompaniyadan ko‘ra, kichik va boy kompaniyaga ega bo‘lgan yaxshi. Shuning uchun faqat ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sifatida «O‘zbekneftgaz» qayta tashkil qilindi. «O‘ztransgaz» esa transport kompaniyasi, kelajakda u faqat transport xizmatlarini ko‘rsatadi. «Hududgazta'minot» davlat-sheriklik hamkorligiga o‘tkaziladi.

«O‘zbekneftgaz» kabi gigantni oyoqqa turg‘azish oson ish emas. Energiya resurslarisiz hech qanday iqtisodiyot rivojlanmaydi. Shuning uchun davlat bu kompaniyani oyoqqa turg‘azish bo‘yicha qarorlarni qabul qilmoqda», — dedi u. 

Bundan oldin, energetika vaziri elektr energiyasini yetkazib berishdagi uzilishlarga izoh bergandi.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
15 views04:33
Ochish/sharhlash
2020-12-01 06:01:32 ​​Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti bo‘yicha hududlardagi rahbarlarning malakasi yetishmasligini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-noyabr kuni hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.


Prezidentning aytishicha, 2020-yilning o‘tgan 10 oyi davomida Xalq qabulxonalariga jamoat transporti masalasida 3 mingdan ziyod murojaat tushgani viloyat, tuman va shahar hokimlarining mazkur sohaning ichiga kirmaganini bildiradi.

“Birorta shahar yoki tumanda transport sohasining sifatini yaxshilash bo‘yicha tajriba yo‘q, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Hech qaysi viloyat hokimi mana shu masala bo‘yicha o‘zining chora-tadbirlarini amalga oshirmagan, qo‘shimcha pul topib, qo‘shimcha avtobus olib, davlat-xususiy sherikchilik asosida biror narsa qilmagan. Qilgan bo‘lsa ham, nomiga qilgan. Har bir tuman bo‘yicha bizda tahlil bor. Bir oyda bir marta, bir chorakda bir marta bu masala tuman yoki shahar sessiyasida bu masalalar ko‘rilmagan. Birorta viloyat hokimining o‘rinbosari o‘zining sohasi bo‘yicha mukammal bilimga ega emasligi ko‘rindi”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev mutassaddilarga har bir tuman bo‘yicha jamoat trasnportini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va ularni xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlatish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, mazkur dasturlar ijrosi har chorakda tuman yoki shahar kengashlarida muhokama qilinishi kerak.

Prezidentning qayd etishicha, hozirgi zamonaviy logistikani, transport harakatlarini tushunadigan mutaxassislar yetishmaydi. Davlat rahbari avtobus haydovchilarini tayyorlivchi markaz tashkil qilish vazifasini qo‘ydi.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
18 views03:01
Ochish/sharhlash
2020-10-14 07:49:10
41 views04:49
Ochish/sharhlash
2020-09-18 17:02:03 ​​Уйланмоқчи бўлган йигитлар учун Alimoff дан маслаҳатлар.

Албатта мен миллиард йил яшаб, ҳаёт маъносини тушуниб, метафизик оламни кашф қилиб, фикрлаш парадигмаларининг барча босқичларидан ўтиб комиликка эришган донишманд эмасман. Бу маслаҳатлар абсолют ҳақиқат бўлишга даъвогар ҳам эмас. И так бошлаймиз:

1. Шошилма.

2. Молиявий аҳволинга қара. Ўтириб вазиятни тасаввур қилиб кўр. Агар хотининг ҳомиладорлигида бирор нарса егиси келиб қоладиган бўлса, сен ота онангдан пул сўрамасдан шуни келтириб беришга қодирмисан? Фарзандли бўлсанг унинг кийим кечаги, кашаси, памперси хуллас ҳамма харажатини ота онангсиз ва бировдан қарз олмасдан эплай оласанми? Шу саволларга жавоб топ.

3. Брат, ўзинг тенгқур қизни севма. Бизда қизларни эрта турмушга бериб юборишади. Жуда кўп одамларни биламан синфдошини севган лекин бола 2 банддаги саволларга ҳа деб жавоб бера олмаган пайтда у қизларни узатворишади. Агар иложи йўқ севсанг, у ҳам сени севса бу учун кураш. Севги аслида реалистлар учун бачкана нарса бўлиб туюлгани билан у буюк мотиватор.

4. Хечқачон қарзга уйланма. Агар қарз ҳавола қилиб уйланадиган бўлсанг тўйдан кейинги ширин дамлар ўрнига, қарз тўлаш каби ишга бошингни тиқиб оласан. Тўйга овер дохрена пул сарфлашинг шарт эмас. Майли кушли санъаткор чақирма, 1000 кишига ош берма. Оддий ихчам қилиб тўй қил. Катталар билишади, ўша уйланган пайтимизда тўйи ихчамгина бўлган Ғишматни ҳам миллионларни сарфлаган Эшматни ҳам тўйини хозир хечким эсламайди. Тўй бир кунда ўтади кетади. Ортиқча пулинг бўлса ўзинг, хотининг фарзандларингни таълим олишига тик. Қарзга эса хечқачон уйланма, токи дарвозанга "қарзингни қайтар хорами" деб ёзиб кетишмасин.

5. Келин танлаш. Бу жуда ахмоқона иш, одам буюммаски айланиииб юриб танлаб юргани. Ишон, любой одамни "ўзини одами" бўлади. Сен буни ҳис қиласан, у сени нигохларингдан тушунади нима хоҳлашингни, у сен гапирмаганингда жим туришни билади, қачон сени ёлғиз қолдиришни, қачон кўнглингни кўтаришни билади. Шунинг учун умр йўлдошни ақлинг билан эмас, қалбинг билан топ.

6. Уйдаги гапни кўчага ташима. Айрим эшакмиялар бор, оиласидаги муаммоларни, муносабатларини чойхонада ҳам айтиб ўтирадиган. Сен бундай бўлма, сен эркаксан сен муаммо ечувчисан тушуняпсанми? Сен нолийдиган одаммассан, шунчаки муаммони оласан ва ечасан! Биз эркаклар муаммо ечувчилармиз, бутун умримизни мазмуни муаммоларни бартараф қилиб яхши яшашга интилишдан иборат. Оилавий масалаларда ота-онангдан бошқадан маслаҳат сўрама. Раз уйландингми, катта ҳаётга қадам қўйдинг энди "Бахтииии ўйнагани чиқасанми" деган ҳаёт тугади. Нолима, ёрдам кутма, муаммони еч. Билмиман йўлини топ. Йўл қабрдан ортга йўқ холос.

7. Уни бахтли қил. Қара бро, ўша қиз ҳам, уни ота онаси ҳам не умидлар билан бутун умр тарбиялаган қизини сенга ишониб беришяпти. Ўзимни қизимни ўйлайман қанча меҳр бериб, яхши кўриб дунёларга ишонмаслигимни. Так вот, ўша қиз ҳам кимгадур шундай азизи, буни албатта ота бўлиб тушунасан. Сен уни бахтли қил. Камчилигини тарбияла, лекин онанг унга танбех берса аралашма, секин мен анақа футболим бориди деб йўқал. Чунки онанг унинг ҳам онаси, тарбиялайди. Ўзингни хақиқий эркакман деб хисобласанг, сенга ишонилган инсонни бахтли қил.

Барчангиз бахтли бўлинг!

Каналга уланиш @nurbekalimov
78 views14:02
Ochish/sharhlash
2020-08-18 06:31:56 ​​Ish yoki bilim olishning samarasini oshirish.

1. Bismillah deb ish boshlang.
2. Ma'lum bir natijani bajarmaguncha ijtimoiy tarmoqlarga kirmang.
3. O'zingiz uchun pul qizg'onmang, internet mb qimmat bo'lsa ham tezligi yaxshi kompaniyadan mb oling.
4. Ish qilayotganingizda zarurat yuzasidan biron ish chiqib qolsa usha ishni tugatishingiz bilan 1 daqiqa o'tmasdan asosiy ishingizga qayting.
5. Reja bilan ish qiling. Bugungi rejani tugatmaguncha uhlamang!
Bardavomlik eng katta natijani beradi.

@Begimoff_blog
86 views03:31
Ochish/sharhlash