Get Mystery Box with random crypto!

Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

Telegram kanalining logotibi begimoff_blog — Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ B
Telegram kanalining logotibi begimoff_blog — Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ
Kanal manzili: @begimoff_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5
Kanalning ta’rifi

Ushbu blogda siyosat, falsafa, musiqa, tarix, kitobxonlik, IT, ijtimoiy munosabatlar bo'yicha shaxsiy fikrlarimni ulashib boraman.
🗨Fikr va murojaatlar uchun:
👨🏻‍💻 Telegram: @Begimoffblog_bot
👨🏻‍💻 Instagram: bilolbekbegimoff

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2020-08-12 08:20:17 Eng badavlat insonning sof boyligini necha yilda ishlab topish mumkin?

Bugungi pandemiya sharoitida boyligi ancha o'sgan Jeff Bezos - dunyodagi eng badavlat insonidir. Boyligi $181.5 mlrd (181,500,000,000 dollor)

Tasavvur qilaylik agar siz kuniga $ 1000 dan pul topsangiz o'rtacha qancha vaqtdan Jeff Bezos ning pulini yig'ib olasiz?

Kuniga $ 1000 bu degani oyiga $ 30,000 degani. Yiliga esa $ 360,000 degani. Bu ham umuman xarajat qilmasangiz. 181,500,000,000 dollor bo'lishi uchun esa sizga necha yil kerak bo'ladi? Sizga 50000 yildan ortiq vaqt kerak boladi. Aniqroq qilib esa 5000 asr eheeee akaxonga qo'yil lekin.

Albatta bu shaxsiy qarash men o'zgarmas daromad orqali hisobladim. Real hayotda esa o'sish boladi oyiga $ 30 ming topgan tadbirkor kelasi oy $ 40 ming topadi. Men shunchaki hisob kitob qildim holos.

Qo'shimcha: Amazon 1995 yilda faoliyatini boshlagan 25 yilda bunday natija haqiqatdan qoyil akaga.

@Begimoff_blog
75 views05:20
Ochish/sharhlash
2020-08-09 11:45:05 Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, boy davlatlarda koronavirus pandemiyasi 2021 yil oxirida tugaydi.


Ayrim mamlakatlar yetarli darajada tekshiruvdan o‘tmagan va davlat organlari tomonidan ma'qullanmagan koronavirusga qarshi vaksinalar bilan odamlarni emlashadi, dedi Microsoft hammuassisi Bill Geyts The Wired nashriga bergan intervyusida.

«Xitoy va Rossiya katta tezlikda ketmoqda. Dunyoning qayeridadir ko‘plab bemorlar to‘liq o‘rganilmagan vaksinalar bilan emlanishiga ishonchim komil. Sinovlarning uchinchi bosqichiga qaramasdan, salbiy ta'sirlarni o‘rganish uchun bizga uch-to‘rt oy kerak», — dedi Geyts.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, boy davlatlarda koronavirus pandemiyasi 2021 yil oxirida tugashini aytdi. Dunyoning qolgan qismida esa 2022 yil oxirida.

Geyts remdesivir va deksametazon dorilarini koronavirusga qarshi samarali vositalar deb atadi. Uning aytishicha, boshqa dorilar ham remdesivir yoki deksametazon asosida tayyorlanadi, chunki faqat ana shu dorilargina COVID-19dan davolashda ijobiy ta'sir ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, milliarder pandemiya uning hayotini qanday o‘zgartirib yuborganini aytdi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p sayohat qilishga o‘rganib qolgan, hozir esa buning iloji yo‘q.

«Agar prezident Makron bilan uchrashish va unga «Koronavirusga qarshi vaksinaga pul ber» demoqchi bo‘lsam, qanchalik jiddiyligimni ko‘rsatish uchun Fransiyaga yo‘l olgan bo‘lardim. Endi esa GAVI sammitini o‘tkazdik va men sammit davomida uyda o‘tirdim», — dedi Geyts.

Uning qo‘shimcha qilishicha, pandemiyaning ijobiy tomonlari ham bor: uning farzandlari ko‘proq vaqt uyda bo‘lishmoqda.

Bill Geyts hozirda Microsoft texnik maslahatchisi hisoblanadi. U asosiy vaqtini xayriya jamg‘armasi ishlariga sarflaydi.

Manba: kun.uz
@Begimoff_blog
65 views08:45
Ochish/sharhlash
2020-08-09 08:11:40 ​​Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktabgacha ta'lim tarbiyachisi o'z farzandlarini koyigan videosi. Bu video juda ko'plar tomondan tanqidga olindi. Lekin shu insonni o'rniga o'zini qo'yib ko'rmaganlar tanqid qilishdi mening fikrimcha. Chunki siz ham biror bir ishni ohriga yetay deb qolgan paytda sizning ishingizga halaqit berishsa siz qanday holga tushardingiz? Eng asabi mustahkam inson ham bu holatga tushsa u ham asabiylashshi mumkin.

Xulosa o'zingizdan.
Agar sizning fikringiz ham o'zgacha bo'lsa ushbu maqolani o'qib ko'rishni maslahat beraman.
O'qib ko'rish

@Begimoff_blog
53 views05:11
Ochish/sharhlash
2020-08-07 16:35:45 Alkogol ichimliklari koronavirusni oldini olmaydi va davolamaydi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Odilova:

Alkogol ichimliklarini litrlab ichsangiz ham sizni hech qanaqasiga koronavirusdan qutqarmaydi va davolash xususiyati yoʻq. Aksincha, koronavirusga chalinganda, nafas yoʻllari faoliyati sustlashadi. Alkogol uni battar axvolga solib qoʻyadi.

Niqobni spirtlab taqib yurish ham juda katta zarardir.

Alkogolda 40 foiz spirt boʻlsa, etil spirtini oʻzida 70 foizgacha spirt boʻladi. Har ikkala vosita ham sogʻliq uchun xavfli. Koronavirusni oldini olish va davolashda ulardan umuman foydalanmaslik kerak.

P.s. Shuning uchun ba'zi akahonlarga aytib qolardim " Bu antivirus bizani asraydi" deb teskarisini qilib qo'ymang. Alkogol mahsulotlaridan saqlaning.

@Begimoff_blog
48 views13:35
Ochish/sharhlash
2020-08-07 16:06:11 Test olinadigan yoʻnalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistonda bu yilgi kirish imtihonlarida ayrim yoʻnalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinishi kutilmoqda. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Abduvali Holiqov maʼlumot berdi.
“Ijodiy imtihoni bor OTM yoʻnalishlari 2 turga boʻlinadi: ularning birinchisi test bilan birgalikda oʻtkaziladigan ijodiy imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalishlar boʻlsa, ikkinchisi faqat ijodiy imtihonlar olinadigan yoʻnalishlar hisoblanadi.

Test va ijodiy imtihonlar birga oʻtkaziladigan yoʻnalishlar, masalan, jurnalistika taʼlim yoʻnalishi kabilarda oʻsha OTMlar rektorlari xulosalari oʻrganilib, abituriyentni 2 marta ovora qilmaslik uchun ijodiy imtihon oʻrniga oʻtgan yili fanlar blokida mavjud boʻlgan fanlardan faqat test olish taklifi Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi berilgan”, dedi vazirlik boshqarma boshligʻi.

Qayd etilishicha, bu faqat joriy yil uchun istisno tariqasida taklif qilingan. Bu yoʻnalishda test topshiradigan abituriyentning savollar majmuasida begona fan boʻlmaydi. Oldingi yillarda imtihonda mavjud boʻlgan fanlardan imtihon olinadi.

Faqat kasbiy ijodiy imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalishlarda esa imtihonlar DTM tomonidan test sinovlari boshlangan paytda oliy taʼlim muassasalari binolarida yoki bazadagi tegishli binolarda oʻtkaziladi.

Manba: kun.uz
@Begimoff_blog
48 views13:06
Ochish/sharhlash
2020-08-06 18:10:25 Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq murakkab davrda soliq boshqarmasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari natijasida «Zarafshon Golden Group» MChJ jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. Vaholanki, korxona 110ta kam ta'minlangan oilani qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shgan.

Korxonada ishlab turgan 800 nafardan ortiq xodim oylik daromadlaridan mahrum bo‘ldi. Bu haqda prezident huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Kun.uz`ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, «Zarafshon Golden Group» MChJ tomonidan 2019 yil yanvar-dekabr oylari uchun taqdim etilgan qo‘shimcha soliq hisobotlarida Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tavofutlar aniqlanib, qo‘shimcha soliq hisoblangan holatda MChJ tomonidan soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish lozimligi so‘ralgan.

Mazkur holatda jamiyat tomonidan 2020 yil 12 may kuni soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritilib, aniqlashtirilgan soliq hisoboti dasturiy ta'minot orqali Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan. Biroq, mazkur aniqlashtirilgan hisobotlar noma'lum sabablarga ko‘ra qabul qilinmagan hamda «Zarafshon Golden Group» MChJ bank hisob raqamiga shu kunning o‘zida 4 211 473 028 so‘m miqdoridagi QQS undirish bo‘yicha inkasso to‘lov topshiriqnomasi qo‘yilgan.

«Zarafshon Golden Group» MChJ tomonidan taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha tushintirish berish yakunlanmasdan turib, jamiyat hisob raqamiga qo‘shimcha ravishda davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2 496 830 731 so‘m miqdorida hisoblangan QQS undirish bo‘yicha inkasso to‘lov topshiriqnomasi ham yuborilgan.

Vaholanki, Soliq kodeksining 121-moddasi 8-xatboshida belgilangan holatlarda aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha soliq va penya summalari kamaytirilganda soliq organlari majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga o‘tkazishga doir bajarilmagan (to‘liq yoki qisman) inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga ko‘ra, hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinishi belgilangan.

Bundan tashqari, soliq organi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan davlat organlarining tadbirkorlik sub'yektlari uchun qonun xujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlari man etilganiga oid talabga ham rioya qilmagani aniqlangan.

Tadbirkorning murojaatiga asosan, prezident xuzuridagi biznes-ombudsman devonining xodimlari tomonidan "Zarafshon Golden Group" MChJning bank hisob raqamiga qo‘yilgan 6 mlrdso‘mlik inkasso qaytarib olinishi ta'minlangan.

Bunaqa habarlar kupayib ketdi. To'g'risi nima deyishni ham bilmay qoldim. Mening fikrimcha yangi qon quyish kerak.

Manba: kun.uz
@Begimoff_blog
48 views15:10
Ochish/sharhlash