Get Mystery Box with random crypto!

Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

Telegram kanalining logotibi begimoff_blog — Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ B
Telegram kanalining logotibi begimoff_blog — Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ
Kanal manzili: @begimoff_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5
Kanalning ta’rifi

Ushbu blogda siyosat, falsafa, musiqa, tarix, kitobxonlik, IT, ijtimoiy munosabatlar bo'yicha shaxsiy fikrlarimni ulashib boraman.
🗨Fikr va murojaatlar uchun:
👨🏻‍💻 Telegram: @Begimoffblog_bot
👨🏻‍💻 Instagram: bilolbekbegimoff

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-18 21:17:29
Siz nimani tushundingiz?

@Begimoff_blog
36 views18:17
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:44:27 Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ pinned «‍ #ОНАМГА_20_МИНГ #Мардикор Ҳовлида озгина иш бор эди, вақт тополмай мардикор олиб келадиган бўлдим. Улар тўпланадиган жойга бориб машинани тўхтатгандим, 20-30 таси бирдан ёпирилди. Кунига саксон мингдан чиқаман, нима иш бўлсаям қилавераман, деди бир…»
12:44
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:42:42 Sardoba suv ombori qayta quriladi

Bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori qabul qilingan, deya qurilish vazirligi vakili Nasrullo Boboyev maʼlum qildi.

Boboyev obyektda tiklash ishlari 2 bosqichda amalga oshirilishi va qurilishni ilmiy oʻrganishga xorijlik mutaxassislar jalb qilinganini maʼlum qildi. Biroq qurilish muddatlari hali ochiqlanmadi.

P.s. Ishqilib bunisi mustahkam bo'lsinda

@Begimoff_blog
47 views12:42
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:39:44
Koronavirus infeksiyasidan qanday qilib oʼzingizni himoya qilishingiz lozim?

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va “Mening Yurtim” telekanali qoʼshma loyihasi.


#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники
@Begimoff_blog
42 viewsedited  12:39
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:31:00 Assalomu aleykum barcha obunachilarimga

Men yana kanalga o'z fikrlarimni yozib borishga qaror qildim. Orada to'xtalishlar bo'lgani uchun uzr so'raymiz

@Begimoff_blog
36 views12:31
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:23:38
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН
Жиззах шаҳри Наврўз маҳалласида жойлашган бинонинг хоналари Ўқув марказ, Маиший хизматлар ёки шунга ўхшаш мақсадларда ижарага берилади.

Хоналарда
Электр токи
Интернет
WiFi мавжуд

Мурожаат учун:
+998933073225
@SUPER_3225

Мўлжал: Жиззах шаҳри Фориш бекати ёнида.
31 viewsedited  12:23
Ochish/sharhlash
2020-12-03 14:14:51 ​​​​ 2021-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi

“2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2021-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to'liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:

- 2 sentyabr – payshanba;
- 3 sentyabr – juma.

Shuningdek, 2021-yil 2-yanvar – shanba, 20-mart – shanba, 22-mart – dushanba va 4-sentyabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.

Boshqa m'lumotlar - @normnewsuz
26 views11:14
Ochish/sharhlash
2020-12-03 09:39:17 ​​AQShda prezident afv etishi uchun pora olganlik ehtimoli yuzasidan tekshiruv boshlandi

The Guardian nashri tayanayotgan hujjatda Donald Tramp tilga olinmaydi, Amerika Adliya vazirligida aytishlaricha, AQSh mansabdorlaridan hech biri tekshiruv “obyekti yoki maqsadi” bo‘lmagan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sxema “prezident tomonidan afv etilish yoki hukmni kechiktirish evaziga berilgan katta siyosiy to‘lov”ni ko‘zda tutadi.

Tekshiruv haqidagi xabar Donald Tramp prezident lavozimidan ketguniga qadar bir necha kishini afv etish rejalari haqida e’lon qilingan bir paytda tarqalgan.

Tramp esa Twitter’da tekshiruv haqidagi yangilikni yolg‘on deb atadi.

Avvalroq Donald Tramp raqibi, Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden saylovchilar (saylov hay’ati a’zolari)ning ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritsa, Oq uyni tark etishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, u 2024-yilda davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden g‘olib bo‘lgan. Uning g‘alabasini 14-dekabr kuni saylovchilar hay’ati uzil-kesil tasdiqlashi kerak.

Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi. Uning huquqshunoslari qator shtatlarda saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqish haqida da’volar berdi, ammo ularning Baydenning foydasiga katta ko‘lamda firibgarliklar amalga oshirilgani haqidagi gaplari o‘z tasdig‘ini topmadi.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
18 views06:39
Ochish/sharhlash
2020-12-02 09:46:23
Kofe printer

Kofe, tort va shirinliklar ustida o'zingiz xohlagan suratni ko'rishni xohlaysizmi? Unda kofe printer oling. U sizga rasmlarni telefonda ham olib, WiFi orqali printerda bosib chiqarishingizga yordam beradi. U orqali yaxshi daromad olish mumkin.

Kichik joyda bunday printer xizmatini yo'lga qo'yishingiz mumkin. Har bir rasm uchun ma'lum narx belgilaysiz. Tortlarga ham rasm bosib chiqarasiz, ayniqsa to'y va tug'ilgan kun uchun. Bunday printerda buxanka nonga ham rasm bosish mumkin .

Qo'shimcha daromad sifatida tadbirkorlarga o'z bizneslari uchun ularning nomlarini, logotiplarini shirinliklarga bosib chiqarishingiz mumkin. Bu bayramlarda reklama sifatida asqotadi. Sizga esa networking foyda beradi .

Shahar markazidan bunday printer markazi ochilganini tez orada hamma eshitadi. Keyinchalik esa tort va shirinliklarga oldindan buyurtma olishingiz mumkin. Ularni o'zingiz tayyorlab, rasm bosib, yetkazib berasiz. AliExpress.com da printer $700-1500 atrofida .

@Yangibizneslar kanalidan
19 views06:46
Ochish/sharhlash
2020-12-02 09:40:08 ​​Venesuela prezidenti Nikolas Maduro iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi

Parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozongan taqdirda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro iste’foga chiqishga tayyor. Bu haqda davlat rahbari Karakasda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

“Agar muxolifat g‘olib bo‘lsa, men prezident lavozimidan ketaman”, — dedi Maduro davlat televideniyesi orqali uzatilgan nutqida.

Milliy assambleya — Venesuelaning bir palatali parlamentiga saylovlar 6-dekabrda bo‘lib o‘tadi. Ularda 107 ta partiya va siyosiy birlashma qatnashadi. Sobiq spiker va o‘zini mamlakat prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaydoning partiyasi saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Xuan Guaydo 2019-yil yanvarida o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan edi. O‘shanda Venesuelada og‘ir iqtisodiy sharoit fonida ommaviy namoyishlar boshlangan edi. Namoyishchilar va muxolifat hukumatni “Petrokaribe” neftini imtiyozli ravishda yetkazib berish bo‘yicha Venesuela dasturi orqali olingan kreditlarni suiiste’mol qilganlikda aybladi.

Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan diplomatik aloqalar buzilganini e’lon qilgach, AQSh Xuan Guaydoni “o‘tish davrining prezidenti” deya tan olgan. Guaydoni, shuningdek, Isroil, Buyuk Britaniya va Niderlandiya kabi davlatlar ham Venesuela prezidenti sifatida tan olgan. Rossiya esa Maduro hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz
13 views06:40
Ochish/sharhlash