Get Mystery Box with random crypto!

​​Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti bo‘yicha hududlardagi r | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

​​Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti bo‘yicha hududlardagi rahbarlarning malakasi yetishmasligini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-noyabr kuni hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.


Prezidentning aytishicha, 2020-yilning o‘tgan 10 oyi davomida Xalq qabulxonalariga jamoat transporti masalasida 3 mingdan ziyod murojaat tushgani viloyat, tuman va shahar hokimlarining mazkur sohaning ichiga kirmaganini bildiradi.

“Birorta shahar yoki tumanda transport sohasining sifatini yaxshilash bo‘yicha tajriba yo‘q, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Hech qaysi viloyat hokimi mana shu masala bo‘yicha o‘zining chora-tadbirlarini amalga oshirmagan, qo‘shimcha pul topib, qo‘shimcha avtobus olib, davlat-xususiy sherikchilik asosida biror narsa qilmagan. Qilgan bo‘lsa ham, nomiga qilgan. Har bir tuman bo‘yicha bizda tahlil bor. Bir oyda bir marta, bir chorakda bir marta bu masala tuman yoki shahar sessiyasida bu masalalar ko‘rilmagan. Birorta viloyat hokimining o‘rinbosari o‘zining sohasi bo‘yicha mukammal bilimga ega emasligi ko‘rindi”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev mutassaddilarga har bir tuman bo‘yicha jamoat trasnportini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va ularni xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlatish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, mazkur dasturlar ijrosi har chorakda tuman yoki shahar kengashlarida muhokama qilinishi kerak.

Prezidentning qayd etishicha, hozirgi zamonaviy logistikani, transport harakatlarini tushunadigan mutaxassislar yetishmaydi. Davlat rahbari avtobus haydovchilarini tayyorlivchi markaz tashkil qilish vazifasini qo‘ydi.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz