Get Mystery Box with random crypto!

Bakhtiy

Telegram kanalining logotibi bakhtiy — Bakhtiy B
Telegram kanalining logotibi bakhtiy — Bakhtiy
Kanal manzili: @bakhtiy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

hamma narsadan ma'no izlayvermayman. ba'zida buni unutib qo'yaman..

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-12-25 15:17:31 #challenge #lifestory #shaxsiyfikr

Katta odamning kichkinasi...

O'ylarim ko'p, shu bilan birga statistikalarni yig'ib yuraman. Bugun bir narsa haqida jiddiy o'yladim. Har doimgidek bema'nilik bo'lsayam!

Bugungi kun yoshlari juda erta katta bo'lib qolishyapti deb o'ylayapman. E'tibor berilsa, hali maktabni bitirmagan bolaning maqsadlari aniq: oila tashvishlari, shaxsiy masalalar va atrofda bo'layotgan hodisalarni o'z zimmasiga olishga harakat qilmoqda. Ko'rinishi va passportdagi yoshi kichik bo'lishiga qaramasdan, katta odamlardek fikrlari, gapirish ohangi, hatto o'zini tutishi ham u bilan "matematiklar nega tarixni yoqtirmasliklari sababi" haqida gaplashishga imkon bermaydi. Qiziqib qoldim.

Albatta bu atrof-muhit, yaqinlarning e'tibori, "hayotiy tajribalar" kabi omillarga bog'liq. Ammo, hali ko'p hududlarda yoshi 30 ni tagiga borib qolganlar "biz balki kichkinamiz" ashulasini jo'r bo'lib aytib yurishayotir. Shularga o'xshab yurgandan katta bo'lishga qiziqish, harakat qilish va bo'lish ham jo'yali ko'rinadi lekin.

Har narsaning o'z o'rnida bo'lgani yaxshi, muvozanat muzilmog'i yomon oqibatlarga olib kelishi tayin. Buni hayotiy tajribasi borlar yaxshi bilishadi

@bakhtiy
6 views12:17
Ochish/sharhlash
2022-12-20 00:09:18 #challenge #zavq #reaksiya

Bekorchilik bema'nilikka ilk qadam erur!

Hozir o'ylab qoldim: inson imkoniyati darajasidan ancha yuqori narsalarni xohlaydimi yoki istaganlari shunchaki sharoitni hisobga olmasdan qilingan o'y-hayolmi?

Qiziq! O'ylagan o'yimni o'ylab bo'lmasimdan, o'zim qiynalib qoldim: to'g'ri yozdimmi o'zi?

@bakhtiy
11 views21:09
Ochish/sharhlash
2022-12-19 00:07:13 #challenge #lifestory

ketish...

Men futbolga juda qiziqardim ilgari. Klubda o'ynashni ham eplagandim hatto, 2-ligada! Sherdor-2, Binokor klub yoshlari safida o'ynaganman o'z davrida. Mash'al, Nasaf yigitlariga qarshi to'p tepganman (faxrlanishga arzir deb yozyapmanda). Davom ettirolmadim!

Sherdorda uzoq vaqt qololmadim: texnikam yaxshi emas, jismonan ojiz edim. Rostda kun bo'yi 2 mahal ovqatlanib (ovqatlanib demaylik hot-dog ovqat sirasiga kirmaydiku), muhim o'yin oldi och qoringa, yozni chillasida, stadionda uyoqdan-buyoqqa yugurib yurish osonmas. Yana bu orzumanddan futbolchi chiqadi deb aytish uyoqda tursin o'ylash ham, yumshoq qilib aytganda axmoqlikdan beriroq bo'lardi.

Lekin men tezlik, o'yinni ko'ra olish, to'psiz harakatda ancha samaraliroq ekanimni trener hammaga aytgan ekan, lekin menga aytmagan.

Oxiri gaplashdim: umid bormi? Qancha vaqt kerak? Asosiy jamoaga o'tqizsangiz qolaman, yo'qsa ketaman dedim. Yoshing katta, bir yil vaqt sarflasang ham va'da berolmayman degandi. Xo'p dedim, ketdim!

@bakhtiy

Qarshiga sayohat keyingi postlarda...
13 views21:07
Ochish/sharhlash
2022-12-18 23:51:38
#challenge #lifestory #zavq

yozmasam bo'lmasdi!

U chempion. Men uchun Niderlandiya bilan o'yinini ko'rish bilan rasman boshlangandi chempionat. O'shanda ham ancha asbiylashgandim, xatoiyimni tushungandim. Bugun final o'tdi va xatoni qaytarmaslikka urindim. Bo'lmadi!

Rostan. Bugungi final eng zo'r final bo'ldi. Bir tomon uchun muxlislik qilmadim, to seriyagacha. Keyin asabiylik boshlandi yana, yana xato. Qo'llarim qaltirab ketdi уже o'yindan keyin. Ehtirosga to'la final!

O'zimizni bayroq haqida ham yozsammikan!?

@bakhtiy
10 views20:51
Ochish/sharhlash
2022-12-16 21:52:58
#challenge #lifestory #otkankunlar

Shu rasmni olganimgayam bir yildan oshib qopti. Bir yillik umr... Shu davr, shu bir yil hayotimda hech qanday rol o'ynamadi go'yo, eslashga arzirli hech narsa yo'q ekan, balki bir yilni umrimdan o'chirgandekman!

Alam qiladigani men keyingi yilni ham shu joylarda o'tkazishim kutilyapti. Barchasi rejadagidek ketsa, ketib qaytib kelmasligim mumkin.

Ammo Rusia hududiga kirishda bir yozlimagan haqiqat bor deyishadi: xush kelibsan, x*y ketasan! Men bu traditsiyani sindirishga uringanlardan biri bo'laman!

@bakhtiy
10 views18:52
Ochish/sharhlash
2022-12-15 21:19:45 #challenge #lifestory #sanat

Video va fotografiyaga qiziqishim kattaligidan uni turli uslublarda o'rganganman, lekin shunchaki hobby sifatida. Endi yaxshiroq qiziqyapman. #surishkerak heshtegi ostidagi taklifni men ham hurmat qilaman, ammo boshqa tomondan!

Menda yaxshi g'oyalar bo'ladi, lekin har doim uni amalga oshirishda juda katta qiyinchilik mavjud. Menda ssenariy yozish haqida hech qanday bilim uyog'da tursin, tushuncha ham yo'q. Buni to'g'irlash kerak deb hozir Google va YouTubeni bezorini chiqaryapman. Ingliz tilini o'zimga kerakli qisminigina tushunaman.

Yaxshi g'oyalar kelyapti, ularni yozib qo'yyapman. Bir ishni amalga oshirmoqchiman. Ko'ramiz o'xsharmikan?! Birinchi bo'lib shu kanalga joylayman.

@bakhtiy
11 views18:19
Ochish/sharhlash
2022-12-15 20:55:02 #challenge #lifestory #mypleyer

Musiqa pleyerimda...

Toshlarga so'yladim armonlarimni
Og'riqdan ingranib, toshlar gulladi.
Tog'larga so'yladim, alamlarimni
O'kirib-o'kirib, tog'lar yig'ladi.

Osmonga so'yladim yurak-dardimni
Osmon qulab, boshimga tushdi.
Odamga so'yladim hasratlarimni,
Tosh-yurak odamdan sado chiqmadi...

Haqiqiy dard, alam bilan kuylangan-ki, qiynalgan yoki musofir odamni yig'latadi hatto! Mahmud Namozov - Qishlog'im. YouTube tavsiyadan ko'p chiqadi, erinmay eshitib chiqaman. Xuddi-ki karaoke, o'z-o'zidan so'zlar miyada aylanadi.

Ulashdim:



@bakhtiy
10 views17:55
Ochish/sharhlash
2022-12-15 20:20:10
#challenge #zavq

subhidam yoki shafaq...

Agar bu rasmni TABIAT ko'rsa, telefonimni sindirib tashlasa kerak. Lekin bu suratni olish uchun 7 yarimda uyqudan turishimga to'g'ri keldi, kechirgaysizlar!

Niyat qildim: keyingi yil - iPhone va yaxshi geymer noutbuk olish. Salkam chorak asr yashab, istagimdagi sovg'ani qabul qilmagan ekanman, o'zimga o'zim sovg'a olay qaynatasini emsin!

@bakhtiy
9 views17:20
Ochish/sharhlash
2022-12-14 00:07:49
#challenge #zavq #bugun

Tunni shu o'yinga atadim!

Personal muxlisman. Bu o'yinni ko'rmasam bo'lmasdi. Vaqt qanday o'tgani sezilmadi. Ajoyib o'yin!

@bakhtiy

Men ham sobiq futbolchiman...
8 views21:07
Ochish/sharhlash
2022-12-12 20:32:31 #challenge #shaxsiyfikr #tajribadan

Ochlik yuksaltiradi...

Ochlik insonga psixologik, jismoniy va ma'naviy tomonlama foydali ekanligini o'z tajribamdan, kuzatishimdan bilaman.

Doimiy to'q (to'q deganda qorinniyam, kissaniyam tushunsa bo'ladi), turli xil ne'matlardan torinmasdan yeb yurgan odamning vaqt o'tib hayotga qiziqishi susayadi, qiziqarli barcha narsani sinab ko'radi: ekstremalizm, musiqa, ish, klublar, qizlar/yigitlar, do'stlar va hokazolar insonga o'zi haqida o'ylashga qo'ymaydi va natijada "manqurt" shaxsga aylanayotganini sezmaydi ham...

Vaqtinchalik ochlik - muammoning yechimi! Inson och vaqtida g'amgin tortib qoladi, har-xil eventlarni rad etadi (garchi qorin to'yg'izish imkoni bo'lsa ham), hech kimni gapi ko'ngilga sig'maydi... Birdan hayot haqida o'ylab qolasan. Nima qilyapsan? Nima qilmoqchisan? Дальше shunday ketadimi endi hayoting? O'zgartirish kiritish kerakmasmi? O'zi yashashdan ma'no bormi va hokazo.

Motivatorlar, psixologlar, ijtimoiy tarmoqlardagi "chaqiriqlar", hech biri uzoq muddatli motiv bermaydi ochlikdagidek. Faqat qorin to'yganda o'ylangan fikrlar o'zgartirilmasa bas.

@bakhtiy

O'ta introvertman, bema'ni narsalarni statistikalarini yig'aman, kuzatishlar olib boraman tadqiqot olib boradigandek, odamlarni eshitaman, taqqoslayman, o'rganaman xulosamni chiqaraman. Keyin shu kanalga joylayman. Hammasi o'z hayotimdan olinadi
11 views17:32
Ochish/sharhlash