Get Mystery Box with random crypto!

#challenge #shaxsiyfikr #tajribadan Ochlik yuksaltiradi... | Bakhtiy

#challenge #shaxsiyfikr #tajribadan

Ochlik yuksaltiradi...

Ochlik insonga psixologik, jismoniy va ma'naviy tomonlama foydali ekanligini o'z tajribamdan, kuzatishimdan bilaman.

Doimiy to'q (to'q deganda qorinniyam, kissaniyam tushunsa bo'ladi), turli xil ne'matlardan torinmasdan yeb yurgan odamning vaqt o'tib hayotga qiziqishi susayadi, qiziqarli barcha narsani sinab ko'radi: ekstremalizm, musiqa, ish, klublar, qizlar/yigitlar, do'stlar va hokazolar insonga o'zi haqida o'ylashga qo'ymaydi va natijada "manqurt" shaxsga aylanayotganini sezmaydi ham...

Vaqtinchalik ochlik - muammoning yechimi! Inson och vaqtida g'amgin tortib qoladi, har-xil eventlarni rad etadi (garchi qorin to'yg'izish imkoni bo'lsa ham), hech kimni gapi ko'ngilga sig'maydi... Birdan hayot haqida o'ylab qolasan. Nima qilyapsan? Nima qilmoqchisan? Дальше shunday ketadimi endi hayoting? O'zgartirish kiritish kerakmasmi? O'zi yashashdan ma'no bormi va hokazo.

Motivatorlar, psixologlar, ijtimoiy tarmoqlardagi "chaqiriqlar", hech biri uzoq muddatli motiv bermaydi ochlikdagidek. Faqat qorin to'yganda o'ylangan fikrlar o'zgartirilmasa bas.

@bakhtiy

O'ta introvertman, bema'ni narsalarni statistikalarini yig'aman, kuzatishlar olib boraman tadqiqot olib boradigandek, odamlarni eshitaman, taqqoslayman, o'rganaman xulosamni chiqaraman. Keyin shu kanalga joylayman. Hammasi o'z hayotimdan olinadi