Get Mystery Box with random crypto!

#challenge #lifestory #shaxsiyfikr Katta odamning kichkina | Bakhtiy

#challenge #lifestory #shaxsiyfikr

Katta odamning kichkinasi...

O'ylarim ko'p, shu bilan birga statistikalarni yig'ib yuraman. Bugun bir narsa haqida jiddiy o'yladim. Har doimgidek bema'nilik bo'lsayam!

Bugungi kun yoshlari juda erta katta bo'lib qolishyapti deb o'ylayapman. E'tibor berilsa, hali maktabni bitirmagan bolaning maqsadlari aniq: oila tashvishlari, shaxsiy masalalar va atrofda bo'layotgan hodisalarni o'z zimmasiga olishga harakat qilmoqda. Ko'rinishi va passportdagi yoshi kichik bo'lishiga qaramasdan, katta odamlardek fikrlari, gapirish ohangi, hatto o'zini tutishi ham u bilan "matematiklar nega tarixni yoqtirmasliklari sababi" haqida gaplashishga imkon bermaydi. Qiziqib qoldim.

Albatta bu atrof-muhit, yaqinlarning e'tibori, "hayotiy tajribalar" kabi omillarga bog'liq. Ammo, hali ko'p hududlarda yoshi 30 ni tagiga borib qolganlar "biz balki kichkinamiz" ashulasini jo'r bo'lib aytib yurishayotir. Shularga o'xshab yurgandan katta bo'lishga qiziqish, harakat qilish va bo'lish ham jo'yali ko'rinadi lekin.

Har narsaning o'z o'rnida bo'lgani yaxshi, muvozanat muzilmog'i yomon oqibatlarga olib kelishi tayin. Buni hayotiy tajribasi borlar yaxshi bilishadi

@bakhtiy