Get Mystery Box with random crypto!

#challenge #lifestory ketish... Men futbolga juda qiziqar | Bakhtiy

#challenge #lifestory

ketish...

Men futbolga juda qiziqardim ilgari. Klubda o'ynashni ham eplagandim hatto, 2-ligada! Sherdor-2, Binokor klub yoshlari safida o'ynaganman o'z davrida. Mash'al, Nasaf yigitlariga qarshi to'p tepganman (faxrlanishga arzir deb yozyapmanda). Davom ettirolmadim!

Sherdorda uzoq vaqt qololmadim: texnikam yaxshi emas, jismonan ojiz edim. Rostda kun bo'yi 2 mahal ovqatlanib (ovqatlanib demaylik hot-dog ovqat sirasiga kirmaydiku), muhim o'yin oldi och qoringa, yozni chillasida, stadionda uyoqdan-buyoqqa yugurib yurish osonmas. Yana bu orzumanddan futbolchi chiqadi deb aytish uyoqda tursin o'ylash ham, yumshoq qilib aytganda axmoqlikdan beriroq bo'lardi.

Lekin men tezlik, o'yinni ko'ra olish, to'psiz harakatda ancha samaraliroq ekanimni trener hammaga aytgan ekan, lekin menga aytmagan.

Oxiri gaplashdim: umid bormi? Qancha vaqt kerak? Asosiy jamoaga o'tqizsangiz qolaman, yo'qsa ketaman dedim. Yoshing katta, bir yil vaqt sarflasang ham va'da berolmayman degandi. Xo'p dedim, ketdim!

@bakhtiy

Qarshiga sayohat keyingi postlarda...