Get Mystery Box with random crypto!

Bakhtiy

Telegram kanalining logotibi bakhtiy — Bakhtiy B
Telegram kanalining logotibi bakhtiy — Bakhtiy
Kanal manzili: @bakhtiy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

hamma narsadan ma'no izlayvermayman. ba'zida buni unutib qo'yaman..

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-11 21:14:52
#challenge #lifestory #tajribadan

Videografiya va fotografiyaga yoshligimdan qiziqqanman. Hatto bu soha bo'yicha o'qidim ham. Lekin amaliyot bo'lmagan. Rusiaga kevorganman

Shaxsan o'zim olgan va tahrirlagan videolarimdan. Uyalmadim hech bo'lmasa bittasini joylashga...

@bakhtiy
10 views18:14
Ochish/sharhlash
2022-12-10 22:02:03 #challenge #lifestory

Odamlar qiziq-da!

36 mln. aholisi mavjud davlat ham, fuqarolar ham korrupsiyaga qarshi. Lekin "qonunan" u bordek, yo'q qilib bo'lmasdek. Hamma uning qanday yo'q qilinishi haqida so'raydi, izlanadi. Lekin o'zi pora beradi ishini yopish, tezroq bitirish uchun.

To'g'rida davlatdan olayotgan 3-4 mln so'm nimagaym yetardi, "халтура" qilinmasa, shundog'am muvozanatda bo'lmagan budjet oqsoqlanib qoladi. Oilani tebratish osonmas. "Kalamush-u, sichqonlar ombor yozdaham omborda qishlayotgan" bir mahalda, ko'pchilikni aybdorga chiqarishlik ham yaxshimas.

Xo'p ikki tomonni ham aybdor qildik, oqladik. Unda kim aybdor? Umuman aybdor mavjudmikan?

@bakhtiy
9 views19:02
Ochish/sharhlash
2022-12-10 21:40:08 #challenge #shaxsiyfikr

O'zgarish...

Hozirgi paytda yigitlardagi ba'zi yig'itlarga xos bo'lmagan "qiliqlar"i ko'payib qoldi. Ba'zilar ularni davraga qo'shishmaydi, hatto urib-tepib ko'rishadi. Boshqalar e'tibor ham bermaydi.

Fikrimcha bu hozirgi internet orqali. U internetga kiradi: follow qilganlarining aksari topmodel, aktrisa yoki qo'shiqchi. Ularni doimiy kuzatadi va tabiiy-ki, ayollarga qiziqishi sababidan ularni kuzatadi va bevosita ba'zi xislatlarini "o'zlashtiradi". Ayollar o'z kundalik hayotlarini yoritib borishdan uyalishmaydi odatda. Erkaklar har doim ham shaxsiy hayotlariga aralashishlarini yoqtirishmaydi, ovoza qilishmaydi.

Shu va'jdan ham, internetga kirib, asosan ayollarni kuzatadigan bollada estrogen ko'payib ketish ehtimoli albatta yuqori bo'ladi.

@bakhtiy

Men psixolog bo'lishim kerak edi shekilli. Statistika va tadqiqotlarni "buzib" qo'yarkanman
7 views18:40
Ochish/sharhlash
2022-12-10 21:15:39 #challenge #mutolaa #zavq

Yana mutolaa haqida...

Bookerlar suhbatlarini ko'p eshitaman, o'qiyman. Suhbat mavzusi Dostoevskyga kelganda ular o'zaro qarama-qarshilikka duch kelishadi. Nega? Ba'zilari uning asarlarini o'qishgan, ba'zilari o'qimagan. Ular nega qarshi chiqishayotganliklarini tushunishmayotgandek taassurot qoldiradi menda va o'qishga qiziqdim. Lekin til bilmayman. Majbur o'zbek tilida, o'zgartirilgan, moslashtirilgan, ba'zi paytlarda to'g'ri tarjima qilinmagan holda o'qishga rozi bo'ldim. Asaxiy Books yuklab oldim!

Hozirda "Kambag'allar", "Iblislar" nomli kitoblarini saqlab qo'yibman, hali sotib olganimcha yo'q. Ozgina kutyapman. Avval aytganimdek ba'zida shoshilmay qaror chiqaraman: vaqtim yetadimi?

@bakhtiy

Dostoevskyni o'qib bo'lib, Drayzerga o'tishni istamoqda bu ko'ngul! Drayzer ajoyib. Til muhim. Agar ingliz, fransuz, nemis, rus, xitoy yoki yapon tillarni bilganimda edi...
7 views18:15
Ochish/sharhlash
2022-12-09 21:38:36 #challenge #mutolaa

Murakkab hayotda, oddiy tavsiya

Jek London "Hayotga muxabbat" asari ajoyib. Bu ma'no izlaganlar uchun ham, shunchaki o'qib ketuvchilar uchun ham maza-ta'm bera oladigan kam sonli asarlardan. Keyingi bekat bor yoki yo'qligini bilmasdan yo'lga chiqish shaxsan men uchun anchayin murakkab, tavakkalchi emasman.

O'z hayoti haqida deyarli o'ylamaydigan (balki o'ylar, muallif bunga juda urg'u bermagan, buni zarur deb hisoblamagandir) insonning umid barq urib turgan ko'zlarini ko'rish, "uning o'rnida bo'lib qolsam, qanday yo'l tutardim?" kabi savolga javob olish, ekstremalizmga qiziquvchilar esa sokin ekstremalizmni his etishlari uchun shunchaki kitobni o'qishlari kifoya.

Kamina-i kamtarin bu kitobni o'qib, suisiddan voz kechgan shaxslardan. Hayotga chinakam muxabbat uyg'ota oladigan intrigaga boy asar. Ertangi kun ajoyiboti, u berishi mumkin bo'lgan ne'matlar va hissiyotlarni tuyushni xohlab qoladi bu ko'ngul!

@bakhtiy

Kitobni bir o'tirishda o'qib tugatish, undan olinishi kerak bo'lgan ma'noni to'la o'ylash, anglash va foydalanishga makslimal darajada yordam berishini aytib qo'yay dedimda
6 views18:38
Ochish/sharhlash
2022-12-07 08:38:02 #challenge #zavq

Bugun uchun...

1. Range Rover Autobiography hatto burilishiyam mag'rurona. Dream Car!

2. Qizlardagi soch turmagi bevosita ta'sir qiladi.

3. BlackPink qizlari top. Haqiqatda revolutsiya qilishgan.

4. Qor uchqunlayapti, izg'irin tinmayapti...

Yana edit/изменить qilib to'ldiraman!

@bakhtiy
9 viewsedited  05:38
Ochish/sharhlash
2022-12-06 18:42:39 #challenge #nostalgia #zavq

Willy Wonka, Willy Wonka...
The Amazing Chocolatier.
Willy Wonka, Willy Wonka...
Everybody give a cheer!

"Charli va shokolad fabrikasi" kinosi hayolimdan ketmadi ertalabdan beri. Chipta yutib olgan bolalar fabrika darvozasidan kirishi bilan, tarkibi shokolad bo'lgan qo'g'irchoqlar raqsiga sabab bo'luvchi musiqa! Xotiradan ko'ra nostalgiani beradi har doim menga.

Niyat qildim: yaqin kunlarda qor yog'ib qolsa (ko'z ostimga olib qo'yganman zo'r shokoladlarni, yoz bekor ketmadi, hammasidan yeb tanladim oxiri yaxshisidan), shokolad, yana ba'zi narsalar ob kelib, shu kinoni "yonboshlavoliiib" ko'rib chiqaman.

@bakhtiy

Grinch multiginiyam skachat qilib qo'yishim kerak, случайно vaziyatlar uchun. Ha men multik ko'rib turaman hamon. Bundan voz kechish niyatim yo'q. Odam o'zini dam oldirib turishiyam kerak!
10 views15:42
Ochish/sharhlash
2022-12-05 12:00:16
#challenge #bugun

Rostovskaya oblast, Rostov-na-Donu

Bugungi atmosfera nafaqat odamning harakatlanishini sekinlashtirishga, hatto sovuq havo iqlimini miya bilan his etish "imkoni"ni taqdim etmoqda. Ob-havodan noroziligimni bildirmoqchi emasman, shunchaki juda sovuq. Shunisi borki sog'likni asrash kerak

@bakhtiy
11 views09:00
Ochish/sharhlash
2022-12-04 23:09:08 #challenge #shaxsiyfikr

Avlodlar almashmoqda! Bu juda sekin ro'y beryapti, lekin to'xtagani yo'q!

Yillar avval o'smirlar faktlarga qiziqib, tinmay ularni yig'ib, yodlab yurishgan. Bundan ma'ni bitta edi - dunyoqarashning kengligi! O'z davrida bunga haqiqatda ishonilgan, ya'ni qancha ko'p fakt bilsang, shunchalik dunyoqarashing keng bo'ladi, odamlarni tushuna olasan. Vaqt o'tmoqda, ammo hamon "katta" bo'lishni xohlamaydiganlar bor...

Bugungi kun o'smirlari ko'proq hissiyotga e'tibor berishyapti. Albatta o'z vaqtida, hatto fikrlashni ham "xohlamagan" avlod vakillarimiz borligini hisobga olsak, bu normal va yaxshi ham. Hissiy fikrlash! Jamiyatni bir necha ustuni bor deb hisoblasak, uning bir qismi aynan hissiy fikrlovchilar hissasiga to'g'ri keladi. Vaqti kelib odamlar o'zlarini to'laqonli boshqarishni o'rganganlarida, balki hozirda rivojlangan davlatlarda mavjud bo'lgan "baxtli hayot kechirish" tushunchasi ham eskirib, yangicha hayot tarzini xohlab qolarmiz...

@bakhtiy

Men hech qanday motivatsion gap yozishni xohlamdim. Shunchaki avlodlar almashyapti, xohishlar ham, talablar ham! Shuni nazarda tutyapman. Vatanparvarlik men uchun emas!
9 views20:09
Ochish/sharhlash
2022-12-04 21:31:13
#challange #zavq

Anime bot orqali tahrirlangan suratlar trendga chiqmoqda. Anime ko'rmayman, lekin grafikasi odamni qiziqtiradi.

Ba'zi rasmlar tufayli shubhaga borish shartmas, kipriklarim o'zi shunaqa!

@bakhtiy
6 views18:31
Ochish/sharhlash