Get Mystery Box with random crypto!

#challenge #lifestory #sanat Video va fotografiyaga qiziqi | Bakhtiy

#challenge #lifestory #sanat

Video va fotografiyaga qiziqishim kattaligidan uni turli uslublarda o'rganganman, lekin shunchaki hobby sifatida. Endi yaxshiroq qiziqyapman. #surishkerak heshtegi ostidagi taklifni men ham hurmat qilaman, ammo boshqa tomondan!

Menda yaxshi g'oyalar bo'ladi, lekin har doim uni amalga oshirishda juda katta qiyinchilik mavjud. Menda ssenariy yozish haqida hech qanday bilim uyog'da tursin, tushuncha ham yo'q. Buni to'g'irlash kerak deb hozir Google va YouTubeni bezorini chiqaryapman. Ingliz tilini o'zimga kerakli qisminigina tushunaman.

Yaxshi g'oyalar kelyapti, ularni yozib qo'yyapman. Bir ishni amalga oshirmoqchiman. Ko'ramiz o'xsharmikan?! Birinchi bo'lib shu kanalga joylayman.

@bakhtiy