Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.56K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 43

2023-04-14 18:48:38
#хушхабар

Эртага сиз учун муҳим кунлигини биласизми?

Агарда сиз барча учун севимли устоз бўлишни истасаниз, Креатив Педагог каналида айнан сиз учун кутилмаган янгилик бўлади!

Шовқинли синфга «шовқинни чеклаш» методини қўллашни;
Синф раҳбарлари учун бутун синфни тўлиқ назоратга олишнинг креатив усулларини;
Ўқувчиларда «унутиб қолдириш», «ёддан кўтарилиб қолдириш» одатларини бартараф этишни ўрганасиз.

Ушбу мастеркласс эртага 20:00 да мутлақо бепул тарзда бўлади. Лекин жойлар сони чекланган. Креатив ўқитувчи бўлиш учун илк қадамни ташланг.

«Креатив Педагог» оиласининг янги аъзосига айланиш учун ҳозироқ каналга обуна бўлинг https://t.me/+mhcqooIjQhwyMTFi

Каналга қўшилиш @Kreativ_pedagog
4.8K viewsedited  15:48
Ochish/sharhlash
2023-04-14 09:28:46 USTAMA, MUKOFOT, MODDIY YORDAM BERISH BO'YICHA 823-SONLI NIZOM

Barcha o'zgarish va qo'shimchalari bilan to'liq holda

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
8.5K views06:28
Ochish/sharhlash
2023-04-12 11:03:25 Barcha bilishi zarur bo‘lgan telefon raqamlari ro‘yxati

1101 – FVV (ishonch telefoni)
1102 – IIB (ishonch telefoni)
102 – Navbatchilik qismi
103 – Tez tibbiy yordam xizmati
1104 – Gaz xizmati
1050 – FVV (qutqaruv xizmati)
55 503-21-20 – O‘zgidromet ishonch telefoni
1001 – Ob-havoni bilish uchun aloqa xizmati.
1004 – Aniq vaqtni bilish uchun aloqa xizmati.
1054 – Suvsoz DUK avariya xizmati.
1069/(78)140-19-19 – dorixona va dori-darmonlarni topish uchun aloqa xizmati.
1009 – O‘zbektelekom, barcha tashkilotlar manzili, telefon raqami, tomoshalar namoyishi, ko‘rgazmalar ish jadvali, xalqaro va shaharlararo telefon kodlari, shaharlar indekslari va boshqa maʼlumotlarni taqdim etuvchi aloqa xizmati.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
6.8K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:51:58 Bu yil o‘qituvchilarga 56 kundan iborat otpuska berilishi kutilmoqda

Mehnat huquqi telegram kanali yangi qabul qilinayotgan mehnat kodeksiga tayanib, Bu yil pedagog xodimlarga mehnat taʼtili 48 ish kuni emas balki, 56 kalendar kun berilishi mumkinligi, - haqida yozmoqda.

Bu amaliyot joriy etilishi uchun yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirishi (30-apreldan kuchga kirishi eʼlon qilingan) hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati eʼlon qilinishi kerak.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
17.8K views10:51
Ochish/sharhlash
2023-04-11 07:28:41 Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Test sinovi natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay e’lon qilinadi.

Bunda, eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plagan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) hamda 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga eng yuqori ball beriladi.

Ya’ni sertifikat qaysi fandan olingan bo‘lsa, shu fanning fanlar majmuasidagi o‘rniga qarab mos ravishda maksimal ballning ma’lum foizi beriladi.

Masalan, matematika fanidan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 60 foiz, matematika fanining fanlar majmuasidagi o‘rni birinchi (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball, 30 ta test topshirig‘iga maksimal 96 ball) bo‘lsa, uning 60 foizi 57,6 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*60/100=57,6). Agar abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 80 foiz bo‘lsa, 76,8 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*80/100=76,8).

Sertifikat test sinovidan ijobiy (60 va undan yuqori foiz) natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
9.8K views04:28
Ochish/sharhlash
2023-04-08 15:07:17 Bolaning yozuviga qarab, uning ayrim xususiyatlarini aniqlash

Yozuvning qiyaligi
– oʻngga yotgan : yangi doʻstlar orttirishni va suhbatlarni yoqtiradi;
– toʻgʻri yozuv: odatda emotsiyalarini yashirib yuradi;
– chapga yotgan: yolgʻiz ishlashni yoqtiradi.

Hajmi
– katta: ochiq shaxsiyat egasi;
– oʻrta: moslashuvchan va vazmin;
– kichik: diqqatni oson jamlay oladi.

Soʻzlar orasida boʻsh joy qoldirishga qarab
– katta joy tashlab yozish: erkinlikni sevadi, gavjum joylarni xush koʻrmaydi;
– bir-biriga yaqin yozish: yolgʻizlikni yomon koʻradi.

Bosim
– bosib yozish: masʼuliyatli, ammo qaysar;
– yengil yozish: sezgir, biroq gʻayrat yetishmaydi.

Aniqlik
– tushunarsiz yozuv: sirli shaxs va tez fikrlovchi.
– aniq yozuv: oʻziga ishongan va tinch

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
8.4K viewsedited  12:07
Ochish/sharhlash
2023-04-08 03:02:53 Boshqa fanlar boʻyicha ham milliy sertifikatlashni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan

Maʼlumki, hozirgi paytgacha Hukumat qarori(646-son, 12.10.2020)ga asosan matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix hamda ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlari boʻyicha milliy sertifikatlar joriy etilgan. Milliy sertifikatlar joriy etilmagan boshqa umumtaʼlim fanlari boʻyicha ham sertifikatlashni joriy etishga doir hozirda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
9.6K views00:02
Ochish/sharhlash
2023-04-06 18:02:45 Agar o‘quvchi maktabda telefon ishlatsa qanday chora ko‘riladi?

Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo’yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (ovozsiz holatga o‘tkazishi) shart.

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin o‘quvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).

O‘quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o‘rnatilgan tarzda olib qo‘yiladi, holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasi ogohlantiriladi.

Holat boyicha inspektor-psixolog tomonidan o‘quvchining
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borgandan so‘ng telefon (mobil aloqa vositalari) o‘quvchining ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.

Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.

Asos XTVning 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli buyrug‘i

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
20.5K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-06 17:01:51 Prezident maktabi kirish imtihonlarida qanday savollar berilad!?

Prezident maktabi imtihonlari namunasidagi tanqidiy fikrlash, muammoli masalalar va INGLIZ tili testlari berib boriluvchi @PMTESTS va @PMTESTS_ENGLISH kanallari YOSH iqtidorlarni o'zida jamlab olimpiadalar o'tkazib kelmoqda!

Kanalimiz obunachilari hozirgacha:
60dan ortiq olimpiada testlari
bilan bilimlarini oshirib yechimlarini ) o'zlashtirib bo'ldi.

SIZCHI? Siz ham prezident maktabi imtihon savollaridan xabardormisiz?!

Ramazon oyi munosabati bilan o'tkazilayotgan ingliz tilidan olimpiadamizda ishtirok eting.

Prezident maktabiga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun INGLIZ tilidan Yutuqli Olimpiada 8-aprel kuni o'tkaziladi.

Unda ishtirok etib, dastlabki yuztalikka kirgan 10 ta o'quvchi maxsus dasturning tasodifiy tanlovi bilan 50 000 so'mdan pul mukofotiga ega bo'ladi.

Yutuq fondi:

61-online matematika testi BUGUN 6-aprel soat 20:00da @pmtests Kanalimizda ochiq tarzda o'tkaziladi.

SIZning bilimingizni oshirib beruvchi, sifatli auditoriyaga ega quyidagi kanallarga obuna bo'ling.

1-kanal. Prezident maktabi testlari Asosiy kanal.
2-kanal. 1-11-sinflar uchun MATEMATIKA testlar.
3-kanal. Prezident maktabi ingliz tili testlari.
10.9K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-05 12:46:02 Milliy sertifikat uchun Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Shu sababli 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari 14-may kuniga ko‘chirildi.

Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
17.0K views09:46
Ochish/sharhlash