Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.58K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 41

2023-05-13 06:29:30 Agarda o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida ishlagan bo‘lsa, bu o‘qituvchiga ishlagan davri uchun taʼtil puli (otpusknoy) hisoblanmaydi

Taʼtildan foydalanish davri boshlanishi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlangan kundan boshlab, oxiri esa, qonunchilik hujjatlariga va ichki lokal hujjatlarga muvofiq mehnat taʼtili muddatini aniqlash uchun ish stajiga kiritiladigan o‘n ikki oylik davrning oxirgi kalendar sanasi bo‘yicha belgilanadigan ish yilidan kelib chiqib aniqlanadi.

Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq xodimga beriladigan yillik mehnat taʼtilining muddati 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Bunda qonunchilik hujjatlarida yoxud jamoa va/yoki mehnat shartnomalarida yillik asosiy mehnat taʼtilining muddati belgilanishi mumkin.

Agarda o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida ishlagan bo‘lsa, bu o‘qituvchiga ishlagan davri uchun taʼtil puli (otpusknoy) hisoblanmaydi. soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilganligi tufayli o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga taʼtil puli to‘lanmaydi.

Endi, o‘qituvchi qanday qilib o‘zining otpusknoy pulini hisoblab ko‘rishi mumkin? Bu vaziyatda siz @Oylik_hisobchibot ga kirib, Mehnat taʼtili bo‘limini tanlaysiz va hisoblab ko‘rasiz.

Otpusknoyingizni hisoblab ko‘rishi uchun bosing @Oylik_hisobchibot

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
30.4K views03:29
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:08:02 USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak:

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
31.2K views06:08
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:01:04
Neftegaz sohasida BYUDJET asosida o’qish!
Ufa (Rossiya)

Yo’nalishlar:
— Neftegaz
— Konchilik
— Amaliy Geologiya
— IT
— Tilla kon qazilmalar
— Metallurgiya

4 yil BEPUL Ta’lim!
O'zbekistonga o'qishni ko'chirish imkoniyati
O'zbekistonga Diplom o'tadi!
Xaftasiga 20 soat Ishlash Imkoniyati

QOLGAN JOYLAR SONI: 22 TA!

TOSHKENT:
940031001 | 334961001
NAMANGAN:
999861001 | 999841001
BUXORO:
996141001

Onlayn Murojaat

Telegram | Instagram | Telegram
18.7K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-05-12 07:09:06 Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

2023-yil 14-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
20.4K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-05-07 16:07:02 PEDAGOG XODIMLAR USTAMA OLISHLARI UCHUN NIMA ISHLAR QILISHI KERAK VA QANDAY HUJJATLAR TAQDIM ETILADI?

Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699 sonli xatiga asosan ustama olishga davogar pedagog xodimlardan taqdim etiladigan (asoslovchi) HUJJATLAR RO’YXATI ANIQ belgilab qo’yildi va ortiqcha qog’ozbozlikni oldi olindi.

Yuqorida baholash mezonlari va taqdim etiladigan (asoslovchi) hujjatlar ro‘yxati keltirilgan. Ishchi guruh tomonidan ushbu hujjatlardan boshqa hujjatlarni so‘rash QAT’IYAN MAN QILINADI.

Ishchi guruh chiqargan qarorga hududiy boshqarma, tuman shahar bo‘limlarining aralashuvlari taqiqlanadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
36.5K views13:07
Ochish/sharhlash
2023-05-07 14:18:13 Diqqat Diqqat Diqqat
aziz ingliz tili ustozlari 50% ustamani qo'lga kiritmoqchimisiz ? Yoki rahbaringiz sizdan sertifikat talab qilayaptimi? Lekin sizda listening, reading ,speaking,writing da muammo bormi?
Buning yo'li juda oson :siz faqat test ishlash yo'li bilalan ya‘ni hech qanday  skillarsiz 50%ustamani qo'lga kiritishingiz mumkin.
Qanday qilib deysizmi ? TKT testlarini topshirish orqali 50% USTAMA ga imtiyoz beruvchi sertifikatni qo'lga kiriting .

PS. TKT USTAMASIni olish MUDDATI 3 yil

Ushbu sertifikatni qo'lga kiritish uchun yangi online kurslarimizda ishtirok eting.
Ushbu kurs 7-maydan boshlanadi.
Kurs narxi oyiga
1-modul 200 000
2va3 -modullar uchun 200 000 bo'lib kurs boshida bir marta to'lov qilinadi
PS. 7-maygacha to‘lov qilganlarga chegirmalar bor:
150 000
Kurslarimizda qatnashib TKT sertifikatlarni qo'lga kiriting va 50% oylik ustama va toifa attestatsiyasi da 80 ballni qo'lga kiriting

Murojaat uchun
  @Teacher87AAA

Demo dars linki
https://t.me/attenglish
25.6K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-05-06 19:30:34 2024-yil quyidagi pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
25.7K views16:30
Ochish/sharhlash
2023-05-06 17:30:29
Педагог ходимлар учун жуда керакли бўлган @FoydaliUniversal_bot'ни тавсия этамиз

Ўқитувчилар онлайн таълим вақтида компьютер ва турли хил дастурлар билан ишлашни ўрганиш долзарб масала эканлигини англаб етдилар. Айниқса видеодарслар орқали ўқувчиларни дарсга қизиқтириш замон талаби эканлигини тушуниб етдилар.

Шу сабабли барча ўқитувчиларни @FoydaliUniversal_bot'га уланиб олишларини тавсия қиламиз. Ушбу бот орқали ўзингизни турли хил дастурлар билан ишлай олиш кўникмаларингизни ривожлантириб боринг.

@FoydaliUniversal_bot
22.0K views14:30
Ochish/sharhlash
2023-05-06 09:36:25 Endi OTMga kamida besh yil pedagogik stajiga ega o’qituvchilar qabul qilinadi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
19.6K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-05-06 08:18:50
#Pedagoglarga_yordam

Bo‘sh ish o‘rinlarini o‘zida jamlagan platforma yaratildi!

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ochiq maʼlumotlari asosida respublika miqyosida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali respublika miqyosida turli sohalar bo‘yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumotlar olishingiz mumkin.

Bundan tashqari ushbu platforma (@edu_vakant_bot) orqali pedagoglar ham o‘zlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari topishlari mumkin.

PLATFORMA MANZILI:

@EDU_VAKANT_BOT

Barcha pedagoglarga ulashing!

Attestatsiyaga oid ma‘lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
15.2K views05:18
Ochish/sharhlash