Get Mystery Box with random crypto!

Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yx | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirilgan, bu nimani anglatadi?

Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) ga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagoglar hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi.

Endi ushbu pedagoglarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qolinib, ularga taʼlim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandiga ko‘ra, ular faqat oʻz xohishlariga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishlari mumkin.

Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring