Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.58K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 37

2023-08-21 10:42:26 O‘qituvchilar uchun malaka (test) sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha repetitsion testlar

Pedagog kadrlar malaka sinovlari boshlanishiga 6 oy vaqt qolmoqda.

Shu munosabat bilan qaysi toifaga mos kelishingizni 40 talik test yechish orqali aniqlab olish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagi fanlardan o‘z faningiz ustiga bosasiz:

Boshlang‘ich ta'lim
Biologiya fani
Rus tili
Fizika fani
Tarix fani
Kimyo fani
Ona tili va adabiyot
Ingliz tili
Matematika fani


O‘z faningiz ustiga bosib 40 talik attestatsiya repetitsion testini ishlab ko‘rishingiz mumkin.

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.0K views07:42
Ochish/sharhlash
2023-08-18 19:14:02 Dars soatlari taqsimoti

«Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandiga ko‘ra o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6.0 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin. Ta’lim nazorati

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
19.0K views16:14
Ochish/sharhlash
2023-08-18 08:10:47 Maktablarda Ta'lim jarayoni rejimiga qo'yiladigan gigienik talablar

10.1. Sinflarning bandligi, kompensatsiya ta'limi sinflari bundan mustasno, 25 kishidan oshmasligi kerak.

10.2. 6 yoshgacha 6 oygacha bo'lgan bolalarni o'quv yilining boshiga qadar o'qitish maktabgacha ta'lim muassasasida yoki umumiy ta'lim maktabida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'quv jarayonini tashkil etish shartlari va sharoitlariga qo'yiladigan barcha gigiena talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.

10.3. Yillik taqvimiy o'quv dasturida talabalarning ortiqcha ishlashiga yo'l qo'ymaslik uchun o'quv vaqti va ta'til davrlarini teng taqsimlashni ta'minlash tavsiya etiladi.

10.4. O'quv mashg'ulotlari soat 8:00 dan oldin boshlanishi kerak. Nolinchi darslarga yo'l qo'yilmaydi.
Shaxsiy fanlarni chuqur o'rganadigan umumiy ta'lim maktabida o'qitish faqat birinchi smenada amalga oshiriladi.
Ikki smenada ishlaydigan umumiy ta'lim maktabida 1, 5 va yakuniy - 9 sinflarni o'qitish va birinchi smenada kompensatsion ta'lim sinflari tashkil etilishi kerak.
Umumta'lim maktabida uch smenada o'qishga ruxsat berilmaydi.

10.5. Talabalar tomonidan umumta'lim maktabi o'quv dasturini ishlab chiqish uchun ajratilgan soatlarning soni majburiy qism va o'quv jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan iborat bo'lib, u umuman haftalik o'quv yuki qiymatidan oshmasligi kerak.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
14.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-07-06 19:32:02 #qiziqarli

O‘qituvchilar attestatsiyasi xorijda qanday?

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan xorijiy davlatlardagi o‘qituvchilar faoliyatini baholash bilan bog‘liq tartiblar o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan:

Janubiy Koreya

O‘qituvchilar faoliyatini baholash O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini baholash tizimi asosida olib boriladi.

Ushbu tartib joriy etilgunga qadar o‘qituvchilar faoliyati faqat direktor tomonidan baholab kelingan bo‘lsa, yangi tizimga ko‘ra kamida uchta o‘qituvchi, maktab direktori va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari baholash jarayonida ishtirok etishadi.

Baholovchilar o‘qituvchiga turli kompetensiyalar bo‘yicha 5 balli likert shkalasida ball qo‘yadi, bunda 1 ball eng past ball, 5 ball esa eng yuqori ball hisoblanadi.

Baholashda past ball olgan pedagoglar O‘qituvchilar malakasini oshirish muassasalarida 60 soatdan 210 soatgacha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak. Agarda ular keyingi yili o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilay olmasalar, olti oyga dars mashg‘ulotlaridan chetlashtiriladi va Taʼlim, fan va texnologiyalar milliy institutida 730 soatlik kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi .

AQSH

O‘qituvchilar faoliyatini baholash tartiblari shtatlar tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. 31 ta shtatda o‘quvchilarning o‘qituvchi faoliyatiga bildirgan fikrlaridan asosiy baholash ko‘rsatkichlaridan biri sifatida foydalaniladi.

Ilg‘or tajribani inobatga olgan holda, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va kasbiy salohiyatini baholash jarayonlariga o‘quvchilar va ota-onalarni ham jalb etish, bunda kundalik.com ning texnik imkoniyatlaridan foydalanish taklif etiladi. Bahodir Ahmedov

Hamkasblaringizga ulashing

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
5.6K views16:32
Ochish/sharhlash
2023-07-06 18:31:35 Mazkur o‘quv yilida kreativ metodlaringiz bo‘lishi kerak, buning uchun nimalar qilish lozim?

Xabaringiz bor, o‘qituvchilarga toifa berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi.

Bu shuni anglatadiki, endilikda o‘qituvchilar pedagogik mahoratini yaxshilashi kerak. Buning uchun zamonaviy metodlarni o‘rganish zarur. Aynan hozir tatilda vaqtingiz bor.

Shu vaziyatda sizga, "Kreativ pedagog" intensiv kursi orqali naqd 70 ta metod ni o‘rganishni tavsiya etamiz!

• Kreativ metodlarni o‘z faningizga moslab o‘rganasiz;
• Kurs videodarslarini onlayn tarzda kunning istalgan vaqtida ko‘rishingiz mumkin;
• Eng muhimi, Kursni yuqori natijada o‘rganishingiz kafolatlangan.

Kurs yakunida kreativ pedagog kitobchasi va qo‘shimcha 2 ta bonus sovg‘a beriladi

Buning uchun hoziroq @Krepeduz_admin profiliga "70 ta kreativ metodni o‘rganmoqchiman" deb yozing.

Kanalimiz @Kreativ_pedagog
6.4K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-07-06 14:41:26 O‘qituvchilar uchun malaka (test) sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha repetitsion testlar

Pedagog kadrlar malaka sinovlari boshlanishiga 6 oy vaqt qolmoqda.

Shu munosabat bilan qaysi toifaga mos kelishingizni 40 talik test yechish orqali aniqlab olish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagi fanlardan o‘z faningiz ustiga bosasiz:

Boshlang‘ich ta'lim
Biologiya fani
Rus tili
Fizika fani
Tarix fani
Kimyo fani
Ona tili va adabiyot
Ingliz tili
Matematika fani


O‘z faningiz ustiga bosib 40 talik attestatsiya repetitsion testini ishlab ko‘rishingiz mumkin.

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
8.6K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-07-06 13:02:12
Siz matematikani oʻrganishga qiynalasizmi? Fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlarni-chi?


Aslida, ularni oʻzlashtirish siz oʻylaganchalik murakkab emas. 

“Asaxiy Books” matematika va boshqa tabiiy fanlarni qanday qilib oson oʻzlashtirish haqida AQSHlik professor Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi” kitobini oʻzbek tilida chop etdi. 

Unutmang, sizning kelajagingiz bugun olayotgan taʼlimingizga va uning sifatiga bogʻliq. Kitobni oʻqib, oʻzingizning yangi aqliy imkoniyatlaringizni oching. 

Ushbu kitob Xalq banki homiyligida tarjima qilingan bo'lib, ularning soha rivojiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Kitob narxi: 45 000 Soʻm 
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/6494308e86a84

Buyurtmalar butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beriladi.
8.8K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-07-06 12:02:26
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda

Universitetimiz talaba bo'lish istagidagi yoshlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.

Ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
Shuningdek ta'limning kunduzgi, kechki va sirtqi shakllari mavjud.
Talabalar xorijiy va mahalliy universitetlardan o'qishni ko'chirishlari mumkin.

Arizalarni qabul.oxu.uz rasmiy sayti orqali qoldirishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998 55 305 0009

@oxu_admin

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.6K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-07-05 17:06:24 Ustama olish uchun nimalar qilish lozim?

Quyida ustamaga o‘tuvchi fan olimpiadalari, tadbirlar va sinfdan tashqari ishlar ro‘yxati keltirilgan.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
14.6K views14:06
Ochish/sharhlash
2023-07-05 15:54:35
Vazirlik tavsiya qiladi!

Xalqaro Nordik universiteti 3-5 yil ish stajiga va ish beruvchi tomonidan tavsiyanomaga ega bo'lganlar uchun maxsus imkoniyatli ta'lim shaklini taklif qiladi:

3 yil staj bilan:
1. Maktabgacha ta'lim
- 11mln so'm 3 yil
2. Psixologiya
- 14 mln so'm 4 yil
3. Iqtisodiyot
- 14 mln so'm 4 yil
4. Moliya
- 14 mln so'm 4 yil

5 yil staj bilan:
1. Boshlangʼich taʼlim - 11mln
so'm 4 yil
2. Musiqa taʼlimi - 14 mln
so'm 4 yil

3 yil stajga ega bo'lmaganlar uchun ham sirtqi va kunduzgi qabul mavjud.

11 ta
bakalavriat yo‘nalishi;
6 ta magistratura mutaxassisligi
4ta Phd ilmiy darajasi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

Ariza topshirish: https://bit.ly/43Df2A5

  Qo‘shimcha ma'lumot olish:

     +99855 508 44 00| @nordikedu

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 8/2

Telegram kanal: https://t.me/nordic_edu
14.6K views12:54
Ochish/sharhlash