Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.58K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 36

2023-08-29 18:11:52 Ustama tayinlashda pedagogning malaka oshrish kursidan o‘z vaqtida o‘tganligi inobatga olinadi

Ushbu band uchun maksimal 10 ball beriladi. Agar pedagog malaka oshirish kurslari yakuniga ko‘ra yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan va tegishli sertifikatga ega bo‘lmasa 2 ball beriladi. O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lsa 10 ball beriladi.

Ushbu band uchun pedagogdan malaka oshirganligi haqidagi sertifikat talab etiladi va ustama fayliga uning nusxasini solib qo‘yish tavsiya etiladi.

Diqqat! Agar o‘qituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida baholanadi, oliy ta’lim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
16.8K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-08-29 17:31:15
Vazirlik tavsiya qiladi!

Xalqaro Nordik universiteti 3-5 yil ish stajiga va ish beruvchi tomonidan tavsiyanomaga ega bo'lganlar uchun maxsus imkoniyatli ta'lim shaklini taklif qiladi:

3 yil staj bilan:
1. Maktabgacha ta'lim
- 11mln so'm 3 yil
2. Psixologiya
- 14 mln so'm 4 yil
3. Iqtisodiyot
- 14 mln so'm 4 yil
4. Moliya
- 14 mln so'm 4 yil

5 yil staj bilan:
1. Boshlangʼich taʼlim - 11mln
so'm 4 yil
2. Musiqa taʼlimi - 14 mln
so'm 4 yil

3 yil stajga ega bo'lmaganlar uchun ham sirtqi va kunduzgi qabul mavjud.

12 ta
bakalavriat yo‘nalishi;
6 ta magistratura mutaxassisligi
4ta Phd ilmiy darajasi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

Ariza topshirish: https://admission.nordicuniversity.org/

O'qishni ko'chirish: https://transfer.nordicuniversity.org

Universitet talabalari uchun Finlandiyada ishlash imkoniyati beriladi

  Qo‘shimcha ma'lumot olish:

     +998555084400| @nordikedu

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 8/2

Telegram kanal: https://t.me/nordic_edu
14.6K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-08-28 16:53:41 #rasman

Malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi

Birinchi bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.6K views13:53
Ochish/sharhlash
2023-08-27 12:44:02 Dars jadvalini tuzishda fanlarning qiyinlik darajasi quyidagicha

1. Matematika va informatika

2. Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillari)

3. Fizika, kimyo, astronomiya

4. Tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari

5. Tabiiy fanlar, geografiya, biologiya

6. Tarbiya va maʼnaviyat asoslari

7. Jismoniy tarbiya

8. Texnalogiya

9. Chizmachilik

10. Tasviriy sanʼat

11. Musiqa

Dars jadvalini tuzishda ushbu fanlarning qiyinlik darajasini hisobga olish tavsiya etiladi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
14.7K views09:44
Ochish/sharhlash
2023-08-26 09:01:14 #oddiy
Oddiy o'qituvchi bo'lib yuraverma, odam o'sishi kerak, deyishadi.
O'qituvchilikda o'sib bo'lmaydimi?
Amal kursisi yoki kattaroq lavozim egasi bo'lish o'sganingizni bildiradimi?
Menimcha esa aksincha.
Siz o'qishdan, ijoddan to'xtaysiz, kuningiz majlislarda o'ta boshlaydi. Topshiriqlarni bajarish uchungina yashay boshlaysiz..

O'zini auditoriyada baxtli his qiladigan odam uchun kabinet qiziq emas. Parvoz uchun tug'ilgan qushni oltin qafasga solishday gap bu..

O'quvchilar fiklari bilan tanishish - baxt.
Asar tahlillaridagi bahslarni kuzatish - baxt.
Darsdan darsga imlosi, lug'at boyligi, ifoda tarzi yaxshilanayotganini va bunda hissang borligini bilish - baxt.
Nimanidir tushuntirganingda ko'zida uchqun chaqnaganini sezish - baxt.
Sinfxonaga kirib bironta o'quvchi seni ko'rganidan xursandligini yoki darsingdan mamnun chiqib ketayotganini payqash - baxt.

Xullaaas. O'qituvchilik maqomini yuksak baholaydiganlarni tushunmasangiz, bilingki, ular ham sizni tushunmaydi.

Vaa Sizga kim aytdi o'qituvchi oddiy xalq deb)))
@suvaydo

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.1K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-08-25 09:22:17 Bolaning yozuvi nimani anglatadi?

Yozuvning qiyaligi
– oʻngga yotgan : yangi doʻstlar orttirishni va suhbatlarni yoqtiradi;
– toʻgʻri yozuv: odatda emotsiyalarini yashirib yuradi;
– chapga yotgan: yolgʻiz ishlashni yoqtiradi.

Hajmi
– katta: ochiq shaxsiyat egasi;
– oʻrta: moslashuvchan va vazmin;
– kichik: diqqatni oson jamlay oladi.

Soʻzlar orasida boʻsh joy qoldirishga qarab
– katta joy tashlab yozish: erkinlikni sevadi, gavjum joylarni xush koʻrmaydi;
– bir-biriga yaqin yozish: yolgʻizlikni yomon koʻradi.

Bosim
– bosib yozish: masʼuliyatli, ammo qaysar;
– yengil yozish: sezgir, biroq gʻayrat yetishmaydi.

Aniqlik
– tushunarsiz yozuv: sirli shaxs va tez fikrlovchi.
– aniq yozuv: oʻziga ishongan va tinch

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
16.8K views06:22
Ochish/sharhlash
2023-08-24 09:51:12 Xodimga moddiy yordam berish masalasi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli nizomining 33-bandida xodimlarga moddiy yordam berish masalasi quyidagicha bayon etilgan.

“Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.”

Moddiy yordam berish masalasi xodimning murojaati yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
16.5K views06:51
Ochish/sharhlash
2023-08-23 15:09:01 Sinf jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi

Kuzatishlarning natijasiga ko‘ra o‘quvchi bir - biridan bo‘yi -bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak.

Bo‘yni 0.5 smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki o‘quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan holda devorga tekis holda tegib turishi lozim.

Devorda o‘lchashni qulaylashtirish uchun devorga (plintus qalinligida) santimetrlarga bo‘lingan doskani qoqish kerak bo‘ladi.

O‘quvchini devor yoniga qo‘yib, to‘g‘riga qarash taklif etiladi va boshiga to‘g‘ri burchakli uchburchak qo‘yiladi, uchburchakning bir kateti o‘quvchining boshiga, ikkinchi uchi esa o‘lchagichli devorga qo‘yiladi, ana shundan uning bo‘yi aniqlanadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.2K views12:09
Ochish/sharhlash
2023-08-22 17:36:41 Sinf rahbari bu?

Yil-o‘n ikki oy o‘quvchilar haqidagi maʼlumotlarni hali u shaklda, hali bu shaklda shakllantirib, bu ro‘yxatning qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan qog‘ozboz.

O‘zi bir kunda bir marta kiradigan sinf xonasining ozodaligiga  javob beruvchi farrosh.

O‘quvchilari janjallashsa,  adolatli qozi.

Ota-onalar istalgan ustozning ustidan shikoyat qilishi mumkin bo‘lgan, lekin qo‘lidan hech narsa kelmaydigan shaxs.

O‘zining vakolatidan ko‘proq narsani bo‘yniga oladigan mard.

O‘quvchilari 11-sinfni bitirib ketganidan keyin bir yil o‘tib ham ularni yo ishga, yo o‘qishga joylab, yo uzatib FHDYO qog‘ozining nusxasini topshirib qutuladigan buyuk matonat egasi.

O‘quvchilarini yozda ham suvga cho‘kmasligini, o‘tda yonmasligini, uyidan qochmasligini, kechasi sang‘imasligini, hech kim bilan janjallashmasligini  nazorat qiluvchi inspektor.

Ota-onasi jo‘natolmagan maktabga amallab olib keladigan, imtihonlarda uxlab qolmasligi uchun qo‘ng‘iroq qilib uyg‘otadigan, kech qolsa o‘rniga gap eshitadigan, ammo shu mehnatlari evaziga bitirib ketgach, bitta yo‘qlab qo‘yishga ham arzimaydigan o‘quvchilarini ortidan “bolam”, deb gapiradigan hokisor...

Aslida, bu zahmatlarning ortida bolajonlarning bir og‘iz “Ustoz!” deb chaqirgan lutfi oldida yuvilib ketadigan quvonch ham bor...

(c) Feruza Salxodjayeva

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
14.3K views14:36
Ochish/sharhlash
2023-08-22 09:59:02 Xalq ta’limi vazirining 246-son buyrug‘iga ko'ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan

Ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

O‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

Farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

Farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

Farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

Farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

Sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

Farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

Ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
15.3K views06:59
Ochish/sharhlash