Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Tayyorgarlik
Метод
Maktab
Ulashing
Ahliga
Тезкор
Тест
Ingliz
Янгилик
All tags
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.58K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 35

2023-09-15 19:39:03 "Maktab" so‘zi - qadimgi yunon tilidagi Scole - dam olmoq degan maʼnoni anglatadi

Mil.avv. I asrda Qadimgi Yunonistonda jamoat joylarida dam olish uchun aylana shakldagi o‘tirg‘ichlar o‘rnatilgan bo‘lgan. U yerda har doim oratorlar(maʼruzachi, vaʼz o‘quvchilar) bo‘lishgan va ularning har doim tinglovchisi bo‘lgan. Chunki ular hayotiy masalar haqida juda foydali maslahatlar berishgan.

Asta-sekinlik bilan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun maxsus joy talab qilina boshlagan. Shunday qilib dastlabki maktablar vujudga kela boshlagan. Dastlab bu joy nomi sxola deb nomlangan

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
16.6K views16:39
Ochish/sharhlash
2023-09-14 10:51:22 2023-2024-o‘quv yilida Fan olimpiadasining maktab bosqichining asosiy olimpiada g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

3-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga:

1-o‘rin – BHMning 6 baravari;
2-o‘rin – BHMning 4 baravari;
3-o‘rin – BHMning 3 baravari.

4-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga:

1-o‘rin – BHMning 12 baravari;
2-o‘rin – BHMning 8 baravari;
3-o‘rin – BHMning 6 baravari.

Shuningdek, 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi.

Hozirda BHM miqdori 330 ming

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.0K views07:51
Ochish/sharhlash
2023-09-10 18:42:01 Attestatsiyga tayyorlanishda nimalarga e'tibor berish kerak?

1. Mutaxassisligi fani yuzasidan avvalo nazariy bilimlarini takrorlab olishi zarur;

2. Tushunishga qiyin va muammoli mavzularni jadval shaklida yozib chiqish kerak va fokusni aynan ushbu mavzularni mustahkamlashga qaratishi zarur;

3. Faqatgina o'qish va yodlash orqali yuqori natija olish qiyin. Shu bilan birgalikda savollarni yechishda "mantiqiy bog'lash" qobilyati bo'lishi zarur;

4. Attestatsiyaga faqatgina "tushgan testlar"ni yodlash orqali ham tayyorlanish xato yoki faqatgina fan yuzasidan testlar ishlash ham yaramaydi, chunki siz test yechish tizimi bilan bilimingizni mustahkamlay olmaysiz.

5. Avvalo, tajriba orttirgan va testdan yaxshi natija olgan o'qituvchilardan maslahat olib, ular qo'llagan usullardan foydalanish kerak;

Yuqorida sizga eng zarur maslahatlarni keltirib o'tdik. Birinchi navbatda, imtixongacha o'zingizga ishonchni kuchaytirib borsangiz, bu - yarim g'alabadir.

@AttestatUz - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun!
14.1K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-09-09 11:23:12 O‘qituvchilarga 50% gacha soliq imtiyozi berilishi to‘g‘risida 2022-2026-yillarga yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan!

Prezidentning 2022 – 2026-yillarda Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni loyihasi eʼlon qilingan edi

Unga ko‘ra, Xalq taʼlimi tizimidagi xodim va pedagoglar, akademik litsey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun bir qator soliq va boshqa imtiyozlar berilishi belgilanmoqda.

Xususan, bunda:

Pedagog va boshqa xodimlarga yer va mol-mulk solig‘i hamda kommunal xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha 50 foiz miqdorida imtiyoz taqdim qilinadi.

Umumtaʼlim maktablari rahbariyati va pedagoglari uchun shahar yo‘lovchi transportidan foydalanishida 50 foiz chegirmali O‘qituvchi transport kartasi beriladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

@AttestatUz - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun!
13.5K views08:23
Ochish/sharhlash
2023-09-07 10:29:01 TUSHLIK VAQTI

Aqli dono, so‘zlar misli o‘q,
Sulton deymiz ammo taxti yo‘q,
Hammada bor, hamma joyda bor,
Muallimda tushlik vaqti yo‘q.

Bir dam chuqur o‘yga tolsangiz,
Bir bor sinchkov nazar solsangiz,
Tushlik deydi bankka borsangiz,
Muallimda tushlik vaqti yo‘q.

Har dam unga yetishmaydi vaqt,
Kech qaytadi, chiqadi barvaqt,
Doktorni ham kutasiz albat,
Muallimda tushlik vaqti yo‘q.

Dars tugabon, boshlanadi dars,
Tin olmoqqa fursat yo‘q bir pas,
Hamma maktab bir Smen emas,
Muallimda tushlik vaqti yo‘q...

Xurshid Karim

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
17.0K views07:29
Ochish/sharhlash
2023-09-05 05:51:02
2023/2024-o'quv yili uchun kalendar

Bayram va qo'shimcha dam olish kunlar hisobiga o'zgarishi mumkin.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
14.8K views02:51
Ochish/sharhlash
2023-09-04 14:53:02 MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARIGA KO‘RA OTA-ONALAR QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA QILISHLARI KERAK

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko'ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.

- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
17.0K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-09-02 19:37:17 O‘qituvchilarga 50% gacha soliq imtiyozi berilishi to‘g‘risida 2022-2026-yillarga yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan!

Prezidentning 2022 – 2026-yillarda Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni loyihasi eʼlon qilingan edi

Unga ko‘ra, Xalq taʼlimi tizimidagi xodim va pedagoglar, akademik litsey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun bir qator soliq va boshqa imtiyozlar berilishi belgilanmoqda.

Xususan, bunda:

Pedagog va boshqa xodimlarga yer va mol-mulk solig‘i hamda kommunal xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha 50 foiz miqdorida imtiyoz taqdim qilinadi.

Umumtaʼlim maktablari rahbariyati va pedagoglari uchun shahar yo‘lovchi transportidan foydalanishida 50 foiz chegirmali O‘qituvchi transport kartasi beriladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

@AttestatUz - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun!
14.3K views16:37
Ochish/sharhlash
2023-09-02 10:17:25 Kundalik.com da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
15.4K viewsedited  07:17
Ochish/sharhlash
2023-09-01 08:52:27
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
13.3K views05:52
Ochish/sharhlash