Get Mystery Box with random crypto!

Farzandi 1-sinfga chiqqan ota-onalar: — Ustoz, bolam birinchi | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Farzandi 1-sinfga chiqqan ota-onalar:

— Ustoz, bolam birinchi partada  oʻtirsin, iltimos  Bizdan nima xizmat, ustoz...

Farzandi 2-sinfga oʻtganda:
— Ustoz, bolamning oʻqishlari yaxshimi? Rahmat, ustoz, albatta, uy vazifalarini oʻzim birga bajaryapman. Rahmat, sizga ustoz

Farzandi 3-sinfga oʻtganda:
— Mening bolam ham tadbirda qatnashsin, oʻzim yodlataman, sheʼrini. Baraka toping, ustoz

Farzandi 4-sinfga oʻtganda:
— Ustoz, bolamni odobi yaxshimi, oʻzingiz charchamayapsizmi? Baraka toping, ustoz.

Farzandi 5-sinfga oʻtganda:
— Mani bolam boshlangʻich sinfda hamma fandan aʼlo baho olardi, nimaga oʻqituvchi ona tilidan 4 baho qoʻyadi, oʻzingiz bir gaplashib koʻring, ustozi

Bolasi 6-sinfga oʻtganda:
— Majlis deysizmi, man ishdaman, adasi chet eldalar,  keyingi safar borarman.

Bolasi 7-sinfga oʻtganda:
— Menga uy vazifalarini tayyorlayapman dediku, oʻzi oʻqituvchilaringiz bitta meni bolamni topib olgan. Maktabga borolmayman, vaqtim yoʻq!

Farzandi 8-sinfga oʻtganda:
— Nima bitta mening bolamda telefon bor ekanmi, tortib olishga nima haqingiz bor. Ustingizdan shikoyat qilaman

Farzandi 9-sinfga oʻtganda:
— Mushtlashgan boʻlsa tarbiya bering, hadeb meni bezovta qilavermay, siz bilan gaplashgani vaqtim yoʻq.

Farzandi 10-sinfga oʻtganda:
— Ustoz, farzandimning oʻqishlari yaxshi boʻlishi uchun nima qilishim kerak, u ertaga bir stolning egasi boʻlishi kerak, yordam bering...

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring