Get Mystery Box with random crypto!

Ашиқул Фирдавс

Telegram kanalining logotibi ashiqulfirdavs — Ашиқул Фирдавс А
Telegram kanalining logotibi ashiqulfirdavs — Ашиқул Фирдавс
Kanal manzili: @ashiqulfirdavs
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 393

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-10-07 19:58:20 Kimlar bilan ekanliging – kimligingni belgilaydi.
Qaysi kanallarga a‘zo ekanliging esa – darajangni.

#bugunning_gapi
79 viewsedited  16:58
Ochish/sharhlash
2022-10-07 19:50:00 Miya doim charxdek ishlab turishi uchun;
Senga berilgan savolga o‘sha paytdayoq aqlli javob bera olish va aqlli savol bera olishni shakllantirish uchun;
Sog‘lom fikrli bo‘lish uchun;
Dunyoda bo‘layotgan ishlarni keng darajada tahlil qila olish uchun –
sizningcha nimalar qilish kerak?
87 viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash
2022-10-03 09:54:32
"Tavakkal qilishdan qo‘rqaman" so‘zi ortiga qulligingni yashirgansan. Aslida sen, ozodlikdan qo‘rqasan. Qullar shunday – yorug‘ dunyoga teparoqdan qarashga, qobiqlardan chiqishga qo‘rqadi.
47 views06:54
Ochish/sharhlash
2022-09-24 20:56:04 Shu kunlarda mutolaa qilayotgan kitobimda bir sahna e‘tiborimni tortgandi; Politsiya ofitseri kattalardan mo‘maygina "yeb qo‘ygani" uchun, o‘zi nohaq bo‘lgan holda, aybsiz yigitning yuzini bir musht bilan urib buzib tashlaydi, 5ta tishini to‘kadi. Yigitning qarshilik qilishga imkoni bo‘la turib ham tishini-tishiga qo‘yib, yuz ifodasini o‘zgartirmay, nafratini ham sezdirmay, jim qoladi. O‘sha zarbda ham uning miyasi charxdek ishlab, keyingi qadamda kattaroq qasos olish uchun ham hozirgi nafratni bildirmaslik kerak, deya hech nima bo‘lmagandek o‘zini yaxshi tutadi. Kunlar o‘tib esa tishlari va dadasining xunini qo‘shib, qasosini dahshatli oladi.

Sabrni hamma har xil talqin qiladi, kimdir zulmga chidash deydi, kimdir qazoga rozilik...

Kecha qayerdadir qulog‘imga chalindi yoki o‘qib qoldim: "Sabr musibat yetgan paytning o‘sha lahzasida dod-voy solmay, hissiyotni jilovlay olishdir. Undan uyog‘idagi qarorlarni qanday chiqarish sabrga emas, balki aqlga bog‘liq ish. Ana o‘sha boshida o‘zimizni yaxshi tuta olsak, biz sabr maqomiga yetishgan bo‘lamiz".

Buni o‘qa turib xayolimga kitobdagi sahna urildi; yigit ham vaqtida o‘zini ushlay olmaganda, hissiyotiga erk berib qarshi javob qaytarganda, yetarlicha jazoni ham o‘tardi, qasos olish rejasi ham chippakka chiqardi.

Biz esa vaziyatlarga asta-sekin ko‘nikishni "sabr" deya nomlab olganmiz. Boshimizga zulm kelsa, sabr niqobi ortiga yashirinamiz.

Men esa bugun bularni tahlil qilgancha, sabrni o‘zimga yangicha talqin qildim
.

@AshiqulFirdavs
100 viewsedited  17:56
Ochish/sharhlash
2022-09-15 12:31:52 Vaqtni ilm olish, kitob o‘qish va foydali darslarni eshitish bilan band qilgandan ko‘ra insonni g‘am tashvish va xafalikdan qutqaruvchiroq biror narsa topmadim.

Ilm olishning bundan  boshqa foydasi bo‘lmaganda ham shuning o‘zi yetarli edi.

Bugina emas, balki vaqtni  xoh dunyoviy xoh uxroviy mutlaq foydali narsa bilan band qilish insonni bir qancha g‘am tashvishlarga botib ketishdan saqlab qoladi, ko‘p ruxiy muammolarga duch kelishdan qutqaradi. Mavjud ruxiy muammolar ham mana shu mashg‘ulotlar sabab insondan ko‘tariladi.

Gʻam bilan bekorchilik bir birini yaxshi ko‘rgan aka ukalardir. Shuning uchun og‘ir mexnat qiladigan insonlarda bunday ruxiy kasaliklar shikoyati, zamonimizdagi psixologik kasalliklar kuzatilmaydi.  Bular har doim nekbin, xursand,  qilayotgan ishlari og‘ir bo‘lsa ham orzu bilan yashaydigan, umidsizlikka tushmaydigan odamlardir.

Lekin baribir ilm olish o‘zining afzalligi, sharafli jixati bilan ustun bo‘lib qolaveradi.

Ikki haram imomi deya nom chiqargan Juvayniyning otasi  qunut duosida shunday duo qilar edi: "Ey Alloh bizni ilmdan biror to‘siq bilan to‘sib qo‘ymagin, ilm yo‘limizda biror mone bo‘luvchi narsani qoldirmagin", deb duo qilardi
.

Obidxon Sobitxon tarjimasi
350 views09:31
Ochish/sharhlash
2022-09-15 10:27:25
#falsafa_time)

Gaplar tugaganida emas, gapirish endi besamarligini bilganingda jim bo‘lasan.

Anglab yetmagan narsalaring peshonangga xato bo‘lib urilganida anglaysan, aslida u xato ko‘zingni ochishga keladi. Battar bo‘l, undan oldin o‘zing harakat qilmagansan xatolarsiz ko‘zni ochishga..

Qoqilganingning sababi yo‘ldagi qoziq ekanini anglamasang, keyingi safar yana qoqilaverasan. Yoki o‘sha yo‘lga boshqa yurma, yoki qoziqni olib tashla.

Senga bir umr vafodor bo‘lishlarini kutma, hech kimdan, hech qachon. Vafo so‘zi hozirgi zamonga begona. Bu faqat farzand va ota-ona orasida qolgan rishta, xolos.

Ikkisidan birini tanlashga majbursan deganlariga ishonib qolma. Ikki taraf ham seni o‘ziniki qilishni istaydi. Senda doim uchinchi yo‘l bor. O‘shani topishga harakat qil
.
315 views07:27
Ochish/sharhlash
2022-09-10 10:53:42
Kecha bolalarimni maktabdan olib kelayotganimda, o‘g‘lim Abdulaziz “dada, nima uchun tilamchilar aynan masjidlarni oldida ko‘p bo‘ladi?” deb so‘rab qoldi. Bunga qizim Fotima javoban “chunki masjidga eng yaxshi yurakchalar keladi, ular tilamchilarga qo‘lidan kelgancha yordam beradi” deb tushuntirdi. Yosh bolaning tilida aytilgan “eng yaxshi yurakchalar” degan jumla meni xotiramda muhrlanib qoldi. Haqiqatda, juma namozi – yaxshi odamlarning jamlanishi va yanada yaxshiroq bo‘lib uylariga qaytishi xodisasidir.

Kamoliddin Rabbimov

#photo_by_me_Andijon_Devonaboy_masjidi
398 views07:53
Ochish/sharhlash
2022-09-08 16:41:29
Har bir odam o‘ziga xos. O'zni boshqalar bilan taqqoslash esa – har doim ikkinchi bo‘lishingni bilgan holda mashaqqatli marafonda yugurishga o'xshaydi.
341 views13:41
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:23:16 Ezilgan, zulmda qolgan xalqlarning axloqi buziladi. To‘xtovsiz pastga urilganlar bora-bora yemoq, ichmoq va shahvatdan boshqa dardi yo‘q jonivorlarga o‘xshab qoladi.

Ibn Xaldun
59 views05:23
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:53:09 Telekanallar bizga nimadan so‘zlaydi?

•Otni kallasiday Kredit ol, TBC, Anorbanklardan qarzga bot, umring qarz to'lash bilan o'tsin.

•Yangi qurilgan osmono'par bir balo CITYlarimizdan qimmatgina, sifatsiz uy ol. Reklamadagi ideal hayotni o'zing yarat.

•Sifatsiz kolbasalar, gazli ichimliklar, xolesterinli yeguliklar, chipslar tanovul qil. Sog'ligingni o'ylama. Maza qilib yeb ich.

•Yevropalashgan turk seriallarimizni ko'r, bolalaringni shu kinolar ila tarbiya qil. Xohlasang milliy seriallarimizni ko'r, oilaviy nizolar mahoratini bizdan o'rgan. Madaniyat va ma'naviyat degan narsalarga odatlanma.

•Qimor (Azart) o'yinlarni o'yna, hayot bu qimor. Tavakkal qil. Nimadir yutolmasang ham Jescolarimizni sotib ol. Puling begonaga ketmasin.

• Kasallikka qarshi dorilarimiz ko'p. Klinikalarimiz ko'p. Turli Lamifaren, Alhadayalarimiz bor. Dollarlar evaziga seni davolaymiz (aslida boyib olamiz).

•O'zbekiston 24 yangiliklariga ko'ra Islohotlar amalda. Yalpi ichki mahsulotlarimiz falon darajada. Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha shaffoflikni ta'minlash ustuvor vazifamiz. Siyosatni bizdan o'rgan.
- .....
- HAMMASI YAXSHI BO'LADI!
- Qachon?
- Qachon TV ko'rishni to'xtatganingda..


Temur Tangriberganov
1.1K views13:53
Ochish/sharhlash