Get Mystery Box with random crypto!

Ашиқул Фирдавс

Telegram kanalining logotibi ashiqulfirdavs — Ашиқул Фирдавс А
Telegram kanalining logotibi ashiqulfirdavs — Ашиқул Фирдавс
Kanal manzili: @ashiqulfirdavs
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 393

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-06-04 07:29:26
625 views04:29
Ochish/sharhlash
2022-06-03 21:20:23 Bir kuni Konfutsiydan:

–Qanday qilib siz shunchalar
sog‘lom va hotirjamsiz? – deb so‘rashibdi.
Konfutsiy:
–Men o‘tirganda o‘tiraman, turganda turaman, yurganda yuraman, yugurganda yuguraman, – deb javob beribdi.
–Biz ham shunday qilamiz,– deyishibdi.
–Yo‘q. Siz o‘tirganda yurish haqida, yurganda yugurish haqida, yugurganda esa manzilga yetib borish haqida o‘ylaysiz
.
618 viewsedited  18:20
Ochish/sharhlash
2022-05-23 14:41:48 Jon Dyui yangi ta’lim tizimini qurishga bag‘ishlangan “Qanday fikrlaymiz?” (1910) degan kitobida Jon Lokkdan aql yuritishda adashuvchi kishilarning 3 xilini keltiradi:

1. Mustaqil fikr yuritmaydilar. Buni o‘zli ishonchli deb topgan boshqa odamlarga yuklab qo‘yadilar: ota-ona, davlat arbobi, notiqlar va hk. Muhim ishlarda aql yuritishni o‘zlaridan soqit qilib qo‘yadilar.

2. Fikr yuritishga asos qilib hoyu-havaslari, hissiyotlarini hamda shaxsiy va jamoaviy manfaatlarini asos qilib oladilar. Bunday fikrlash haqqoniy bo‘la olmaydi, chunki xolislik yo‘q. Manfaatlar va hissiyotlar o‘zgargan sari fikrlariyam o‘zgarib turadi.

3. Fikrlashni bilishadi, ammo tor dunyoqarash sababli yetarli mulohaza yurita olmaydilar. Ular bir xil kitob o‘qiydilar, bir xil mualliflarga ergashadilar, turli nuqtai nazarlarga qaramaydilar, yangi ma’lumotlarga qiziqmaydilar. Tor qirg‘oqlarida qamalib, ilm ummoniga chiqishdan qo‘rqadilar.


Jamshid Muslimov
744 views11:41
Ochish/sharhlash
2022-05-23 03:48:29
Agar kishining dini zaiflashsa, aqli va ko‘nglidan ko‘ra ko‘proq qorni va farjiga ergashadi.

Shayx Muhammad Gʻazzoliy
656 views00:48
Ochish/sharhlash
2022-05-21 09:20:08 Haqiqiy hayot bilan yuzlashish – o‘qiganlaringizni hayotga tadbiq etish, qo‘llash vaqti kelganini anglatadi. Ya‘ni "O‘qiganimga amal qilaymi yo bir marta shu bo‘lmag‘ur ishga qo‘l urib ko‘raymikin", deya ikkilanuvchi vaziyatlarga tushib qolish hayot bilan yuzlashishdir.

Birinchi marta bo‘lmag‘ur, harom ishga qo‘l urib ko‘rish, ikkinchi martasiga kengroq yo‘l ochib beradi. "Bir marta qilaman-u qaytaman, boshi-yu oxirgisi shu bo‘ladi" deyish bilan irodamizni sindiramiz xolos, chunki harom doim lazzatli ko‘rinadi. Qayta-qayta "lazzat" olishni kim ham xohlamaydi
deysiz?
613 views06:20
Ochish/sharhlash
2022-05-18 19:18:43
Odamlar qancha kam fikrlasa, shunchalik shallaqi bo'lishadi.
734 views16:18
Ochish/sharhlash
2022-05-15 20:07:45 Izlangan taqvo darveshning tasbihi, "shayx"larning sallasi yoki obidlarning takyasi emas. Taqvo bu ilm, din, dunyo, ruh, modda, reja, tartib, taraqqiyot, ishlab chiqarish, ishni puxta qilish va ehsondir!

Abul Hasan Nadviy rohimahulloh
747 views17:07
Ochish/sharhlash
2022-05-07 17:15:44 Saydi Umirov domlamiz Agranovskiyning "Bir kun yozmasang qo‘ling quriydi, bir kun o‘ylamasang - fikring" degan iqtibosini ko‘p takrorlardi.

Sohiba Hayot
885 views14:15
Ochish/sharhlash
2022-05-06 15:52:53 Chin baxtli odam baxt tasavvuri bilan emas balki real baxt ichida bo‘ladi.
Baxtli baxtni tasavvur qilmaydi.
Xuddi baliq suvni tasavvur qilmagandek.


Jamshid Muslimov
885 views12:52
Ochish/sharhlash
2022-05-04 18:17:59 ​​Eshli Vensning "Ilon Mask" avtobiografiyasini o'qishni boshladim. Bizning tasavvurimizga sig'maydigan darajada katta shaxs. Masalan, butun boshli O'zbekiston davlati bitta ko'prikni yoki suv omborini qurolmayotgan bir paytda uning shaxsiy kompaniyasi kosmosga raketa uchirib yotibdi. Bu natijaga hatto butun boshli davlatlarning ko'pi hamon erisholmagan. U shuningdek avtomobilsozlik va yangicha energiya tarmog'iga tegishli ikkita yirik sanoat egasi.

"Menimcha, bugungi kunda odamlar internet, moliya va qonunlarga haddan tashqari ko'p qiziqib ketishdi. Bu bizda innovatsiyalarning kamligi sabablaridan biri" deydi Ilon Mask.

Ya'ni qanchalik ko'p narsa bilish bizni hech narsaga layoqatsiz qilib qo'yadi. Hamma narsa haqida biroz tushunchaga egasiz, lekin biror narsada haqiqiy mutaxassis emassiz. Erix From XX asr odamini iste'molchi deb ataydi. Bu ta'rif ayni paytdagi jamiyatimizga ham mos keladi. Biz juda katta hajmda axborot iste'mol qilasiz. Hatto mana shu kanalim ham aslida sizning ziyoningizga bo'lishi mumkin. Sizning sohangiz nima? Siz nimada boshqalardan ilg'orsiz? Siz nimada kamyob mutaxassislardansiz?

Ayni shu minimalizmni Stiv Jobs haqida o'qiganda ham ko'rgandim. Siz bir sohada rivojlanish uchun boshqa hamma narsadan voz kechishingiz kerak. Ayni shu narsa Kel Nyuportning "Diqqat" kitobida ham asoslangan. Blog mavzusiga aloqador tomoni esa yaqinda chiqqan "Kitoblar qanday o'qiladi?" da asoslangan.

Tinimsiz kitob bloglarni kuzatishimiz, yoki siyosatni tanqid qilayotgan blogerlarni kuzatishimiz, zapallarni ko'rishimiz, barcha yangiliklarni o'qib borishimiz, oldimizdan chiqqan kitobni yeb ketaverishimiz bizni shunchaki o'rtamiyona odamga aylantiradi. Aytishnik Navoiyni tanimasa ham bo'ladi, rassomga O'zbekiston mustaqillikka qaysi sanada erishgani haqidagi ma'lumot ortiqcha. Bizning ta'lim tizimimizda ham, fikrlashimizda ham asosiy xato shu, biz hamma narsani qamrab olishga harakat qilamiz. Aslida esa sivilizatsiyalarni chuqur ixtisoslashuv rivojlantirgan. Shifokor avtomobilini ham o'zi tuzatsa, ekinni ham o'zi eksa, huquqini ham o'zi himoya qilsa, Navoiyni ham tanishi kerak bo'lsa, Qodiriyni ham o'qishi kerak bo'lsa, partiyalar sonini bilishi kerak bo'lsa u hech qachon yaxshi shifokor bo'la olmaydi, yoki juda omadi kelsa shunchaki yaxshi shifokor bo'ladi. Aslo daho bo'la olmaydi. Masalan, bakalavrda bir semestrda 12 talab fan o'qigan bizning avlod ketmonga sop ham bo'lolganimiz yo'q. Bizdagi ta'lim fikrlovchi shaxs yoki daho, yoinki ixtirochi, ijodkorlarni emas, xodimlarni yetishtiradi. Xodimlar esa ayni paytdagi rahbariyatning qornini qappaytirishga xizmat qiladi. Lekin bu saviyadagi xalq uzoqqa borolmaydi. Buni esa tepadagilarga qizig'i yo'q. Agarda siz uchun qiziq bo'lsa bir sohada chuqurlashing.

salimov_blogi
919 views15:17
Ochish/sharhlash