Get Mystery Box with random crypto!

#falsafa_time) Gaplar tugaganida emas, gapirish endi besamarl | Ашиқул Фирдавс

#falsafa_time)

Gaplar tugaganida emas, gapirish endi besamarligini bilganingda jim bo‘lasan.

Anglab yetmagan narsalaring peshonangga xato bo‘lib urilganida anglaysan, aslida u xato ko‘zingni ochishga keladi. Battar bo‘l, undan oldin o‘zing harakat qilmagansan xatolarsiz ko‘zni ochishga..

Qoqilganingning sababi yo‘ldagi qoziq ekanini anglamasang, keyingi safar yana qoqilaverasan. Yoki o‘sha yo‘lga boshqa yurma, yoki qoziqni olib tashla.

Senga bir umr vafodor bo‘lishlarini kutma, hech kimdan, hech qachon. Vafo so‘zi hozirgi zamonga begona. Bu faqat farzand va ota-ona orasida qolgan rishta, xolos.

Ikkisidan birini tanlashga majbursan deganlariga ishonib qolma. Ikki taraf ham seni o‘ziniki qilishni istaydi. Senda doim uchinchi yo‘l bor. O‘shani topishga harakat qil
.