Get Mystery Box with random crypto!

Vaqtni ilm olish, kitob o‘qish va foydali darslarni eshitish b | Ашиқул Фирдавс

Vaqtni ilm olish, kitob o‘qish va foydali darslarni eshitish bilan band qilgandan ko‘ra insonni g‘am tashvish va xafalikdan qutqaruvchiroq biror narsa topmadim.

Ilm olishning bundan  boshqa foydasi bo‘lmaganda ham shuning o‘zi yetarli edi.

Bugina emas, balki vaqtni  xoh dunyoviy xoh uxroviy mutlaq foydali narsa bilan band qilish insonni bir qancha g‘am tashvishlarga botib ketishdan saqlab qoladi, ko‘p ruxiy muammolarga duch kelishdan qutqaradi. Mavjud ruxiy muammolar ham mana shu mashg‘ulotlar sabab insondan ko‘tariladi.

Gʻam bilan bekorchilik bir birini yaxshi ko‘rgan aka ukalardir. Shuning uchun og‘ir mexnat qiladigan insonlarda bunday ruxiy kasaliklar shikoyati, zamonimizdagi psixologik kasalliklar kuzatilmaydi.  Bular har doim nekbin, xursand,  qilayotgan ishlari og‘ir bo‘lsa ham orzu bilan yashaydigan, umidsizlikka tushmaydigan odamlardir.

Lekin baribir ilm olish o‘zining afzalligi, sharafli jixati bilan ustun bo‘lib qolaveradi.

Ikki haram imomi deya nom chiqargan Juvayniyning otasi  qunut duosida shunday duo qilar edi: "Ey Alloh bizni ilmdan biror to‘siq bilan to‘sib qo‘ymagin, ilm yo‘limizda biror mone bo‘luvchi narsani qoldirmagin", deb duo qilardi
.

Obidxon Sobitxon tarjimasi