Get Mystery Box with random crypto!

Kecha bolalarimni maktabdan olib kelayotganimda, o‘g‘lim Abdul | Ашиқул Фирдавс

Kecha bolalarimni maktabdan olib kelayotganimda, o‘g‘lim Abdulaziz “dada, nima uchun tilamchilar aynan masjidlarni oldida ko‘p bo‘ladi?” deb so‘rab qoldi. Bunga qizim Fotima javoban “chunki masjidga eng yaxshi yurakchalar keladi, ular tilamchilarga qo‘lidan kelgancha yordam beradi” deb tushuntirdi. Yosh bolaning tilida aytilgan “eng yaxshi yurakchalar” degan jumla meni xotiramda muhrlanib qoldi. Haqiqatda, juma namozi – yaxshi odamlarning jamlanishi va yanada yaxshiroq bo‘lib uylariga qaytishi xodisasidir.

Kamoliddin Rabbimov

#photo_by_me_Andijon_Devonaboy_masjidi