Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2023-06-05 11:55:00


Japan Digital University - sifatli ta'lim uchun ideal oliygohdir!

Bugun ko'plab abituriyentlarga JDU oliygohining qabul shartlari haqida ushbu post orqali eng muhim savollariga javob beramiz.

Bo'lajak talabalar 11 yillik maktab, litsey yoki kollej bitiruvchilari bo'lishi lozim;

2023-yil 1-oktabr sanasidan boshlab yoshi 17 dan 23 gacha bo'lgan o'quvchilar;

JDU oliy o'quv yurtini bitirib, Yaponiyada ishlamoqchi bo'lgan ihlosmandlar.

Tanlovda adashmang! Japan Digital University'ni tanlab, orzularingiz sari dadil qadam tashlang!

HUJJAT topshirish

Murojaat uchun telefon:
+998712000595

Telegram Instagram YouTube
35.2K views08:55
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:38:37 #hikoya_vaqti

Oʻzingizga ishoning

Bu bola faqat sinf emas, butun maktab boʻyicha eng kambagʻal oiladan edi. Oʻqituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: oʻzi nima ahvolda-yu, “Kim boʻlsam ekan?” mavzusida yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka moʻljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron boʻldi. Dars tugagach, oʻqituvchining oldiga oqarib kirib, nega bunday baho qoʻyganini soʻradi. “Yozganlaring yoshingga toʻgʻri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang boʻlmaydimi? Sen oʻylayotgan ferma uchun katta mablagʻ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom xayollaringni qoʻyib, inshoni boshqatdan yoz”. Bola xafa boʻlib uyiga qaytdi. Uzoq oʻylanib oʻtirdi.

Ertasiga esa yozganlarini eski holatda oʻqituvchisiga olib bordi: “Siz bahongizni oʻzgartirmang, men esa orzularimni"...

Yillar oʻtdi. Endi nafaqaga chiqqan oʻqituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq oʻquvchisi hashamatli uyda oʻtirardi. Roʻparasidagi devorda, kamin ustida esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...

Xulosa: Oʻzgalarning siz haqida fikrlariga eʼtibor bermang. Asosiysi, oʻzingizga boʻlgan ishonchni yoʻqotmang!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
36.1K views05:38
Ochish/sharhlash
2023-06-04 13:01:36 ​​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

...Davomi audioda

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
39.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-06-04 08:29:10 #foydali

Inson iste'mol qiladigan oziq-ovqati butun organizmi, shu jumladan miya faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zi mahsulotlarning iste'moli miya faoliyatini yaxshilashi, ba'zilari esa unga ziyon yetkazishi mumkin.

Mutaxassislar bunday mahsulotlarni 3 toifaga ajratishgan: miya faoliyatini yaxshilash uchun ratsionga qo‘shish shart bo‘lgan, iste'moli foydadan xoli bo‘lmaydigan va iste'mol qilish kerak bo‘lmagan mahsulotlar. 

1-guruhga, ya'ni iste'mol qilinishi shart bo‘lgan mahsulotlarga rezavorlar, yong‘oqlar, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari, zaytun moyi va barra sabzavotlar, ayniqsa ko‘katlar tegishli hisoblanadi. 

Bu mahsulotlarni imkoni boricha ko‘proq iste'mol qilish zarur, chunki ularda saqlanuvchi katta miqdordagi vitaminlar va mikroelementlar hisobiga miyaga ta'sir ijobiy bo‘ladi.
Shuningdek, ratsionga mevalar, yog‘i kam sut mahsulotlari, parranda go‘shti va boshoqli mahsulotlarni kiritishga e'tibor qaratish lozim. Ularni har kuni iste'mol qilish shart emas, biroq ular ham miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Mutaxassislar nafaqat miya, balki butun organizm uchun zararli mahsulotlar sirasiga qovurilgan taomlar, qizil go‘sht, yog‘li sut mahsulotlari, yarimtayyor mahsulotlar va tuzni kiritishgan. 

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
38.4K views05:29
Ochish/sharhlash
2023-06-03 19:10:38
Sizning ham shunday o'qituvchingiz bormi?

Agar hamma o'qituvchilar shunday metodni qo'llasa, hamma o'qishga kirib ketsa kerak!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
41.5K views16:10
Ochish/sharhlash
2023-06-03 12:50:49 AJOYIB YANGILIK

Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi.

Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo‘lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko‘rilsa, grant asosida o'qiydi!

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini «a’lo» bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni «a’lo» bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
41.6K views09:50
Ochish/sharhlash
2023-06-02 08:45:51Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.

Mazkur bayonda Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
39.6K views05:45
Ochish/sharhlash
2023-06-01 14:24:49
O‘zbekistonda magistraturaga yiliga 2 marta qabul bo‘ladi

Davlat OTMlariga qabul yiliga 2 marta tashkillashtiriladi. Bunda:

avgust oyidagi qabul — navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

yanvar oyidagi qabul — dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
42.0K views11:24
Ochish/sharhlash
2023-06-01 13:01:35
Rasman: 2023/2024-o‘quv yili uchun Renessans ta’lim universitetida qabul ochildi

Renessans Ta’lim Universiteti
- eng aktual sohalardagi 31 ta TOP yo’nalishlar bo’yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim yo'nalishlarida 6 ta soha bo'yicha qabul ochiq ekanligini ma’lum qiladi!

Hujjatlar reg.renessans-edu.uz internet manzil orqali qabul qilinadi.

Yoʻnalishlar

Kontrakt: 13 mlndan boshlanadi, 4 ga bo'lib to'lash mumkin!

Nega aynan Renessans ta’lim universitetini tanlash kerak?

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish
+998555068008 | Yozish

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko’chasi 41/4

(Litsenziya №049194, 18.11.2022y.)

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
40.9K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-06-01 11:35:50
Ta'sirli qisqa metrajli film. Xulosa o'zingizdan...

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
38.3K views08:35
Ochish/sharhlash