Get Mystery Box with random crypto!

Ertalab qanday uyg‘onish kerak? Bunga yordam beruvchi 9 qadam | @abituriyentuz

Ertalab qanday uyg‘onish kerak? Bunga yordam beruvchi 9 qadam

Bu maqola tushlik paytiga kelib zo‘rg‘a o‘ziga keladiganlar uchun yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi

Mos musiqa tanlang. Budilnik uchun mos musiqani tanlang. U sizning jahlingizni chiqaradigan bo‘lmasligi kerak. Ertalab biz ayniqsa hamma narsaga ta’sirchan bo‘lamiz, shu jumladan ovozlarga ham.
O‘rningizdan turishingiz bilan radioni yoki o‘zingizning sevimli quvnoq musiqangizni qo‘ying. Tanangiz beixtiyor musiqaga hamohang ravishda harakatlana boshlaydi, kayfiyatingiz ko‘tariladi.

Uyg‘onishga sabab toping. Motivatsiya sizni issiq ko‘rpa tagidan chiqishga va ertalabki ishlarga kirishishga majbur qiladi. Oldingizga aniq bir maqsad qo‘ying. Masalan, mavzuni vaqtida topshirish yoki kechgacha bir kitobni tamomlashga ulgurish. Yangi libos yoki mazali nonushta haqidagi ahamiyatsiz, lekin yoqimli fikrlar ham uyg‘onishga yordam beradi.

Yorug‘lik qo‘shing. Ertalab uyg‘onishga yordam beradigan eng yaxshi yorug‘lik quyosh yorug‘ligidir. Lekin tonggacha yoki bulutli havoda turishga to‘g‘ri kelsa, elektr chiroqlaridan foydalaning. Gap shundaki, bizda qorong‘ilikda uyqu gormoni hisoblanuvchi melatonin faollik bilan ishlab chiqariladi. Shuning uchun uyg‘onishingiz bilan hamma yorug‘lik manbalarini yoqishga harakat qiling.

Kamida 9 daqiqa oyoqda turing. Aynan shu vaqt ichida organizm to‘liq uyg‘onishi haqida nazariya mavjud. Ayniqsa, bu daqiqalar ancha yoqimliroq bo‘lsa.

Tabassum qiling. Ko‘zgu qarshisida turing va aksingizga qarab jilmayishga o‘zingizni majbur qiling. Lablarni harakatlantirishdan boshlang. Bu quvonch gormoni deb ataluvchi serotonin ishlab chiqarilish jarayonini ishga tushiradi.

Mashqlar bajaring. Ertalabki qisqa mashqlar nafaqat miyaga kislorodning yetib borishi hisobiga uyg‘onishga yordam beradi, balki qomatingizni yaxshilaydi va sizni baxtliroq qiladi. Shuning uchun bir nechta mashqlar bajaring. Agar ob-havo yaxshi bo‘lsa, yugurishga chiqing. Bu sizga ikki yoqlama foyda beradi: ertalabki tetiklik va toza havo.

Tishlaringizni tozalang. Ertalab tetiklashishga hatto odatdagi gigiyena vositasi bo‘lgan tish pastasi ham yordam beradi. Tish pastasining ta’mi, hidi va og‘iz ichini biroz sanchishi uyg‘onishga yordam beradi.

Dush qabul qiling. Bu juda oddiy, hammaning qo‘lidan keladigan va bir vaqtning o‘zida juda samarali usul. Jarayonni iliq suv bilan boshlab, sovuq suv bilan tamomlang.

Bir piyola suv iching. Dush qabul qilib bo‘lganingizdan keyin bir piyola suv iching. Suv tanangiz uchun haqiqiy uyg‘otuvchi rolini bajaradi. U hazm qilish jarayonini ishga tushiradi va organizm ishlash vaqti kelganini tushunadi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi