Get Mystery Box with random crypto!

​Endi hokimlarning yordamchilari oliygohga imtihonsiz, davlat | Abit.uz | Rasmiy kanali

Endi hokimlarning yordamchilari oliygohga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi!

Yangi qaror loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

O‘qishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyanomasi asosida, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan iqtisodiyot sohasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

P/s: Siz hokim yordamchisi emassiz. Shunday ekan, chalg'imasdan o'qishga tayyorlanishda davom etavering )

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!