Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-11-10 14:48:14 Rasman: Chet tili imtihonlari 13-noyabrdan boshlandi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 13-noyabr kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 15-17-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-11-10

Abit.uz - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
1.6K views11:48
Ochish/sharhlash
2022-11-07 11:11:30
Kitobxonlar uchun respublika miqyosida kitoblar tanlovi eʼlon qilindi

Oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblarini, siz, aziz kitobxonlarga taqdim etib kelayotgan "Tirilish" nashriyoti respublika miqyosida kitoblar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda magʻlublar boʻlmaydi!
Tanlov ishtirokchilari yil oxirigacha "iBook.uz" kitob doʻkonlaridan chegirmalarga ega boʻlishadi!

40 ga yaqin oʻrinlar kitobxonlarni kutmoqda.
Bundan tashqari 200ming soʻmdan 2 MLN soʻmgacha vaucherlarni qoʻlga kiritishingiz mumkin!

Tanlov 17-noyabr 23:59 gacha davom etadi.

Roʻyxatdan oʻtish: @Tirilishuzbot

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
878 views08:11
Ochish/sharhlash
2022-11-07 10:07:00
Sen bizning iqtisodiyotimizga shubha qilsang, iqtisodiyot yo'nalishidagi ta'lim beradigan oliygohlarimiz ahvoliga boq!

Bugungi yomg'ir oqibatida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tomidan chakki o'tyapti.

Avvalroq Samarqand iqtisodiyoti va servis instituti talabalari suv kechishayotgani haqida xabar bergandik.

Hullas, iqtisodiyot ahvoli yomon emas, shunchaki cho'kayapmiz...

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
897 views07:07
Ochish/sharhlash
2022-11-07 09:00:06
Namanganda yangi oliy ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi!

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Namangandagi "University of business and science" nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga litsenziya taqdim etildi.

Yoʻnalishlar:
Buxgalteriya va moliya
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Boshlangʻich taʼlim
Maktabgacha taʼlim
Pedagogika va psixologiya
Xorijiy til va adabiyot

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

Universitetda oʻqish uchun quyidagilar kerak: Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan imtihon natijalari yoki universitetning ichki imtihonidan o'tish lozim.

Online hujjat topshirish:
@UBS_jbot

Batafsil ma'lumot:
+998781132626
+998907894242

Online murojaat: @ubsuzbekistan_bot ( 24/7 )

Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa koʻchasi 111-uy

Telegram | Instagram | Facebook | Web
1.3K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-11-03 16:45:44 115 mln dollarlik 18 000 oʻrinli talabalar turar joyini qurish boʻyicha maslahat xizmati bitimi imzolandi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida loyiha qiymati 115 mln dollarlik jami 18 000 oʻrinli 17 ta talabalar turar joylarini qurish boʻyicha Maslahat xizmati bitimi imzolandi.

Batafsil

@Abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.3K viewsedited  13:45
Ochish/sharhlash
2022-10-31 09:10:01 ​#yangilik #talaba

Rasman: 1-noyabrdan shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga tibbiyot oliygohlaridagi bitiruvchi kursdagi talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu haqda «Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.

Tibbiy yo‘nalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari biriktiriladi.

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
1.7K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-10-31 08:02:05
Rasman! Toshkent shaxrida "PERFECT UNIVERSITY" nodavlat oliy ta’lim muassasasi ish boshladi

"PERFECT UNIVERSITY" eng dolzarb 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlaydi. Talabalarga malakali xorijiy va mahalliy pedagoglar jamoasi sifatli ta’lim beradi.

Qabul jarayonlari shu yil 27-oktyabrdan 15-noyabrga qadar davom etadi.

Yo‘nalishlar:
- Iqtisodiyot (sohalari bo‘yicha);
- Dasturiy injiniring;  
- Pedagogika va psixologiya;
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);
- Tarix.

Onlayn hujjat topshirish:
qabul.perfectuniversity.uz

+998555000250
perfectuniversity.uz
Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 220-uy.

Telegram | Instagram | Facebook
2.2K views05:02
Ochish/sharhlash
2022-10-26 15:41:15
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tish

Ma’lumki, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi birinchi videoda my.gov.uz sayti orqali chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

Agar my.gov.uz saytidan ilk bor foydalanayotgan bo‘lsangiz ikkinchi videoda ONE ID tizimi (id.egov.uz sayti) da ro‘yxatdan o‘tish tartibi keltirilgan.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi: https://my.gov.uz/oz/service/559

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.2K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-10-26 08:41:33 Mas’ullar abituriyentlarga bu yil ham “syurpriz” qilishadimi ?

Bu yil ham 3 oy qolganda test olinadigan fanlar o‘zgarib ketmaydi-mi ?

Fanlar majmuasini ertaroq eʼlon qilish shunchalik qiyinmi ?

"Edu - ta'lim yangiliklari " abituriyentlar uchun dolzarb boʻlgan muammoni koʻtarib chiqibdi, oʻqishni tavsiya qilaman.

https://t.me/eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat/323

Biz syurprizlarga o'rganib qolganmiz

@Abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
3.1K viewsedited  05:41
Ochish/sharhlash
2022-10-25 14:34:00 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 29-30-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-4-, 7-8-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-10-24

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
3.5K views11:34
Ochish/sharhlash