Get Mystery Box with random crypto!

Rubik kubini yig‘ish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchun ro | Zakovat intellektual klubi

Rubik kubini yig‘ish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Chempionatda qatnashish uchun dastlab www.worldcubeassociation.org saytida shaxsiy akkaunt yaratish (akkaunt mavjud bo‘lsa, bu talab etilmaydi) va ushbu sayt orqali O‘zbekiston chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Musobaqa ishtirokchilari soni cheklangani sababli tezroq ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.

Bu muhim: Ro‘yxatdan o‘tishda e'tibor berilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar bor. Shu tufayli ro‘yxatdan o‘tish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘ymaslik va musobaqadan chetda qolmaslik uchun ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi bilan yaxshilab tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Chempionatda ro‘yxatdan o‘tish muddati 31-oktabrgacha.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa shu yilning 3-5-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok