Get Mystery Box with random crypto!

O‘quvchilar ligasida kuzgi mavsum g‘oliblari taqdirlandi! Kec | Zakovat intellektual klubi

O‘quvchilar ligasida kuzgi mavsum g‘oliblari taqdirlandi!

Kecha “Zakovat” o‘yini bo‘yicha O‘quvchilar ligasining 2023/24-o‘quv yili doirasidagi kuzgi mavsum g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

3 oy davom etgan kuzgi mavsum o‘yinlari yakunida quyidagi jamoalar mavsum g‘olibi bo‘ldi:

1-o‘rin: Qiziltepa tumanidagi 26-sonli maktab jamoasi;
2-o‘rin: Pop tumanidagi 67-sonli IDUMning “Geksagon” jamoasi;
3-o‘rin: To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 17-DIMI jamoasi.

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan smartfon topshirildi!

Shuningdek, mavsum g‘olibi bo‘lgan jamoalarga diplom, mavsumda kuchli 20 talikka kirgan jamoalarga esa sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun, O‘quvchilar ligasining 2023/24-o‘quv yili doirasidagi kuzgi mavsumda respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilaridan tuzilgan jami 2578 ta jamoa ishtirok etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok