Get Mystery Box with random crypto!

Yurist maslahati | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi yurist_maslahati_rasmiy — Yurist maslahati | Rasmiy Y
Telegram kanalining logotibi yurist_maslahati_rasmiy — Yurist maslahati | Rasmiy
Kanal manzili: @yurist_maslahati_rasmiy
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33
Kanalning ta’rifi

Yuristga murojaat qilish uchun: Bosh Yurist: @Qoriyev_Rahimjon
Spam fuqarolar uchun: @Yurist_Qoriyev_bot

➖ Javob berish mutlaqo bepul.
➖ Shaxsingiz sir saqlanishiga kafolat beramiz 👮‍♂️📝🔐

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-28 14:03:38 #qonunchilikda_yangilik

Nogironligi boʻlgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi

Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.

Mazkur Qonun bilan Yer kodeksiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga muvofiq, ochiq elektron tanlov orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish huquqini qoʻlga kiritgan shaxslarga oʻsha hudud hokimining tasdigʻi talab etilmaydi.

Shuningdek, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanganlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda chora koʻrish masʼuliyati Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlariga yuklatilmoqda.

Kadastr agentligi organlari er uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini aniqlagan taqdirda, ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi.

Qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim aholi qatlamlari uchun bir qator kafolatlar ham belgilanmoqda. Xususan, nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning oilasi elektron onlayn-auksionlardan yer uchastkalarini sotib olishi bilan bogʻliq xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
28 views11:03
Ochish/sharhlash
2022-05-27 15:17:17 Чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон формати ва тест намуналари эълон қилинди

Маълумки, Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан жорий йилдан бошлаб қуйидаги 6 та олий таълим муассасасига киришда чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон ўтказилиши белгиланган:

Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети;
Самарқанд давлат чет тиллар институти;
Тошкент давлат шарқшунослик университетининг

фанлар мажмуасига чет тили биринчи фан сифатида киритилган бакалавриат таълим йўналишларига ҳамда

Тошкент давлат педагогика университети;
Қўқон давлат педагогика институти;
Нукус давлат педагогика институтининг

хорижий тиллар бўйича педагогларни тайёрловчи бакалавриат таълим йўналишларига кириш имтиҳонларида чет тили фанидан тинглаб тушуниш, ўқиш, ёзиш ҳамда гапириш компетенцияларини аниқлаш ва баҳолашга қаратилган касбий (ижодий) имтиҳон ўтказилади.

ДТМ касбий (ижодий) имтиҳон форматини (барча тиллар учун) ва тест намуналарини (инглиз тилидан) эълон қилди:

Касбий (ижодий) имтиҳон формати (барча тиллар учун):
https://dtm.uz/page/format_kasbiy

Тест намуналари (инглиз тилидан):
https://dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
25 views12:17
Ochish/sharhlash
2022-05-27 04:06:10 AYOLLAR DAFTARI"GA QANDAY TOIFADAGI XOTIN-QIZLAR KIRITILADI

Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (2-son, 08.01.2021-y.) qabul qilingan.

Unga koʻra, har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin qizlar;
boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar;
uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar;
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joyi mavjud boʻlmagan xotin-qizlar;
qaramogʻida bir yoki undan ortiq I va II guruh nogironligi boʻlgan bolalari mavjud yolgʻiz ayollar;
tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (oʻzi va birgalikda yashovchi oila aʼzolari ogʻir ijtimoiy vaziyatda boʻlgan, surunkali yoki ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli damromad manbaiga ega boʻlmaganlar);
huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar;
psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).

“Ayollar daftari” quyidagi tartibda yuritiladi:

Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari har yarim yil birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurib oʻrganiladi.

Xotin-qizlarning muammolari anketa-soʻrovnoma orqali aniqlanib, aniqlangan muammolar 3 kundan oshmagan muddatda xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga kiritiladi.

Shunga koʻra, 1 kun muddatda individual anketalar koʻrib chiqiladi.

Shundan keyin 3 kundan oshmagan muddatda anketa maʼlumotlari idora va tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi hamda ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.

“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” loyihasi 7 kundan oshmagan muddatda Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga kiritiladi.

Tasdiqlangan roʻyxatlar 3 kundan oshmagan muddatda Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga kiritilib, shu asosda vaqtinchalik tartibda belgilangan xizmatlar koʻrsatiladi.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
26 views01:06
Ochish/sharhlash
2022-05-20 19:09:59 DIQQAT QONUNCHILIKDA MUHIM YANGILIK

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2022-yil 1-iyunidan byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi va stipendiyalar miqdori 12 foiz miqdorida oshiriladi.

Unga ko'ra 2022-yil 1-iyundan:

Oʻzbekiston hududida eng kam ish haqi miqdori oyiga 920 ming soʻm (hozir 822 ming soʻm);

bazaviy hisoblash miqdori — 300 ming soʻm (hozir 270 ming soʻm) etib belgilandi. 

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
39 views16:09
Ochish/sharhlash
2022-05-18 16:32:35 #Davlat_xizmatlari

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar faqat DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar.

Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.


------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
31 views13:32
Ochish/sharhlash
2022-05-18 13:38:42 #Ijtimoiy_aksiya

Maktab bitiruvchilarining OTMga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida har yili 1-fevralgacha oʻtgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib maktablarning rahbar xodimlari ragʻbatlantiriladi.

Ragʻbatlantirish BHMning quyidagi miqdorlarida belgilanadi:

oʻquvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 12 baravar (3 mln 240 ming soʻm), direktori oʻrinbosarlari – 6 baravar (1 mln 620 ming soʻm);

oʻquvchilarining 85–89 foizi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 9 baravar (2 mln 430 ming soʻm), direktor oʻrinbosarlari – 4,5 baravar (1 mln 215 ming soʻm);

oʻquvchilarining 80–84 foiz qismi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 6 baravar (1 mln 620 ming soʻm), direktor oʻrinbosarlari – 3 baravar (810 ming soʻm).

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
28 views10:38
Ochish/sharhlash
2022-05-13 17:57:49 ДЕКРЕТГА КЕТГАН ҲОДИМНИ ЎРНИГА ИШГА ОЛИНГАН ҲОДИМ У ЖОЙДА ҚАНЧА ВАҚТ ИШЛАШИ МУМКИН

САВОЛ:
- Бола парваришлаш таътилига чиққан ходим ўрнига бошқа шахсни ишга олиш мумкинми?

ЖАВОБ:
Меҳнат кодексининг 234-моддасига кўра, ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугаганидан кейин аёлнинг хоҳишига кўра, унга боласи 2 ёшга тўлгунга қадар болани парваришлаш учун таътил берилиб, бу даврда қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда нафақа тўланади.

Болани парваришлаш таътиллари даврида аёлнинг иш жойи (лавозими) сақланади.

мазкур кодекснинг 105-моддасида иш жойи (лавозими) сақланиши лозим бўлган ходимнинг ишда бўлмаган вақтига мўлжаллаб тузилган меҳнат шартномаси шу ходим ишга қайтган кундан эътиборан бекор қилиниши белгиланган.

Шунга кўра, бола парваришига чиққан ходим ўрнига бошқа шахсни ишга олиш мумкин ҳисобланади. Фақат, янги ходимни ишга қабул қилиш бўйича буйруқда меҳнат шартномаси муайян муддатга тузилганлиги кўрсатилиши керак ва янги ҳодим декретга кетган ҳодим ишга қайтгунигача у жойда ишлаши мумкин.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
38 views14:57
Ochish/sharhlash
2022-05-13 07:02:28 #Bilasizmi

2023-yil 1-yanvargacha ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʻliq qoplab beriladi.

Ish beruvchi tomonidan ariza soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi oʻrganiladi.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
33 views04:02
Ochish/sharhlash
2022-05-12 04:30:27 JAMG'ARIB BORILADIGAN PENSIYANI MEROS TARIQASIDA OLISH MUMKINMI?

Qonunchilikka koʻra,
fuqarolar jamgʻarib
boriladigan pensiya toʻlovlarini
davlat pensiyasiga boʻlgan
huquq
yuzaga kelgan taqdirda
olishlari mumkin.

Fuqaro vafot etgan taqdirda,
shaxsiy jamgʻarib boriladigan
pensiya hisobvaragʻida
jamgʻarilgan mablagʻlar
merosga oʻtadi va merosxoʻrga
bir yoʻla toʻla hajmda
toʻlanadi.

Fuqaro Oʻzbekiston
hududidan tashqariga doimiy
yashashga chiqib ketayotgan
boʻlsa, shaxsiy jamgʻarib
boriladigan pensiya
hisobvaragʻida jamgʻarilgan
mablagʻlar bir yoʻla toʻla
hajmda toʻlanadi.


------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
30 views01:30
Ochish/sharhlash
2022-05-11 19:05:45 #Bilasizmi

Yengil avtomobillar
va mototransport
vositalarini isteʼmol maqsadlarida shartnoma asosida qisqa muddatli
(30 kungacha) ijaraga olish mumkin.

Bunday shartnomalar notarial rasmiylashtirish va
Ichki ishlar vazirligining
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (DYHX)da roʻyxatdan oʻtkazishni talab etmaydi.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot
28 views16:05
Ochish/sharhlash