Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikda_yangilik Nogironligi boʻlgan shaxslarning ye | Yurist maslahati | Rasmiy

#qonunchilikda_yangilik

Nogironligi boʻlgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi

Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.

Mazkur Qonun bilan Yer kodeksiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga muvofiq, ochiq elektron tanlov orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish huquqini qoʻlga kiritgan shaxslarga oʻsha hudud hokimining tasdigʻi talab etilmaydi.

Shuningdek, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanganlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda chora koʻrish masʼuliyati Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlariga yuklatilmoqda.

Kadastr agentligi organlari er uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini aniqlagan taqdirda, ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi.

Qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim aholi qatlamlari uchun bir qator kafolatlar ham belgilanmoqda. Xususan, nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning oilasi elektron onlayn-auksionlardan yer uchastkalarini sotib olishi bilan bogʻliq xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot