Get Mystery Box with random crypto!

Yosh fermerlar

Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar Y
Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar
Kanal manzili: @yoshfermer
Toifalar: Hayvonlar , Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.89K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi
Web: http://yoshfermer.uz
Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer
Instagram: https://www.instagram.com/yoshfermer
Youtube: http://bit.ly/31zhEOU
Aloqa: @Zuhriddin_Abdusattorov

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-02-14 10:24:50
O‘zbekiston qiymati 4,7 mln. AQSh dollarlik quritilgan sabzi eksport qilgan

2020-yilda xorijga qiymati 4,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 10,0 ming tonna quritilgan sabzi eksport qilingan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming tonnaga ko‘p.

O‘zbekiston quritilgan sabzini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 9,4 ming tonna
Rossiya – 439,6 tonna
AQSh – 144,1 tonna
Germaniya – 26,4 tonna

2020-yilda xorijga quritilgan sabzini eng ko‘p eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 4,8 ming tonna
Samarqand viloyati – 3,6 ming tonna
Namangan viloyati – 555,3 tonna
Toshkent shahri – 298,1 tonna

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
1.0K views07:24
Ochish/sharhlash
2021-02-13 16:12:08 Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Yoshlar: bilim va amaliyot” loyihasini keng joriy etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi ta'kidlandi. Bu borada yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash, zamon talablariga mos har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, agrar ta'lim tizimi bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan start berilgan “Yoshlar: bilim va amaliyot” loyihasi talaba-yoshlar faolligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelgusida talaba-yoshlarni mutaxassislikka tayyorlash orqali agrar soha tarmoqlari hududiy bo‘linmalariga ishga tavsiya etish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirishga zamin yaratish maqsad qilingan.

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan universitetning iqtidorli talaba-yoshlari va bitiruvchilari xujjatlari qabul qilindi, deydi Vazirlikning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Umida Saidova. - Loyiha qatnashchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, bunda talabalarning nafaqat argar sohadagi nazariy bilim va ko‘nikmalari, balki ularning shaxsiy sifatlari, iqtidori, qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari aniqlandi.

Suhbat natijasiga ko‘ra, talabalar Vazirlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlarida o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari belgilab olindi.

Manba: Qishloq xo'jaligi vazirligi

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
490 viewsedited  13:12
Ochish/sharhlash
2021-02-13 14:50:54
Mango va greypfrutning foydali va zararli xususiyatlari.

Mango yil bo‘yi yashil tusini yo‘qotmaydigan daraxt bo‘lib, oval shakldagi mevasining og‘irligi 2 kilogacha yetishi mumkin. Mevasining po‘stlog‘i yupqa, rangi esa qanchalik yetilganligiga qarab yashil, sariq, qizg‘ish rangda bo‘ladi.

Batafsil: https://bit.ly/3rOgRad

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
964 views11:50
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:31:49
Hududlarimizda qishloq xo'jaligi uchun yer ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta'minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz raisligida o'tkazilgan yig'ilishda 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlarni bandligini ta'minlash, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va daromadlarini oshirish bo'yicha aniq va tizimli yo'l xaritasini ishlab chiqish vazifasi qo'yilgan edi.

Xususan fermer xo'jaliklaridan 10%ini yoshlar ixtiyoriga topshirish va ularni bu bilan ishli qilish masalalari Andijonda boshlandi.

Hududlar joylashuvi va sharoitidan kelib chiqqan holda Oltinko'l tumanida dastlabki amaliyot taqdim qilindi. Unga asosan tumanning Oqtepa massivida "Sharofiddin sahovati" f/x ning unumdor yer maydoni aynan ushbu massivda ish bilan band bo'lmagan yoshlarga 10 sotixdan taqsimlab berildi.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
566 views05:31
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:01:07
Gruziyadagi agriturizm YeTTB va FAO tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Ushbu kontseptsiya Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) va FAOning Gruziyadagi tashabbusiga asos bo'ldi. Gruziya boy oshpazlik merosi, ko'p jihatdan mamlakatda xos bo'lgan tog'lardan, ko'llargacha va dengizgacha cho'zilgan go'zal qishloq manzaralari bilan mashhurdir.

Batafsil: https://bit.ly/2MSsa2C

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
622 views12:01
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:52:40
Qashqadaryo viloyatida ilgari samarasiz bo‘lgan yerlar suv kelishi bilan jonlanmoqda.

Yer ostida chuchuk suv mavjud hududlarda qariyb 400 metr chuqurlikdan artizan quduqlar qazilib suv chiqarish choralari ko'rilyapti. Ushbu yerlarga innavatsion suv tejamkor texnologiyalardan foydalanilsa ko'proq yerlarni sug'orish imkoniyati yaratiladi.

Bu borada davlat Geologiya va mineral resurslar qo'mitasi bilan hamkorlikda Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha klaster va fermer xo'jaliklari uchun katta qulaylik yaratilmoqda. Yangi loyihaning birinchi bosqichi Chiroqchi tumanida ishga tushirildi.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
589 views11:52
Ochish/sharhlash
2021-02-11 16:17:16
Sholi ko‘chatlab ekilganda 1 gektardan 4-5 ming kub metr suv tejab qolinadi.

Sholini ko‘chatlab ekish texnologiyasi Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarida minglab yillar avvalgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinadi. Masalan, hozirda Indoneziyada sholi 90 foiz, Birmada 80 foiz, Hindistonda 75-80 foiz, Xitoy bilan Yaponiyada 100 foiz ko‘chatlab ekiladi.

Batafsil: https://bit.ly/3aTXRk3

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
776 views13:17
Ochish/sharhlash
2021-02-11 14:50:27
Dunyodagi eng yaxshi TOP-8 agriturizm yo'nalishlari.

Agriturizm, yashil turizm yoki qishloq turizmi bu ekologik turizmning eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Bu sayohatning bir shakli bo'lib, unda siz qishloq xo'jaligiga yo'naltirilgan mamlakatning mintaqalariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Batafsil: https://bit.ly/3aVYGbP

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
874 views11:50
Ochish/sharhlash
2021-02-11 14:02:50
Qaysi viloyatda qancha yer qayta foydalanishga kiritilishi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 320 ming gektar yangi yer qayta foydalanishga qaytariladi.

Unga ko‘ra Andijonda — 15 ming gektar, Buxoroda — 78 ming, Jizzaxda — 35 ming, Qashqadaryoda — 41 ming, Navoiyda — 14,5 ming, Namanganda — 26 ming, Samarqandda — 21 ming, Surxondaryoda — 16 ming, Sirdaryoda — 4,5 ming, Toshkent viloyatida — 16 ming, Farg‘onada — 33 ming va Xorazmda — 20 ming gektar yer qayta o‘zlashtirilishi kutilmoqda.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
978 views11:02
Ochish/sharhlash
2021-02-11 12:59:38
Joriy yil suv taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy yilgi sug‘orish davrida respublika bo‘yicha 10 milliard kubometrgacha suv tejalishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan selektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, 2021-yil davomida qishloq xo‘jaligida suv taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda. Bunga sabab sifatida kuz-qish davrida yog‘ingarchilik kam bo‘lgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu sababli qishloq xo‘jaligida suvni tejash lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Bunda suv tejovchi texnologiyalar orqali 1,5 milliard kubometr, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash — 2,5 milliard, suv kam talab qiladigan ekinlarni joylashtirish hisobiga — 2 milliard, yerni lazer yordamida tekislash – 650 million, axborot texnologiyalarini joriy etish orqali 600 million kubometr suvni tejash rejalashtirilgan.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
1.0K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash