Get Mystery Box with random crypto!

Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Yoshlar: bilim va amaliyot” loyih | Yosh fermerlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Yoshlar: bilim va amaliyot” loyihasini keng joriy etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi ta'kidlandi. Bu borada yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash, zamon talablariga mos har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, agrar ta'lim tizimi bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan start berilgan “Yoshlar: bilim va amaliyot” loyihasi talaba-yoshlar faolligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelgusida talaba-yoshlarni mutaxassislikka tayyorlash orqali agrar soha tarmoqlari hududiy bo‘linmalariga ishga tavsiya etish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirishga zamin yaratish maqsad qilingan.

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan universitetning iqtidorli talaba-yoshlari va bitiruvchilari xujjatlari qabul qilindi, deydi Vazirlikning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Umida Saidova. - Loyiha qatnashchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, bunda talabalarning nafaqat argar sohadagi nazariy bilim va ko‘nikmalari, balki ularning shaxsiy sifatlari, iqtidori, qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari aniqlandi.

Suhbat natijasiga ko‘ra, talabalar Vazirlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlarida o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari belgilab olindi.

Manba: Qishloq xo'jaligi vazirligi

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube