Get Mystery Box with random crypto!

Yosh fermerlar

Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar Y
Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar
Kanal manzili: @yoshfermer
Toifalar: Hayvonlar , Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.89K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi
Web: http://yoshfermer.uz
Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer
Instagram: https://www.instagram.com/yoshfermer
Youtube: http://bit.ly/31zhEOU
Aloqa: @Zuhriddin_Abdusattorov

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-02-02 08:15:43 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar beriladi

“Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4969-son, 01.02.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar:

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarni import qilishda belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi;

qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis xizmatini ko‘rsatish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni 270 kun kechiktirib to‘lashi mumkin.

Shuningdek, qarorga ko‘ra import qilinadigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlar ro‘yxatlari va ularga tuzatishlar imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi hamda ular yuzasidan “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda, import qiluvchi har qanday tashkilotlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot
317 viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2021-02-01 12:22:42
Dehqonlar va tomorqa yer egalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 200 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Batafsil: https://bit.ly/39zvpUY

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
716 views09:22
Ochish/sharhlash
2021-01-30 13:02:49
Zaʼfaron – ziravorlar sultoni va sultonlar ziravori

Zaʼfaron fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda o'tkir va yoqimli. Zaʼfaron gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyogʻ, likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda dori-darmon sifatida qoʻllaniladi.

Batafsil: https://bit.ly/3awoTxN

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
1.2K viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash
2021-01-30 11:53:30
Jiyda foydasi haqida

Jiyda (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor.

Batafsil: https://bit.ly/3r48Duj

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.0K views08:53
Ochish/sharhlash
2021-01-29 22:15:16
Qadrli do'stlar,

Mamlakatimizda yosh fermerlarning
faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlarga barham berish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zaruriy tadbirlar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida yosh fermer va agrar sohadagi faoliyatga qiziquvchi yoshlar uchun so'rovnoma ishlab chiqildi.

Barcha yoshlardan ushbu so'rovnomada faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
Sizning javoblaringiz mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

So'rovnoma anonim bo‘lib, unda familiya va ismingizni ko'rsatishingiz talab etilmaydi.

So'rovnomani to'ldirish uchun quyidagi havolaga o'ting:

http://bit.ly/35NcqEq

So'rovnomadagi ishtirokingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz!

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
428 views19:15
Ochish/sharhlash
2021-01-29 14:40:25
Bilasizmi, dunyo o'rmonlarining yarmidan ko'proq qismi (54%) beshta mamlakat(Rossiya Federatsiyasi, Braziliya, Kanada, Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy)ga to'g'ri keladi.

So'nggi yillarda o'rmonlarni muhofa qilish global darajada eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Jumladan, oxirgi 2-3 yil ichida Avstraliya, AQSH va Rossiya o'rmonlarida yong'in bo'lgani sababli insonlarga, yovvoyi tabiatga va mahalliy eko-tizimga katta zarar keltirdi.

Shu munosabat bilan, FAOning o'rmonlar bo'yicha tayyorlagan hisobotidan olingan qisqa ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Batafsil: http://bit.ly/3t6wJX3

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.1K viewsedited  11:40
Ochish/sharhlash
2021-01-29 13:38:04
Hokimlarning paxtaga aralashishi majburiy mehnatga olib kelmoqda – “Cotton Campaign”

Bolalar mehnati va majburiy mehnatni yo‘q qilishga qarshi kurashuvchi inson huquqlari, mehnat, investorlar va biznes tashkilotlarining global koalitsiyasi “Cotton Campaign” O‘zbekiston paxta dalalarida 2020-yilgi hosilni yig‘ib olish jarayonida majburiy mehnatga barham berish ishlarining sezilarli olg‘a siljishini olqishlaydi.

Batafsil: https://bit.ly/3r4BZJg

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.0K views10:38
Ochish/sharhlash
2021-01-29 12:59:17
Nano, bio, va boshqa aqlli texnologiyalar

Bugungi kunda qishloq xo'jaligida qanday texnologiyalar ishlatilayotgani haqida batafsil ma'lumotni olishingiz. Yangi qishloq xo'jaligi qanday ishlashi bo'yicha sizga so'nggi bir necha yil ichida qanday sharoitlarda rivojlanib borayotganligini bilib olashingiz mumkin.

Batafsil: https://bit.ly/3iWA3iZ

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
689 views09:59
Ochish/sharhlash
2021-01-29 12:32:17
Fermer xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlarga – fermer xo‘jaligining mol-mulki bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish uchun notarial harakatlar amalga oshirilganda, ular davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Batafsil: https://bit.ly/3ckDsa0

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
693 views09:32
Ochish/sharhlash
2021-01-29 07:58:23 Yosh fermerlar pinned a photo
04:58
Ochish/sharhlash