Get Mystery Box with random crypto!

Hududlarimizda qishloq xo'jaligi uchun yer ajratish orqali yos | Yosh fermerlar

Hududlarimizda qishloq xo'jaligi uchun yer ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta'minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz raisligida o'tkazilgan yig'ilishda 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlarni bandligini ta'minlash, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va daromadlarini oshirish bo'yicha aniq va tizimli yo'l xaritasini ishlab chiqish vazifasi qo'yilgan edi.

Xususan fermer xo'jaliklaridan 10%ini yoshlar ixtiyoriga topshirish va ularni bu bilan ishli qilish masalalari Andijonda boshlandi.

Hududlar joylashuvi va sharoitidan kelib chiqqan holda Oltinko'l tumanida dastlabki amaliyot taqdim qilindi. Unga asosan tumanning Oqtepa massivida "Sharofiddin sahovati" f/x ning unumdor yer maydoni aynan ushbu massivda ish bilan band bo'lmagan yoshlarga 10 sotixdan taqsimlab berildi.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube