Get Mystery Box with random crypto!

Yosh fermerlar

Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar Y
Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar
Kanal manzili: @yoshfermer
Toifalar: Hayvonlar , Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.89K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi
Web: http://yoshfermer.uz
Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer
Instagram: https://www.instagram.com/yoshfermer
Youtube: http://bit.ly/31zhEOU
Aloqa: @Zuhriddin_Abdusattorov

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 07:37:39
Seminar uchun mavzular tanlandi!

Ilk joylangan postimizdan keyin bizdan eng koʻp soʻralgan savollar oʻquv treninglar haqida boʻldi. Shu sababli bu postda seminar-treninglar quyidagi koʻpchilikka muhim boʻlgan mavzularda boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz:

— Yer olish tizimi va tartibi;
— Agrobiznesda strategik menejment va mahsulot realizatsiyasi menejmenti;
— Zamonaviy dehqonchilikda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish.

Ushbu mavzular oʻz ichiga nimalarni olishini keyingi postlarda aytib oʻtamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
996 views04:37
Ochish/sharhlash
2022-08-18 08:08:24
"Yoshlar ovozi - yoshlar bilan!" loyihamiz davom etmoqda. Bu galgi qahramonimiz Andijon viloyati Marhamat tumani "Sho'rqaqir" mahallasidagi mehnatkash yoshlardan biri Abdulvosit Ashurmamatov.
U haqda tez orada tayyorlangan videolavhamizda bilib olasiz!
489 views05:08
Ochish/sharhlash
2022-08-15 12:14:35
Yosh fermerlar va tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat!

"Yoshlar ishlari agentligi" va "Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi" hamkorligida "Agro Transformatsiya" loyihasiga start berildi.

Ushbu loyihada sizni agrar sohasidagi professionallar bilan maxsus seminar-treninglar, yosh fermerlar uchun uzoq yillik tajribaga ega katta fermerlardan mahorat darslari va barcha fermerlik yo'nalishidagi amaliy bilimlar sizni kutmoqda.

Barcha yangiliklar haqida tez kunlarda maʼlumot beriladi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
1.2K viewsedited  09:14
Ochish/sharhlash
2022-08-15 09:52:27
Atiga ikki oy ichida malakali fermerga aylanishni istaysizmi? Unda shoshiling! Fermerlar maktabi 7-mavsumida o‘qish imkoniyatini boy bermang!

2 oylik o‘quv kursi davomida siz malakali professor-o‘qituvchilar, fermer xo‘jaliklarining tajribali mutaxassislari hamda mashhur biznes trenerlardan tahsil oling va kelgusi faoliyatingizda kerak bo‘ladigan bilimlarni egallang.

Yo‘nalishlar:
Chorvachilik;
Parrandachilik;
Sabzavot va polizchilik;
Issiqxona xo‘jaligi;
Uzumchilik;
Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik

Batafsil ma’lumot:
Telegram-bot: @fermerlar_maktabi_bot
Sayt: fermermaktab.uz

Telefon:
+998955008010
+998955008001
1.0K viewsedited  06:52
Ochish/sharhlash
2022-08-13 15:08:06
Baliqchilik xo'jaliklariga quyidagi subsidiyalar beriladi:

intensiv usulda yetishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1 million so'm;
import qilingan bir dona nasldor ona baliqning 3,5 million so'mgacha bo'lgan xarajatlarining 50 foiz qismiga.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
1.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2022-08-12 10:44:26
Endi Chinozlik yoshlar ham German Sparkassenstiftung tomonidan moliyalashtirilgan mablag'lar hisobidan imtiyozli kredit olishadi.

Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Toshkent viloyatining Chinoz tumanida O'zbekiston Yosh Fermerlar Kengashi, Yoshlar Ishlari Agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va Agentlikning Chinoz tumani bo'limi bilan hamkorlikda "Biznes re'ja tuzish va bank bilan suhbat" nomli interaktiv seminar bo'lib o'tdi.

2 kun davom etgan ushbu seminarda German Sparkassenstiftung Uzbekistandagi uzoq muddatli exporti Mathias Wangler va viloyatning tarjibali trenerlari yoshlarga biznes re'ja tuzish va undan foydalanish, biznesda to'g'ri qarorlar qabul qilishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi, bank bilan bo'ladigan munosabatlarning asosiy jihatlarini o‘rgatildi.
634 views07:44
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:00:07
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

@alisher_sadullaev
623 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-08 06:55:21
Agrar sohada robotlashtirish jadal rivojlanmoqda. Shunday qilib, Yevropa va AQShda IT texnologiyalaridan foydalangan holda begona o‘tlarni tanib, ularni tanlab yo‘q qiladigan mana bunday qishloq xo‘jaligi robotlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Dalalarda bunday robot tizimlarining joriy etilishi gerbitsidlardan foydalanishni keskin kamaytiradi va kimyoviy moddalarga chidamli genetik modifikatsiyalangan ekinlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
861 views03:55
Ochish/sharhlash
2022-08-04 07:40:52
Yer resurslaridan global foydalanish raqamlarda

Yer yuzasining taxminan 71% suv bilan qoplangan.

Quruqlik qismining 29% unumdor tuproq bilan qoplangan (qolganlari cho'llar, sho'r cho'llar yoki toshloq yerlar deb hisoblanadi).

3000 yil muqaddam mavjud yerning 1% ga yaqini dehqonchilik va chorvachilik uchun ishlatilgan boʻlsa, 2000 yildan keyin 10%, 19-asr oxiriga kelib esa 25% ni tashkil qilgan.

Hozirda unumdor yerlarning yarmidan koʻpi (55%) qishloq xoʻjaligida foydalaniladi.

Ekin yerlari 23%, chorvachilik uchun o'tloqlar 77%.

Tasvir: yer massasidan global foydalanishning umumiy ko'rinishi (kredit: Schreiber va boshq. 2022).
825 views04:40
Ochish/sharhlash
2022-08-03 14:33:37
Germaniyalik mutaxassislar Oqdaryoda seminar o‘tkazishdi

Joriy yilning 2 avgust kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida German Sparkassenstiftung tashkilotining Bonn shahridagi vakillari hamda German Sparkassenstiftung tashkilotining Toshkentdagi vakillari va O’zbekistondagi uzoq muddatli eksperti hamda vakili Matkias Wangler ishtirokida “O’zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlar ko’rsatishni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish” loyihasi asosida tashkil etilgan biznes-treninglarda qatnashayotgan yoshlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda hamkor tashkilot vakili Mathias Wangler hamda trenerlar yoshlarga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida saboq berishdi. Suningdek, seminarda tumani hokimi Sherzod Qudratov ishtirok etib, yoshlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlarida dalda beruvchi muhim tavsiyalar berdi.
662 viewsedited  11:33
Ochish/sharhlash