Get Mystery Box with random crypto!

Yosh fermerlar

Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar Y
Telegram kanalining logotibi yoshfermer — Yosh fermerlar
Kanal manzili: @yoshfermer
Toifalar: Hayvonlar , Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.89K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi
Web: http://yoshfermer.uz
Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer
Instagram: https://www.instagram.com/yoshfermer
Youtube: http://bit.ly/31zhEOU
Aloqa: @Zuhriddin_Abdusattorov

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-02-10 20:16:20
Eng yaxshi loyihalar tanlovi natijasi sarhisob qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Eng yaxshi loyihalar” tanlovi yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Batafsil: https://bit.ly/2OrjkJx

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
955 views17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-10 18:47:21
Innovatsion texnologiyalar – taraqqiyot kafolati

Qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Batafsil: https://bit.ly/3q9SsM7

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
895 views15:47
Ochish/sharhlash
2021-02-10 18:18:17
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar miqdori ma’lum qilindi.

2021-yilning 1-yanvar hisobotiga ko‘ra Yer nazoratchilar tomonidan aniqlangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish respublika bo‘ylab 49 594 holatda jami 11 284 gektar maydonni tashkil etadi.

Batafsil: https://bit.ly/3jDK9p6

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
913 views15:18
Ochish/sharhlash
2021-02-10 16:39:09
O‘zbekistonda qorako‘lchilik klasterlariga yer maydonlari ajratiladi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-martgacha qorako‘lchilik klasterlariga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan ozuqalar yetishtirish uchun yer maydonlari ajratiladi.

Batafsil: https://bit.ly/2LBC1ZN

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
977 views13:39
Ochish/sharhlash
2021-02-10 10:02:15
«Mablag‘siz biznes boshlab bo‘lmaydi, deganlar adashadi» - eksportchi qiz hikoyasi

U agrobiznes sohasida faoliyat yuritadi. 2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi Teodora Goods korxonasini ochgan.

Batafsil: https://bit.ly/36XDkK2

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
916 views07:02
Ochish/sharhlash
2021-02-10 08:37:15
Geyts COVID-19 dan keyin kelajakda insoniyat uchun tahdidlar haqida gapirdi

Milliarder Bill Geytsning ta'kidlashicha, insoniyat koronavirus ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, boshqa kuchliroq xavf-xatarlarga duch kelishi mumkin.

"Ulardan biri iqlim o'zgarishi", - deydi Microsoft asoschisi. Uning fikriga ko'ra, har yili ushbu omil tufayli o'lim darajasi hozirgi pandemiya davriga nisbatan "hatto yuqori" bo'ladi. "Ikkinchi xavf - bu bioterrorizm. Bunga duch kelish ehtimoli tabiiy epidemiyalar bilan taqqoslaganda yuqori" - deya takidladi Geyts.

Avvalroq, milliarder dunyo hozirgidan 10 barobarga xavfli bo'lgan keyingi pandemiyaga tayyor emasligi haqida bayonot bergan edi va barcha mamlakatlarni ilmiy izlanishlarga ko'proq "e'tibor berish"ga chaqirgan edi. Bill Geyts

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
650 views05:37
Ochish/sharhlash
2021-02-09 22:50:37
Qadrli do'stlar,

Mamlakatimizda yosh fermerlarning
faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlarga barham berish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zaruriy tadbirlar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida yosh fermer va agrar sohadagi faoliyatga qiziquvchi yoshlar uchun so'rovnoma ishlab chiqildi.

Barcha yoshlardan ushbu so'rovnomada faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
Sizning javoblaringiz mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

So'rovnoma anonim bo‘lib, unda familiya va ismingizni ko'rsatishingiz talab etilmaydi.

So'rovnomani to'ldirish uchun quyidagi havolaga o'ting:

http://bit.ly/35NcqEq

So'rovnomadagi ishtirokingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz!

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
559 views19:50
Ochish/sharhlash
2021-02-09 13:56:06
Aholi ko‘p go‘sht iste’mol qilyaptimi, go‘sht narxi nega qimmat?

Ayni paytda mamlakatimiz bozorlarida qoramol go‘shti o‘rtacha 70-80 ming so‘mgacha sotilmoqda. Ilgari qo‘y go‘shti mol go‘shtiga qaraganda qimmatroq bo‘lar edi. Hozir esa qoramol go‘shti narxining keskin oshib borishi bu nisbatni yo‘qqa chiqardi. Bu boradagi e’tirozlar ham o‘rinli. Aslini olganda bu holatga har yili duch kelamiz.

Batafsil: https://bit.ly/3tDZ3At

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
736 viewsedited  10:56
Ochish/sharhlash
2021-02-09 13:29:17
“Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi boshlig‘i Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani yoshlari bilan uchrashdi.

Yoshlarga sifatli va mo'l xosil olishda nimalarga e'tibor qaratishi kerakligi agrotexnik tadbirlarni qanday amalga oshirishkerakligi bu borada qishloq xo'jaligi sohasida qiziqayotgan ushbu sohaga o'z imkoniyatlarini sinab ko'rmoqchi bo'lgan yoshlarga tajribali fermerlar biriktirildi.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
694 views10:29
Ochish/sharhlash
2021-02-09 13:06:21
Qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjaev farg‘onalik yoshlar bilan uchrashdi.

Unda yoshlarga 30 ming gektar yerdan 200 mingdan ziyod yoshlarga oziq ovqat maxsulotlarini yetishtirish uchun taqsimlab beriladi shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan ko'rgazmali seminar tashkil etildi

Yoshlarimiz bu imkoniyatdan yaxshi foydalanishi uchun bepul urug'lar va yer olgan yoshlar ishtirokida 898 ta kooperatsiya tuzilib sub ijara shartnomasi orqali yoshlarga beriladi. Agrotexnik tadbirlar va texnika klaster va fermerlar yordamida mineral o'g'itlar 32 ta savdo do'konlari orqali kooperatsiyalarga yetkaziladi.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda
Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
831 viewsedited  10:06
Ochish/sharhlash