Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyalik mutaxassislar Oqdaryoda seminar o‘tkazishdi Jori | Yosh fermerlar

Germaniyalik mutaxassislar Oqdaryoda seminar o‘tkazishdi

Joriy yilning 2 avgust kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida German Sparkassenstiftung tashkilotining Bonn shahridagi vakillari hamda German Sparkassenstiftung tashkilotining Toshkentdagi vakillari va O’zbekistondagi uzoq muddatli eksperti hamda vakili Matkias Wangler ishtirokida “O’zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlar ko’rsatishni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish” loyihasi asosida tashkil etilgan biznes-treninglarda qatnashayotgan yoshlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda hamkor tashkilot vakili Mathias Wangler hamda trenerlar yoshlarga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida saboq berishdi. Suningdek, seminarda tumani hokimi Sherzod Qudratov ishtirok etib, yoshlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlarida dalda beruvchi muhim tavsiyalar berdi.